Mavzu: analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari va usullari


Download 40.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana20.12.2022
Hajmi40.61 Kb.
#1038594
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1M

Kimyoviy usullar- kimyoviy reaksiyalarga asoslanadi. Bunday reaksiyalar analitik 
reaksiyalar deyiladi. Analitik reaksiyalarni vujudga keltiruvchi moddalar esa reagentlar deyiladi. 
Kimyoviy usullarning sezgirligi yuqori emas va analizni bajarish uchun ko’p vaqt sarf bo’ladi. Bu 
jihatdan fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullarining o’rni katta bo’lib, bular asbobiy usullar 
ham deyiladi.
Fizikaviy usullar- moddaning kimyoviy tarkibi bilan uning ayrim fizikaviy xossalari 
o’rtasidagi bog’lanishlardan foydalanishga asoslangan. M: spektral, dielkometrik.
Fizik-kimyoviy analiz usullari- kimyoviy reaksiyalar paytida sodir bo’ladigan fizikaviy 
o’zgarishlarni tekshirishga asoslangan. M: elektrokimyoviy, xromatografik va optik usullar.
Biologik analiz usullari- biologik ob’yektlar analizi hisoblanadi va asosan vizual 
aniqlashlar bilan birgalikda kimyoviy, fizikaviy va fizik-kimyoviy analiz usullaridan 
foydalanishga asoslangan. 
Analitik reaksiyalarni bajarishda ishlatiladigan moddaning miqdoriga ko’ra: makroanaliz 
(0,5-1 gr yoki 1-50 ml), mikroanaliz (0,001 gr yoki 0,01 ml), yarimmikroanaliz (0,01 gr yoki 0,1 
ml), ultramikroanaliz (10
-6
-10
-12
gr yoki 10
-3
-10
-6
ml va boshqa turlarga bo’linadi. 
Distansion analiz- ma’lum masofadan turib bajariladigan analiz usulidir.
Molekulyar analiz-namunadagi ma’lum molekulyar massa bilan tavsiflanadigan alohida 
kimyoviy birikmalarni aniqlash usulidir. 
Element analizi- analiz qilinadigan moddadagi alohida elementni sifat va miqdor jihatdan 
aniqlash usuli. 
Funksional analiz- tekshirilayotgan analiz ob’yekti tarkibidagi alohida funksional guruhlarni 
aniqlash usuli hisoblanadi. 
Fazaviy analiz- ko’p komponentli modda tarkibidagi xossalari va sirt yuzalari hamda 
fizikaviy tuzilishi bilan ajralib turadigan alohida qismlarni aniqlash usullari to’plamidan iborat. 
Analiz usullariga qo’yiladigan umumiy talablar: 
1. reaksiyaning muhiti 
2. temperatura 


3. konsentratsiya 
4. sezgirlik- tekshiriladigan namuna tarkibidagi aniqlanadigan moddaning eng kam 
miqdori bilan belgilanadi. 
5. Selektivlik yoki tanlab ta’sir etuvchanlik-M: faqat kamroq sondagi ionlar bilan o’xshash 
natija beradigan reaksiyalar selektiv reaksiyalar deyiladi. Fizikaviy yoki fizik-kimyoviy 
usullarning selektivligi to’g’risida ham tushunchalar berish muhim hisoblanadi. 

Download 40.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling