Mаvzu: Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
I bob Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma'naviyatimizning
Download 184.5 Kb.
|
Mаvzu Амir Tеmur vа Tеmuriylаr dаvri ma`naviyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Tеmur dаvridа ilm-fаn, аdаbiyot vа sаn`аt, mе`mоriy qurilishlаr hаmdа mаmlаkаt оbоdоnchilik ishlаrining yo’lgа qo’yilishi
I bob Amir Temur va Temuriylar davrida milliy ma'naviyatimizning
1.1 Аmir Tеmur bаrpо etgаn mаrkаzlаshgаn dаvlаt vа mаdаniy ma`naviy hаyot. Ma‘lumki ilk Uyg`onish davri, ya‘ni IX-XII asrlar Muvaraunnaxr va Xurosonda gurkirab yashnagan madaniy hayot Mug`ul bosqinchilari tomonidan yakson qilindi. Madaniy-iqtisodiy jihatdan rivojlangan shaharlar, obod qishloqlar, yam-yashil bog`lar xarobaga aylantirildi. Ilm-fan maskanlari, manaviyat va marifat uchoqlari hisoblangan madrasalar, rasadxonalar, kutubxonalar yo`q qilinib, ularda avaylab asralayotgan nodir asarlar va qo`lyozmalar yondirildi yoki tashib ketildi. Ilm-fan, sanat, adabiyot va memorchilik taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan buyuk tafakkur egalari o`ldirildi yoki quvg`in ostiga olindi. Lekin xalqning milliy tafakkuri va etiqodining kuchliligi milliy uyg`onish va o`zligini anglab yetish ijtimoiy qonuniyatga aylangan bosqinchi xalqning tili, diniy etiqodlari, maslagi, mafkurasi va hayot tarzining yerli xalq tomonidan qabul qilinishi ananasini buzadi. Ilk uyg`onish davrida shakllanib ulgurgan, taraqqiy etgan manaviyat va madaniyat bosqinchi xalq maslagini qabul qilishi qonuniyatini buzadi. Yerli xalq manaviyatning mustahkamligi sabab, mug`ul bosqinchilar yerli xalq etiqodini, tili va hayot tarzini qabul qilishga majbur bo`ladilar. Mug`ul bosqinchilariga qarshi mustaqillik uchun olib borilgan kurashlar o`z samarasini beradi, yani istilochilar davlat boshqaruvining zaiflashuviga va kuchli Temur davlatining vujudga kelishiga olib keladi. Hokimiyat tepasiga kelgan Amir Temur mug`ul bosqinchilari mayda bulaklarga bo`lib tashlangan feodalliklarni birlashtirib markazlashgan qudratli Temur imperiyasini vujudga keltiradi. Amir Temur o`z tasarrufidagi mamlakatlarning mavjud boyliklarini ishga solib, o`z imperiyasini iqtisodiy va madaniy jihatdan yuksalgan qudratli davlatga aylantiradi. Mamlakat ichida birlik va barqarorlikni o`rnatish, tinchlik va osoyishtalikni taminlash uchun ko`plab chora tadbirlarni amalga oshiradi. Xalqning diniy etiqodini mustahkamlash maqsadida xalq ishonchini qozongan ruhoniylar, tasavvufning yirik vakillari obro`sini yana baland olib chiqadi. Siyosiy boshqaruvning markazlashgan shaklini kuchaytirish maqsadida esa Samarqandga eng mutabar kishilarni: siyosatdonlar, falsafiy tafakkur egalari, fiqhshunoslar, ilohiyotshunoslar, olimlar, sanatkorlar, memorlar va boshqalarni to`playdi. Mamlakatning ichki va tashqi siyosatini yurgizishda eng buyuk kuch hisoblangan xalqqa suyanadi, uning hohish irodasini etibordan chetda qoldirmaydi. Har bir ishga adolat bilan yondoshadi. Muntazam ravishda fozil kishilar - olimlar, ulamolarning yig`ilishlarini chaqirib turadi. Bu yig`inlarda mamlakatni, fuqarolarni boshqarish, mamlakat madaniy hayoti uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan bunyodkorlik ishlari va boshqa muammolar hal qilingan. Turli joylardan yig`ilgan mutabar kishilar bilan maslahatlashib, nafaqat Movarounnaxr, balki Oltin O`rda, Oq O`rda, Xuroson va Eron, Iroq va Turkiya, Hindiston va mag`rib mamlakatlari moddiy va manaviy hayotining eng dolzarb muammolarini muhokama qilib hal qilgan. O`z mamlakatini iqtisodiy va madaniy jihatdan mustahkamlashda dehqonchilikka alohida etibor beradi. Ko`priklar, rabotlar, sardobalar, madrasalar, shifoxonalar va yo`llarning qurilishiga ko`plab mablag`lar sarflaydi. Savdo-sotiq ishlarining mutadilligi uchun savdo karvonlarining xavfsizligini taminlaydi. Bular haqida Amir Temurning o`zi shunday deb yozadi: ,,Xarob bo`lib yotgan yerlar egasiz bo`lsa, holisa (daromab va yer ishlari bilan shug`ullanuvchi hayat) tarafidan obod qilinsin. Agar egasi bo`lsa-yu (lekin) obod qilishga qurbi yetmasa, unga turli asboblar va kerakli narsalar berilsin, toki o`z yerini obod qilib olsin. Yana amr qildimki, xarob bo`lib yotgan yerlarda korizlar qursinlar, buzilgan ko`priklarni tuzatsinlar, ariqlar va daryolar ustiga ko`priklar qursinlar, yo`l ustidagi har manzilgohga rabotlar qursinlar.______________________ Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir Toshkent, 2-jild, «O`zbekiston» nashriyoti, 2018-yil. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug` xalqning ishi ulug`, hayoti yorug` va kelajagi farovon bol`adi Toshkent, 3-jild, «O`zbekiston» nashriyoti, 2019-yil.. 1.2 Tеmur dаvridа ilm-fаn, аdаbiyot vа sаn`аt, mе`mоriy qurilishlаr hаmdа mаmlаkаt оbоdоnchilik ishlаrining yo’lgа qo’yilishi. Amir Temur ilk Uyg`onish davri ilm va san‘atparvar hukmdorlari ananalarini davom ettirib, matematika, geometriya, astronomiya, tarix, falsafa kabi fanlarning hamda sheriyat, musiqa va memorchilikning rivojlanishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi. U o`zining har bir safari chog`ida olimlarni, tarixchilarni, munajjimlarni, sanatkorlarni, hattotlarni o`zi bilan olib yurgan. Amir Temur ilm ahllarini o`z homiyligiga oladi, ularni yetarli maosh bilan taminlaydi. Samarqand shahriga ilm-fan, adabiyot va sanat ahllarini yig`adi, uni o`sha davrning iqtisodiy-madaniy jihatdan yuksalgan markaziga aylantiradi. Shu boisdan ham Amir Temur davrida turli fan sohalari: tibbiyot, matematika, geografiya, astronomiya, tarix, mantiq, falsafa fanlari rivojlanadi. Temur saroyida o`z davrining Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono Shamsuddin Munshi, Mavlono Abdulla Lison, Mavlono Badriddin Ahmad, Mavlono Nug`moniddin Xorazmiy, Xo`ja Afzal, Mavlono Alouddin Koshiy, Sadiddin Taftazoniy, Mir Sayyid Sharif Jurjoniy kabi mashhur olimlar to`plangan edi. Download 184.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling