Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
II BOB Tеmuriylаr dаvridа diniy vа dunyoviy ilmlаr rivоji
Download 184.5 Kb.
|
Mаvzu Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shohruh Mirzodir
- Boysunqur Mirzodir.
II BOB Tеmuriylаr dаvridа diniy vа dunyoviy ilmlаr rivоji.
2.1 Tеmur vа tеmuriylаr dаvri mаdаniyatining Mаrkаziy Оsiyo vа jahоn xаlqlаri mаdаniy ma`naviy tаrаqqiyotidаgi tutgаn o’rni. Mirzo Ulug`bekning hokimiyat tepasiga kelgan vaqtigacha Movarounnaxr madaniyati o`zining tushkunlik davrini boshdan kechiradi. O`zaro taxt talashishlar jamiyat madaniy hayotiga salbiy tasir ko`rsatmasdan qolmaydi. Otasi Shohruh Mirzo yordamida taxt tepasiga kelgan Ulug`bek eng avvalo Movarounnaxriing iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotini qaytadan izga sola boshlaydi. Uning turli fan sohalariga bo`lgan qiziqishi ko`plab olimlarni, ayniqsa, aniq fan sohasida faoliyat ko`rsatuvchi olimlarni o`z saroyiga yig`adi. Mirzo Ulug`bek davrida nafaqat tabiiy fanlar, balki umuman ilm-marifatning, memorchilik sanati va adabiyotining yuksalishi jarayoni ro`y beradi. Akademik B.Ahmedov takidlaganidek, Mirzo Ulug`bek Movarounnaxr shaharlarini, ayniqsa, uning poytaxti Samarqandni obod qilishga ulkan hissa qo`shadi. Eng avvalo, bobosi Amir Temur davrida boshlangan, lekin har xil sabablarga ko`ra tugallanmay qolgan binolar- Shohizinda, Go`ri Amir, Shahrisabzdagi Ko`kgumbaz va boshqa binolarning qurilishini nihoyasiga yetkazdiradi. Samarqand shahri markazini obodonlashtirishga alohida etibor beradi. Shaharning markaziy maydoni - Regislonda Madrasa, xonoqox, karvopsaroy, hammom va boshqa ko`rkam binolarni qurdiradi. Movarounnaxrning madaniy jihatdan rivojlangan uch shahri - Samarqand (1417-1420 yiplarda), Buxoro (1417 yilda) va G`ijduvon (1433 yilda) shaharlarida madrasalar barpo ettiradi. O`zi bevosita rahbarlik qilgan holda 1424-1428 yillarda o`sha davrning akademiyasi hisoblangan - Rasadxonani qurdiradi. Bizga malumki har bir davrda bunyod etilgan memoriy yodgorliklar muayyan maqsadni ko`zlagan holda quriladi. Agar Ulug`bek davrida qurilgan memoriy obidalarning maqsadli tomonlariga etibor bersak, mazkur binolarning ko`pchiligi ilm-fan, manaviyat va marifatni rivojlantirishga xizmat qilganligini ko`ramiz. Masalan, Samarqand, Buxoro, G`ijduvondagi madrasalar, Samarqanddagi rasadxona ilm-fan rivojiga ulkan hissa qo`shgan. Samarqand va Shahrisabzda qurilgan masjidlar va maqbaralar esa kishilarning manaviy etiqodini mustahkamlashga, diyonat va imon pokligining shakllanishiga xizmat qilgan. Ulug`bek qurdirgan madrasalarda ilohiyotshunoslik, mantiq, falsafa, ilmi aruz kabi fanlardan tashqari, matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, geografiya kabi aniq fanlar ham o`qitilgan. Davlatshoh Samarqandiy o`zining ,,Tazkirat ush-shuaro" asrida yozishicha birgina, Samarqand madrasasida 100 dan ortiqroq talabalar ilm olganlar. Ulug`bek davrida Samarqand Movarounnaxr va Xuroson o`lkalarining haqiqiy ilm-fan markazi hisoblangan. Samarqand madrasasi o`z davrining universiteti hisoblangan bo`lsa, rasadxona haqiqiy akademiya maqomiga ega bo`lgan. Madrasa va rasadxonada "o`z davrining Aflotuni" deb nom qozongan mashhur matematik va astranom Qozizoda Rumiy, O`z davrining Ptolemeyi" nomini olgan matematik va astranom Ali Qushchi, astranomlar va matematiklar Mansur Koshiy, Ali ibn Muhammad Birjandiy, Miram Chalabiy, G`iyosiddin Jamshid, Muhammad Chag`miniy kabilar faoliyat ko`rsatganlar. Ulug`bek davrida Samarqand ijod gulshanining bo`stoniga aylangan. Shu boisdan ,,Solnomalar qaymog`i" nomli asarning muallifi, tarixchi Lutfullo Hofizi Abru, falsafiy tasavvufga oid ,,At-tarifati Jurjoniy" risolasining muallifi Ali ibn Muhammad Jurjoniy, mashhur tabib Mavlono Nafis, lirik shoirlardan Sirojiddin Bisotiy Samarqandiy, Hayoliy Buxoriy, ,,Yusuv va Zulayho" dostonining muallifi Badaxshiy Durbek, qasida janrining asoschisi Sakkokiy va boshqa fan, adabiyot va sanat namoyondalari yashaganlar. ___________________ Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Ozbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Ozbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagishlangan Oliy Majlis palatalarining qoshma majlisidagi nutq / Toshkent : Ozbekiston, 2016. - 56 b. Ulug`bekning tabbiiy fanlar, ayniqsa, astronomiyaga bo`lgan muhabbati butun dunyo tan olgan astronomiya maktabiga asos solish va unga bevosita rahbarlik qilishiga olib keladi. Ulug`bekning o`zi olim sifatida astronomiyaga oid ,,3iji Jadidi Ko`ragoniy", ,,Risolai Ulug`bek", matematikaga oid ,,Bir daraja sinusini aniqlash haqida risola", tarixga oid ,,Tarixi arba ulus" nomli asarlar yozadi. "3iji Jadidi Ko`ragoniy" asarida Ulug`bek hijriy, suryoniy, yunoniy, jaloliy", xitoy va uyg`ur hamda forsiy eralar, ularda keltirilgan sanalar va bayramlari qayd etib, ular to`g`risida o`z fikrlarini ilgari suradi. Shuningdek matematika, sferik astronomiya, Quyosh, Oy va besh sayyora to`g`risidagi fikrlarini ilgari suradi. Ulug`bek o`zining ,,3iji Jadidi Ko`ragoniy" asarida sayyoralar taqvimini tuzib, ularning joylashishini deyarli shu kungi kompyuterlashgan astronomiya fani darajasida ko`rsata olgan. Buni asarning nafaqat Sharq, balki G`arbdagi bir qancha rivojlangan mamlakatlar xalqlari tillarida bir necha marta qayta-qayta tarjima qilinganligi ham ko`rsatadi. Jumladan, Angliyadagi Oksford universiteti professori Jon Grevs, shu universitetning sharqshunos olimi Tomas Xayd, Grinvich rasadxonasi riyoziyotchisi D. Flemstidlar va 1843 yilda F. Beyli tomonidan asar uchinchi marta chop ettirilganligini, yirik farang olimi L.A. Seydiyo tomonidan bu asar farang tiliga o`girilib, chop etilganligini, E. B.Nobl tomonidan 1917 yilda Vashingtonda chop etilganligini ko`rsatib o`tish mumkin. "3ij"ning buyukligini Gruziya shohi, mashhur adib va olim Vaxtang VI tomonidan gruzin tiliga o`girilganligidan ham bilsa bo`ladi. Mirzo Ulug`bekning jahon fani va madaniyatida tutgan o`rni, astranomiya sohasidagi johanshumulligini yirik polyak astronomi Yan Geveliyning mashhur "Prdomus astronomiya" /"Astronomiya darakchisi"/ nomli kitobidagi ikkita suratda o`z ifodasini topgan. Birinchi suratda Ulug`bek munajjimlar va olimlar xudosi Uraniyaning yonginasida, o`ng tomondan joy olgan. U Yevropaning eng mashhur astronomlari qatoridan joy olgan. Bu buyuk ajdodimizga ko`rsatilgan yuksak hurmat belgisidir. Temuriylar davri Xuroson madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo`shgan hukmdorlardan biri Amir Temurning o`g`li Shohruh Mirzodir. Xurosonda 50 yil hukmronlik qilgan Shohruh Mirzo eng avvalo yurtning obodonchiligi uchun ko`p say harakat qiladi. Ichki nizolarni bartaraf etib, hunarmandchilik, ayniqsa, dehqonchilikning rivojlanishiga alohida etibor beradi. Natijada davlatning yirik shaharlarida ishlab chiqarish bir necha barobar oshadi. Shuningdek Shohruh Mirzo boshqa o`lkalar va mamlakatlar bilan savdo-sotiq hamda madaniy-siyosiy aloqalarni avj oldiradi. U ham o`z otasi singari saroy qoshida yirik kutubxona qurdirib, ko`plab nodir asarlar va qo`lyozmalarni yig`diradi. O`z saroyida o`sha davrning ko`zga ko`ringan ulamolari, olimlari, sanatkorlari, shoirlari va memorlarini to`playdi. Shohruh Mirzo ham o`z poytaxti Hipot, Marv, Balx va boshqa shaharlarda ko`plab memoriy yodgorliklar, bog`-rog`lar va boshqa imoratlar qurdirib, ko`chalarni yangilatadi, korizlar qazdirib suv taminotini yaxshilaydi. Sug`orish sistemalarini, masalan Murg`ob daryosiga to`g`on qurdirib, Marv shahrining suvga bo`lgan ehtiyojini qondiradi. Xuroson madaniy hayotiga jiddiy tasir ko`rsatgan temuriyzodalardan biri Shohruh Mirzoning uchinchi o`g`li Boysunqur Mirzodir. U dastlab otasi hukmronlik qilayotgan Xurosonning bir qator viloyatlarida hokimlik qiladi. 1416-1420 yillari esa otasi qo`lida vazirlik vazifasini bajaradi. Bu davrda Hirotdagi ulkan kutubxona "Nigoriston" ga ham rahbarlik qiladi. Mazkur kutubxona Xurosondagi asosiy ilmiy-madaniy markaz ham hisoblangan. Boysunqur Mirzo "Nigoristoy" ga hattotlar, sahhohlar, naqqoshlar, lavvohlar (lavha chizuvchilar) kabi hunar egalaridan qirqqa yaqinini to`playdi va ularga o`sha davrning mashhur hattoti - Mavlono Jafar Tabriziyni bosh qilib qo`yadi. Ular turli shahar va qishloqlardan qo`lyozmalarni to`plash, ko`chirish, bezash, kitob shakliga keltirish, ko`paytirish va tarqatish ishlari bilan shug`ullanadilar. Bu xususda Davlatshoh Samarqandiy shunday deb yozadi: "Shahzoda Boysunqur hunarparvar va hunarmandlikda jahonga mashhur bo`ldi. Sheriyat va hattotlik uning zamonida rivoj topdi. Hunarmand va fozillar uning ovozasini eshitib, tevarak atrofdan xizmatga keldilar. Xushxat kotiblardan qirq kishi uning kutubxonasida kitobat qilishi bilan mashg`ul bo`ldilar. Boysunqur Mirzo hunarmandlarni ezozlar, shoirlarni do`st tutar adi". Tarixiy manbalarda ko`rsatilishicha, Bosunqur Mirzoning kutubxonasida kitob ko`chirish bilan birgalikda, kitoblarga zar bilan lavhalar chizish, go`zal naqsh va suratlar solish, o`tmish mutaffakirlarining ijodi va tarjimai holiga oid materiallarni to`plab o`rganish, noyob kitoblardan nusxalar ko`paytirish, mashhur ijodkorlarning mukammal kulliyoti va devonlarini yaratish kabi ilmiy-tadqiqot hamda ijodiy ishlar yo`lga qo`yilgan. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling