Mavzu: Amir Temur davridagi iqtisodiy g’oyalar


Download 1.52 Mb.
bet1/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1169644
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
муст иш 103 дилшод

Mavzu: Amir Temur davridagi iqtisodiy g’oyalar.

  • Mavzu: Amir Temur davridagi iqtisodiy g’oyalar.
  • Reja:
  • 1. Amir Temur va temuriylar davridagi iqdisodiy g'oyalar va iqtisodiy siyosat
  • 2, Amir Temurning markazlashgan davlat tuzishi uning boshqaruv tuzimi ijtimoiy iqtisodiy asoslari
  • 3.Amir Temur iqtisodiy g’oyalarining hozrgi paytdagi ahamiyati

Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan. Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko’rsatib bergan. Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: 1. Suyurg’ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i – xiroj olganlar. 2. Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan. 3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlar. Bu erlardan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan. 4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir erlar. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi. 5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar.

  • Amir Temur (1336-1405) iqtisodiyotni boshqarishda o’ziga xos maktab yaratdi. Sohibqiron davlatida devoni buzurg (bosh vazir)dan tashqari, har bir viloyatda Devon deyiluvchi boshqarma bo’lgan. U davlatning muhim ishlarini: soliq yig’ish, tartib saqlashni, ijtimoiy binolar – bozorlar, hammomlar, yo’llar, suv inshootlarining tarmoqlarini nazorat qilib turgan. Uning xodimlari vaqti-vaqti bilan tekshirish va taftish ishlarini olib borgan. Ayniqsa, toshu tarozi to’g’riligi, odil baho tekshirib turilgan, qallob va tovlamachilar qattiq jazolangan. Mamlakatda ko’rilgan bunday va shu kabi boshqa chora-tadbirlar, birinchi navbatda, raiyatning qashshoqlikka, mamlakatning esa og’ir ahvolga tushib qolishining oldini olishga qaratilgan. Negaki, A.Temur: “Raiyatni xonavayron qilish davlat xazinasining kambag’alashishiga olib keladi. Xazinaning kamayib qolishi esa, sipohlarning tarqalib ketishiga sabab bo’ladi. Sipohlarning tarqoqligi esa, o’z navbatida, saltanatning kuchsizlanishiga olib boradi”, – deb ko’rsatib bergan. Mamlakatda dehqonchilikka katta e’tibor berilgan bo’lib, erga egalik qilish quyidagi ko’rinishlarda bo’lgan: 1. Suyurg’ol erlar. Katta hajmdagi bu erlar davlat tomonidan ajratib berilib, bir avloddan ikkinchisiga o’tgan. Suyurg’ol egasi soliqdan ozod qilingan. Bunday er egalari dehqonlarni ishlatib, er solig’i – xiroj olganlar. 2. Tarxon erlar. Bu erlar xususiy mulk bo’lib, ular odamlarga biron-bir xizmati uchun berilgan. 3. Ushr erlar. Sayid va xo’jalarga mansub erlar. Bu erlardan olingan hosilning o’ndan biri davlatga berilgan. 4. Vaqf erlar. Masjid, madrasa, xonaqoh, qabriston va shu singari joylarga doir erlar. Vaqfda er, suv, bozor, qul, pullar va boshqalar mol-mulki bilan in’om etiladi. 5. Askarlarga, ularning rahbarlariga beriladigan erlar.

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling