Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati


Download 184.5 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1497441
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mаvzu Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati


AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA MILLIY MA'NAVIY HAYOTIMIZ AHVOLI
Rеjа:
Kirish
Asosiy qism
I bob Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma'naviyatimizning

    1. Аmir Tеmur bаrpо etgаn mаrkаzlаshgаn dаvlаt vа mаdаniy ma`naviy hаyot.

    2. Tеmur dаvridа ilm-fаn, аdаbiyot vа sаn`аt, mе`mоriy qurilishlаr hаmdа mаmlаkаt оbоdоnchilik ishlаrining yo’lgа qo’yilishi.

II BOB Tеmuriylаr dаvridа diniy vа dunyoviy ilmlаr rivоji.

    1. Tеmur vа tеmuriylаr dаvri mаdаniyatining Mаrkаziy Оsiyo vа jahоn xаlqlаri mаdаniy ma`naviy tаrаqqiyotidаgi tutgаn o’rni.

    2. Amir Temur va Temuriylar davri

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
XIV asrning oxiridan boshlab nafaqat Sharqda, balki G`arbiy Yevropa mamlakatlarida ham ijtiomiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotda yuksalish jarayoni ro`y bera boshladi. O`rta Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda Amir Temurning markazlashgan davlatni barpo etishi muhim rol o`ynagan bo`lsa, Yevropaning ko`pgina mamlakatlarida cherkov va dinga qarshi kurash boshlagan ilg`or fikr egalari - gumanistlarning say‘-harakatlari moddiy ishlab chiqarish jarayonidagi ijobiy o`zgarishlarda muhim rol o`ynadi. Agar ijtimoiy-madaniy taraqqiyot jarayoniga chuqurroq kirib borilsa, ikkala mintaqa xalqlarining milliy o`zligini anglay boshlaganligi, milliy g`urur, milliy ong va tafakkurning shakllana boshlaganligi madaniy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lganligini ko`rish mumkin. Ikkinchi tomondan marifatga intilgan o`z davri hukmdorlarining madaniy hayotning turli sohalari rivoji uchun imkoniyatlarni yaratib berganligi, o`z atrofiga o`sha davrning buyuk siymolarini to`plaganligi va ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlaganligi ham madaniy taraqqiyotga samarali ta‘sir ko`rsatgan.1


Bu davr fani va san‘atida inson, uning taqdiri, orzu-umidlari, intilishlari, xalqlarvarlik, ahloqning yaxshilik va baxt, adolat va burch kabi tamoyillari masalasi markaziy o`rinni egallagan.
Agar O`rta Osiyo madaniy taraqqiyotiga nazar tashlansa, madaniy-tarixiy jarayonda O`rta Sharqda markazlashgan qudratli davlatni barpo etgan Amir Temurning roli beqiyos katta bo`lganligini anglab yetish mumkin. Amir Temur va temuriyzodalar Sharqning, ayniqsa, IX-XII asrlar musulmon madaniyati an‘analarini davom ettirdilar.
Bu davr madaniy hayotining ko`zga tashlanib turadigan asosiy hususiyatlaridan yana biri - islom dinining jamiyat ma‘naviy hayotiga sezilarli ta‘sir ko`rsata boshlaganligidir. Mug`ullar davrida parokandalikka uchragan madaniy-maishiy hayot yana o`zining azaliy o`zaniga tushib oladi. Shariat qonunlari yana o`zining ijtimoiy-madaniy hayotdagi mavqeini tiklaydi. Islomning keng ko`lamda yoyilgan diniy-falsafiy oqimi hisoblangan tasavvuf ta‘limoti ham jamiyat ma‘naviy hayotidan mustahkam o`rin egallaydi.



Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling