Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
Amir Temur va Temuriylar davri
Download 184.5 Kb.
|
Mаvzu Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alisher Navoiydir
2.2 Amir Temur va Temuriylar davri
"Nigoriston" ilmiy-madaniy va sanat markazida yuzga yaqin kitoblar, naqqoshlar, lavvohlar. qog`ozrezlar (qog`oz quyuvchilar), muzahhiblar. muqovachilar, matnshunoslar to`plangan va ularga Boysunqur Mirzoning o`zi boshchilik qilgan. 1425 yilda Boysunqur Mirzo boshchiligida bir guruh olimlar Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" sining 41 nusxasini yig`dirib, ularni qiyosiy o`rganadi va tanqidiy matnga yaqinroq matn yaratiladi. Bu nusxaga 21 ta go`zal miniatyuralar ilova qilinadi va nastaliq xatida ko`chiriladi. Ilm-fanda "Shohnoma" ning Boysunqur nusxasi deb yuritiladigan by qo`lyozmaga Boysunqurning o`zi mukammal so`z boshi yozadi. Boysunqurbuso`zboshigaFirdavsiygaoidbarchamanbalarnito`playdi. NatijadaFirdavsiyninghayotivaijodiyfaoliyatito`g`risidakitobxonto`laroqtasavvurgaegabo`ladi. ShuningdekBoysunqurMirzomashhurbo`lganayrimshoirlarningsherlarinito`plabdevonshakligakeltiradi. Masalan, u Amir HusravDehlaviyningdevonigakirgansherlaridan 120 mingbayt, turlito`pamlarvatazkiralardagisherlaridan ham 20 mingbaytnijamlab, alohidakitobshakligakeltiradi. Boysunqur Mipzo usta hattot va shoir tabiat kishisi bo`lgan. Uning turkiy va forsiy tillarda gazal, sherlar yozganligini Alisher Navoiy ham Husayn Boiz Koshifiy ham takidlab o`tganlar. Uning hattot sifatida olti xil xatni mukammal bilganligi, ayniqsa, suls yozuvida o`z davrida eng usta hattotlardan ham o`zib ketganligi to`g`risidagi malumotlar uchraydi. Xurosonning iqtisodiy-siyosiy va madaniy jihatdan taraqqiy etishiga Movarounnaxr hamda Hindiston bilan madaniy aloqalar o`rnatishga, ilg`or Sharq madaniyati ananalarining to XVI asr boshlarigacha davom etishiga ulkan hissa ko`shgan temuriyzodalardan biri Sulton Husayn Boyqarodir. Husayn Boyqaro davri marifat va tapix ilmining, turkiy adabiyot va sufiyona sheriyatning miniatyura va memorchilikning, musavvurlik va musiqa sanatlarining yuksalgan davri hisoblanadi. Husayn Boyqaro fan, sanat, adabiyotning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Turkiy tilni davlat tili darajasiga ko`taradi. Movarounnaxrdan boshpana istab kelayotgan ko`pgina olimlar, sanatkorlar, shoirlar va memorlarga homiylik qiladi. Tarixiy malumotlarga ko`ra Hirotda mingga yaqin ijodkorpar faoliyat ko`rsatganlar. Mirzo Muhammad Haydar esa o`zining "Tarixi Rashidiy" asarida Hirotda yashagan 25 dan oshiqroq mashhur olimlarni sanab o`tadi. 4.Temuriylar sulolasining so`ngi davridagi adabiy jarayon sermahsul davr bo`lgan. Adabiy - badiiy jarayon uslub jihatidan ancha takomillashadi va yangi bir bosqichga ko`tariladi. Movarounnaxr va Xuroson hududlarida chig`atoy (eski o`zbek tili) va fors -tojik adabiyoti o`rtasidagi hamkorlik kengayib boradi. Bu davr adabiyotining o`ziga xos hususiyatlaridan biri ko`pgina shoir va adiblar o`zbek tilining go`zalligini, uning so`z boyligini namoyish qiladilar. O`zbek (turk) tiliga ikkinchi darajali til sifatida qarashlarni inkor qiladilar. Zamonasining istedodli va yetuk shoirlari hamda adiblaridan Qutb, Sayfi Saroiy, Haydar Xorazmiy, Durbek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Bobur va Muhammad Solihlar o`sha davr adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillari bo`lib, ular o`zbek tilida ham ko`plab asarlar yaratib, bu tilning o`ziga xos jozibadorligini namoyish qiladilar. Ular tomonidan rang-barang g`azallar, ruboiylar, qitalar, tuyuqlar va nomalar, dostonlar va boshqalar yaratiladi. Bu davr adabiyotining yana bir hususiyati-o`zbek adabiyotida sheriy ,,noma" janrining yaratilganligidir. Xorazmiy noma" janrining asoschisi sifatida ,,Muhabbatnoma" ni yaratadi. ,,Latofatnoma" ni yaratgan Komil Xo`jandiy sevgi-muhabbat mavzusini davom ettiradi. Temuriy Mironshohning o`g`li shoir Said Ahmad esa "Taashshuqnoma" ("Oshiqlar maktubi") ni yaratib, bu mavzuni yanada yuqori bosqichga olib chiqadi. Oldingi sevgi mavzusidagi "noma" lardan farqlanib turuvchi va syujetga asoslangan "Dahnoma" ("O`n noma") ni yaratgan Yusuf Amiriy o`z nomasida oshiq-mashuq obrazlari bilan sevgi-muhabbat mavzusini ifodalashni yanada murakkablashtiradi. Durbek diniy-afsonaviy "Yusuf va Zulayho" dostoniga dunyoviy tus berib, qayta ishlaydi. Atoiy hijron azobini kuylovchi g`azallar bitsa, Sakkokiy jo`shqin va haroratli g`azallar bitadi va qasida janrini yanada rivojlantiradi. Lutfiy g`azallari o`zining hayotiyligi, badiiy mahorati va til boyligi bilan ajralib turadi. Bu davr adabiyotining eng buyuk siymolari Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiylar edi. Ular tasavvuf sheriyatini barkamollik darajasiga olib chiqadilar. Abdurahmon Jomiy lirika sohasida Sadiy, Hofiz va Xo`jandiylar darajasigacha yetishib chiqadi. U nafaqat adabiyot sohasida, balki fanning boshqa sohalarida ham asarlar yaratadi. U arab tilini mukammal ravishda o`rganadi. So`ngra o`z bilimini oshirish maqsadida Samarqandga keladi va Ulug`bek madrasasida buyuk astronom Qozizoda Rumiy, huquqshunos Fazlulloh Abulays kabilardan talim oladi. Shuningdek tip va adabiyot, riyoziyot va falakiyotdan, falsafa va mantiqdan, din asoslari, hadis va tafsirdan tahsil olib, mazkur ilmlarni chuqur egallaydi. Hirotga qaytib kelgach, Alisher Navoiy bilan birgalikda Hirot madaniy muhitining rivojlanishi va taraqqiy etishiga ulkan hissa qo`shadi. Abdurahmon Jomiy, ayniqsa, dostonchilik ananalarini davom ettirib, yettita yirik dostonlarni o`zida birlashtiruvchi "Haft avrang", "Bahoriston", "Xiradnomai Iskandar" nomli asarlarni yaratadi. Bu dostonlar o`zining falsafiy-didaktik va ahloqiy-talimiy mavzusi bilan ajralib turadi. Abdurahmon Jomiy asarlarining kattagina qismi tasavvuf ruhida yozilgan bo`lsa, bir qismida oddiy xalqning orzu-umidlari ifoda etiladi. Bu davr manaviy hayoti va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissasi qo`shgan buyuk siymolardan biri Alisher Navoiydir. Alisher Navoiyning so`ngi temuriyzoda Husayn Boyqaro davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti taraqqiyotidagi o`rni benihoya kattadir. Navoiy inson baxt-saodati uchun, xalqning osoyishtaligi, mamlakat barqarorligi, obodomchilik, ilm-fan, adabiyot va sanat taraqqiyotining buyuk kurashchisi sifatida tarix sahifasida o`chmas iz qoldiradi. Biz Alisher Navoiyning birgina Xuroson memorchilik sanati rivojiga qo`shgan hissasi to`g`risidagina to`xtalib o`tamiz. Alisher Navoiyning birgina obodonchilik va memorchilik sanati taraqqiyotiga qo`shgan hissasiga etiborni qaratadigan bo`psak, shuning o`ziyoq uning Xuroson madaniy taraqqiyotiga qo`shgan hissasi qay darajada bo`lganligini ko`rishimiz mumkin. Sulton Husayn Boyqaro davrida Xuroson o`lkasida ko`plab memoriy yodgorliklar, turli xil inshootlar quriladi. Katta obodonchilik ishlarining rivojlanishiga bevosita Alisher Navoiy boshchilik qiladi. Mirzo Muhammad Haydar o`zining "Tarixi Rashidiy" asarida takidlaganidek, Alisher Navoiy o`zining har yilgi daromadi-o`n sakkiz ming "SHohruhiy'' dinorini obodonchilik ishlariga sarflaydi. Xondamir esa o`zining "Hulosat ul axbor" nomli asarida Alisher Navoiyning adiblar, hunarmandlar, sanatkorlar va olimlarga g`amxo`rlik qilishi, farovon hayot kechirishiga alohida etibor bilam qaraganligini yozadi. "Amir Alisher fazlu hunar tabaqasining aksariga g`amxo`rligi zo`rdir. Tazqib va tasvir ilmi hunarida benuqson va cheksiz bo`lgan qalam ahllari, shuningdek, zamon naqqoshlari va davr muhandislarining ko`pi ul hazratning talim va tarbiya vositasi bilan hunarlarni o`rgandilar va atrof olamda monandi yo`q yaxshilar tengi bo`ldilar". Shuningdek Xondamir o`zining "Makorim ul ahloq" nomli asarida Navoiy va uning safdoshlari tomonidan 300 dan oshiqroq jamoat binolari qurilganligini ko`rsatib o`tadi. Qurilishning ko`pchiligiga Alisher Navoiyning o`zi homiylik qilganligini yoki o`z mablag`idan sarflanganligini Navoiyning Xurosonda madrasa, karvonsaroy, 52 rabot, 19 hovuz, 16 ko`prik, 9 hammom na boshqa binolarni barpo etganligini takidlab ko`rsatadi. Birgina Astraboddagi ikki yillik hokimligi davrida "Mir saroyi". "Jome masjidi" ni qurdiradi. Hirotda ham masjid, Marvda esa "Husraviy" nomli madrasa qurdiradi. Alisher Navoiy vazirlik vazifasidan bo`shagandan so`ng. Husayn Boyqaro o`z do`stiga shahar tashqarisidagi Injil arig`i bo`yidan uy-joy va bog` qurish uchun yer ajratib beradi. Navoiy eca bu joyda nafaqat uy-joy, balki xalqqa yordami teguvchi ko`plab binolar ham barpo ettiradi yani madrasa, shifoxona, hammom, savdo rastalari. xanoqoh, dam olish uchun bog`lar barpo ettiradi. Bu binolarni "Ixlosiya" (do`sti Husayn Boyqaroga bo`lgan ixlosi ramzi), Shifoiya (sog`liq ramzi), "Safoiya" (pokpik ramzi), "Xusraviya" (shahzoda Muhammad Sulton sharafiga) deb nomlaydi. Navoiy ijodining markazida inson, ulardan tashkil topuvchi xalq, ular makon tutgan Vatan, ularni hayvondan ajratib turuvchi axloq muammolari turadi. Uning ijodi na falsafiy tafakkuri markazida insonparvarlik axloqiy fazilat, mehnatsevarlik, adolatparvarlik g`oyalari yotadi. Uningcha inson butun mavjudotning eng oliy toji, koinotning bezagi, odob-axloqda benazir. _________________________ 4Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini taminlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bagishlangan tantanali marosimdagi maruza. 2016 yil 7 dekabr / Toshkent: Ozbekiston, 2017. 48 b Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi Ozbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasi togrisidagi PF-4947-sonli Farmoni. Navoiy o`z asarlaridagi qahramonlar orqali kamsitilgan, huquqlari poymol bo`lgan, adolatsizlik qurboniga aylangan insonlarni himoya qilish g`oyasini ilgari suradi. Bu davrda tasviriy sanatning portret janri rivojlanadi. Natijada hukmdorlardan Husayn Boyqaro, Shayboniyxon, Bobur Mirzolarning, allomalardan Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Xotifiy, Behzod va boshqalarning porteritlari yaratiladi. Shuningdek bu davrda tasviriy sanatning maishiy, bataliya, manzara kabi janrlari ham miniatyura shaklida rivojlanadi. Bu davrning ko`zga ko`ringan musavviri Kamoliddin Behzod "Hirot miniatyura maktabi" ga asos soladi. U ko`plab o`sha davrning mashhur asarlariga miniatyuralar chizadi. Masalan, Shayx Sadiyning "Bo`ston" asariga 4 ta, Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma" siga esa 8 ta miniatyura chizadi. Uning portretlaridagi qahramonlar o`z manaviy qiyofalari bilan ichki hissiyotlarini, hulq-atvorini shundaygina yuzaga chiqaradi. Masalan, Xusayn Boyqaro cho`kka tushib, kim bilandir suhbatlashayotgandek tasvirlangan. U serhasham kiyim kiyib olish, shohona salla o`ragan, belida xanjar osilgan tilla kamar, Shayboniyxon esa sarkarda va davlat arbobi, ilmli, adabiyot va sanatning qadriga yetadigan kishi sifatida tasvirlangan. U Hirotda rasm bo`lgan yengi kalta, sodda, lekin bejirim tikilgan to`n kiygan, boshida oq salla. U chordona qurib, katta bolishga biroz suyanib o`tiribdi. Oldida siyohdon, qalamdon va kitob, O`ng qo`lining bosh barmog`ida kamondan o`q uzganda ishlatiladigan xalqa, chap qo`lida qamchi. Savlati, baquvvat gavdasi, o`tirishi, o`zini tutishi, qo`llarining holati va chehrasidagi belgilaridan uning serg`ayrat, shijoatli, o`z qadrini biladigan, aqlli shoh ekanligini payqasa bo`ladi. XIV-XV asrlar Movarounnaxr va Xuroson musiqa madaniyati rivojining chinakam markaziga aylangan. Bu davrda musiqa madaniyati nazariyasiga oid asarlar yaratilib, Abduqodir Naiy, Ali shunqor, Qulmuhammad Shayxiy, Husayn Udiy, Shohquli, G`ijjakiy, Alijon G`ijjakiy, Qosim Rabboniy, Zaynulobiddin al-Husayniy, Darvish Ahmad Qonuniy, Xo`ja Yusuf Andijoniy, Najmiddin Kavkabiy kabi bastakorlar, sozanda-yu xonandalar yetishib chiqqan. Tarixchi olim A. Muhammadjonov takidlab o`tganlaridek, hatto Ulug`bek va Navoiy singari buyuk siymolar ham musiqa asarlar yaratganlar. Masalan, Ulug`bek "Bulujii", "Shodiyona", "Ahloqiy", "Tabriziy", "Usuli Ravon", "Usuli otlig`", Navoiy esa "Isfaxoniy" kuyini yaratganlar. Shuningdek bu davrda Xoja Abdulqodir Naiyning "Zubdat ul advor" (Asosiy musiqiy davrlar") va Maqosid ul-alxon" ("Kuylar maqsadlari"), Safiuddin Abdulmo`min Urmaviyning "Risolat ush-sharafiy" ("SHarafga loyiq risola") va "Kitob ul-advor" ("Musiqiy davrlar haqida kitob") asarlari, Abdurahmon Jomiyning "Risolayi musiqiy" (Musiqiy ilm risolasi"), Najmiddin Kavkabiyning "Risolayi musiqiy" va Risola dar bayoni Duvoedahmaqom" ("O`n ikki maqom bayoniga bag`ishlangan risola"), Zaynulobiddin Mahmud Husayniyning "Qonuni ilmiy va amaliy musiqiy" ("Musiqa ilmi va amallari qonunlari"), Darvesh Ali Changiyniig "Tuhfat us surur" (SHodlik tuhfasi") kabi musiqa ilmi to`g`risidagi asarlari vujudga keladi. Abdurahmon Jomiy o`zining "Risolayi musiqiy" asarini Alisher Navoiyning davati bilan yozadi. Bu asarning kirish qismida musiqaning psixologik ahamiyati, tinglovchilarda qayg`u va quvonch, tushkunlik, umidvorlik va ko`tarinkilik kabi ruhiy holatlari keltirib chiqarishi masalariga to`xtalinsa, asosiy qismida nag`malar, ularniig boshqa ovozlardan farqi, nag`maning sozdagi hususiyatlari, turlari, inson ruhiyatiga tasir etish kuchi va boshqalarga to`xtalib o`tiladi. Xotima qismida esa ohanglarning: a) shijoat va jasurlik; b) xursandchilik va quvonch; v) qayg`u va mung; g) g`am va mayuslik uyg`otish kuchi takidlab o`tiladi. Xulosa Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi va tarqoq feodal davlatlarni birlashtirishi natijasida ilk uyg`onish davri madaniy taraqqiyoti natijasida vujudga kelgan, lekin mug`ullar tomonidan bir-biridan ajratib tashlangan yagona madaniy jarayon yana rivojlanishda davom etadi. Eng avvalo iqtisodiy hayot, shuningdek, fan, sanat va adabiyotdagi azaliy ananalar qaytadan tiklanadi. Inson va uning aql-idroki, marifatga intilishi, Sharq renessansiga xos hususiyat hisoblangan manaviy komil insonni shakllantirishga bo`lgan etibor va marifatga intilish kuchayadi. Fan va adabiyotda jahonshumul ahamiyatga ega bo`lgan asarlar yaratiladi. O`z davrining dorulfununlari-oliy o`quv yurtlari, Ulug`bek akademiyasi vujudga keladi. Astronomiya, matematika, mantiq, falsafa, til va adabiyotshunoslik, tarix va fiqhshunoslik, ilmi aruz va musiqashunoslikka oid ko`plab asarlar yaratiladi. Miniatyura va memorchilik sanatlari rivojlanib, hattotlik sanat va hunar darajasiga ko`tariladi. Sulton Husayn Boyqaro davrida miniatyura sanati rivojlanadi va unga sultonning o`zi juda katta imkoniyatlar yaratib beradi. Zayniddin Vosifiyning "Badoe ul voqoe" nomli asarida yozilganidek, "Sulton Husayn ko`ngil xushligi uchun sehr ofarin musavvirlar va uslubi go`zal naqqoshlarni alo darajada poytaxtda saqlab, ularga zor iltifot ko`rsatadi. Bu davrda tasviriy sanat, shu jumladan miniatyura sanatining buyuk vakillari: Kamoliddin Bohzod, Mirak Navvosh, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Hoji Muhammad Naqqosh, Shohmuzaffar kabilar faoliyat ko`rsatadilar. Bu davr miniatyura sanatida mavhumlikdan realizm tomonga intilish kuchayadi. XV asrgacha tasviriy sanatda o`ta bo`rttirish va jimjimadorlikka etibor berilgan bo`lsa, XV asr o`rtalaridan boshlab haqqoniylikka intilish, jonlilikka, hayotiylikka intilish ko`zga tashlana boradi. Masalan, Miniatyura ustasi Mahmud Muzahhib Navoiy portretini chizarkan, uning qarilik yuziga chiqargan horg`inligini, allomaga xos ulug`vorligini, donishmandligini, bag`ri keng va mehribon insonligini yuz ifodasi orqali tasvirlab beradi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling