Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati


Download 184.5 Kb.
bet3/9
Sana16.06.2023
Hajmi184.5 Kb.
#1497441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mаvzu Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati

Sa‘diddin Taftazoniy (1322 yilda Ashxobod yaqinida Niso shahrida to`g`ilgan) ilohiyot, mantiq, notiqlik sanati, arab tili grammatikasi, ahloqshunoslik masalalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lgan. U G`ijduvon, Turkiston, Hirot va Movarounnaxrning ko`pgina shaharlari madrasalarida mudarrislik qilgan. Taftazoniy Amir Temurning taklifiga ko`ra Samarqandga keladi va uning saroyida o`z faoliyatini davom ettiradi. Taftazoniy mantiq ilmiga oid "Mantiq va Kalomning bayoni", notiqlik san‘tiga oid "Qisqacha ma‘nolar", ,,Keng talqin", arab tili grammatikasiga oid ,,Tolib ilmlarining maqsadlari" kabi ko`plab asarlar yaratadi. Taftazoniy o`zining asarlarida tabiatda uchrab turadigan hodisotlar, ularning ichki aloqalari va sababiy bog`lanishlariga, insonning iroda erkinligi, hulq-atvori, xudo va inson taqdiri, bilish nazariyasi, bilishda mantiqiy tafakkurning o`rni va boshqa falsafiy qarashlarni ifodalab beradi.
Sohibqiron saroyida xizmat qilgan mashhur faylasuflardan yana biri Mir Sayyid Sharif Jurjoniydir. Jurjoniy 1339 yili Astrabod yaqinidagi Tag`u qishlog`ida to`g`iladi va 1387 yili Amir Temurning taklifiga ko`ra Samarqandga ko`chib keladi. Jurjoniy ham Samarqandning mashhur madrasalarida falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, til va adabiyot, munozara ilmi kabi fanlar bo`yicha mudarrislik qiladi. "Borliq haqida risola", ,,Dunyoni aks ettiruvchi ko`zgu", ,,Mantiq usuli", „Munozara olib borishning qoidalari haqida risola" va boshqa ko`plab asarlar hamda turli faylasuflarning asarlariga yozilgan sharhlar Jurjoniy qalamiga mansubdir.
Jurjoniy o`z asarlarida borliq haqida ta‘limot, koinot jumboqlari, modda va uning shakllari, jonsiz va jonli dunyoning hususiyatlari, jismoniy va ruhiy munosabatlar, bilish muammolari. mantiqiy fikrlash, til va tafakkur kabi masalalarni yoritib beradi.
Amir Temur she‘riyat va musiqa san‘atiga ham katta qiziqish bilan qaraydi. Shu bois Amir Temur davrida turk tilida asarlar yozish yanada kuchaygan. Samarqand, Hirot, Balx va boshqa shaharlarda turli turk adabiyotining ko`zga ko`ringan namoyondalari to`plangan.
Amir Temurning go`zallik va ulug`vorlikka muhabbati nihoyatda kuchli bo`lgan. U o`zining bu muhabbatini hayotida ro`y bergan sevinchli voqealarga atab qurdirgan memoriy yodgorliklariga singdirtiradi. Amir Temur tilidan qurilgan ko`pgina me‘moriy yodgorliklarning bir qismi jamiyat ma‘naviy hayotida muhim rol o`ynagan diniy e‘tiqod maskanlari va u bilan bog`liq bo`lgan binopar – diniy maktablar, madrasalar, maqbaralar va masjidlardan bo`lsa, ikkinchi bir qismi o`z avlodlari va ma‘naviy rahnamolarining nomini abadiylashtirishga mo’ljallangan. Uchinchi bir qismi esa yurt obodonchiligi, iqtisodiy taraqqiyotga yordam beruvchi bog` -rog`lar va inshootlardan iborat.
U Samarqandda dovrug`i olamga yoyilgan bir qator me‘moriy yodgorlikpar Ko`ksaroy, Bibixonim masjidi, Shohizinda maqbarasi,. Samarqand atofida Bog`i Chinor, Bog`i shamol, Bog`i Dilkusho, Bog`i - Behshid, Bog`i Nav, Bog`i Naqshi Jahonnumo va Davlat obod saroyi - bog`larini qurdirdi. Shuningdek Amir Temur ko`plab yangi yo`llar, Zarafshon (Ko`hak), Amu va Sirdaryoga ko`priklar qurdiradi. Boshqa shaharlarda ham turli - tuman binolar barpo ettiradi. Masalan, Tabriz shahrida masjid, Sherozda ulkan saroy, Bog`dodda madrasa, Turkiston shahrida hazrati Ahmad Yassaviyga Maqbara qurdiradi.
U 1392 yili Ohangaron daryosini Sirdaryoga quyilish joyida o`g`li Shohrux Mirzo sharafiga Shohruhiya shahrini barpo ettiradi. Bu shahar tarixiy ma‘lumotlarga ko`ra XVII asrgacha savdo va hunarmandchilikning markazlaridan biri bo`lgan. Shahardagi kulolchilik, shishasozlik va qayiqsozlik ustaxonalari mashhur bo`lgan. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiyning yozishicha. Shohruhiya Movaraunnaxr hududidagi mustahkam qal‘ali shahar bo`lgan va uch tomondan Sayhun (Sirdaryo) bilan o`ralgan. To`rtinchi tomoni esa suv to`latilgan xandaklar va zovurlar bilan o`ralgan.
Shahrisabz shahri, ayniqsa, Amir Temyp ,davrida gullab -yashnaydi. U o`zining vatani hisoblangan shaharga e‘tibor beradi. 1380 yili Oq saroyni mashhur Xorazmlik ustalar qurgan.
Oq saroy devorlaridagi typli - tuman ranglarining jilosi, koshinkoriy syujetlar, tarixiy, falsafiy va diniy mavzudagi kufiy-sulsiy yozuvlar, islimiy, geometrik va o`simliksimon naqshlarning o`zaro uyg`unligi binoga ajoyib va sehrli mazmun bag`ishlagan. Ranglarning oy yorug`ida jilolanib-oqarib ko`rinishidan bino "Oq saroy" nomini olgan.
Shuningdek Amir Temur Shahrisabzda o`g`li Jahongir Mirzoga atab maqbara qurdiradi. Bundan tashqari Shahrisabzda "Dor us Siyodat", "Dor ul tilovat", "Gumbaz Sayidon" kabi mashhur me‘moriy yodgorliklar, masjid, madrasa, hammom, karvonsaroy, besh gumbazli chorsu binolarini barpo ettiradi.
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash zarurki, Amir Temur o`zi vujudga keltirgan ulkan davlat hududidagi barcha xalqlarning madaniyatini yagona bir tizimga birlashtiradi. Islom olamining kattagina qismi moddiy va ma‘naviy hayotida to`siq bo`lib turgan barcha g`ovlarni ko`tarib tashlaydi. Umumislom e‘tiqodiga asoslangan turli etnik birliklarning ma‘naviy qadriyatlarini umumimsoniy ma‘naviy qadriyatlar darajasiga ko`tara oladi. Amir Temur davrida yagona siyosiy boshqaruvga ega bo`lgan buyuk imperiya boshqa qo`shni davlatlar madaniyatiga o`z ta‘sirini ko`rsatmasdan qolmaydi. Sohibqiron o`zining yetuk siyosatdonligi, ilm-fan va adabiyot namoyondalariga ko`rsagan g`amxo`rligi bilan mug`ul bosqinchilari tomonidan yakson etilgan Markaziy Osiyoning ilk Uyg`onish davri madaniyatini qaytadan tiklaydi. Ularning buyuk bunyodkorlik salohiyati, imon-e‘tiqodi. ajdodlar an’analariga sodiqligini yana bir bor namoyish etadi. Buyuk va qudratli turkiy urug`larning boshini bir yerga biriktirib, jahon davlatchiligi tarixidan munosib va mustahkam joy egallashlariga erishadi.

Download 184.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling