Mavzu: analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari va usullari
Download 40.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1M
usullarini yaratadi.
2.Analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’rni, amaliyot bilan bog’liqligi. Analitik kimyo turli nazariy va amaliy muammolarni yechishda katta ahamiyatga ega. Falsafada "Analizsiz sintez yo’q" deb aytilishi analitik kimyoning qanchalik katta nazariy va amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatadi. Kimyoviy analiz xalq xo’jaligining ko’pgina sohalarda hususan meditsina, ekologiya, geologiya, geoximiya, fizika, mineralogiya, metallurgiya, kimyoviy texnologiya, biologiyada, turli texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarishda keng qo’llaniladi. Kimyo fanining rivojlanishi ham analitik kimyo bilan bevosita bog’liq. Moddalarning molekulyar massasini aniqlash, ekvivalentini topish, molekulyar formulalarini keltirib chiqarish analitik kimyo usullari yordamida amalga oshiriladi. Barcha moddalarning tuzilishi, ularning kimyoviy formulalarini yaratishda analitik kimyodan foydalaniladi. Analitik kimyo paydo bo’lgan davrdan boshlab oziq-ovqat sanoati va metallurgiyaning rivojlanishiga hamkorlik qilgan. Fabrika, zavodlarda analiz uchun laboratoriya xonalari mavjud bo’lib, xar bir ishlab chiqarilayotgan maxsulot, xom-ashyo, yarim fabrikat va ishlab chiqarish chiqindilari analiz qilinmoqda va shu analiz natijalariga qarab xom-ashyo va tayyor maxsulotlarga baho berilmoqda. Qo’yidagi bir necha aniq misollar bilan fanning axamiyati qanchalik yuqori ekanligini ta’kidlash mumkin: Masalan oziq-ovqat maxsulotlari deyarli har tomonlama analiz qilinishi shart. Ularning tarkibiga kiruvchi un, yog, shakar, suv, tuz kabi xom- ashyolar birma-bir tekshiruvdan o’tkaziladi. Ularni tarkibidagi inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar aniqlanadi va tayyorlash texnologiyasi nazorat qilinadi. Atrof-muhitni muxofaza qilishda analitik kimyo fanining o’rni beqiyos. Chunki kundalik xayotimizda ishlatilayotgan ichimlik suvlar, xavo tozaligini doimo nazorat qilish kerak. Atmosferaga avtotransport va texnologik jarayonlardan tashlanadigan turli zaxarli gazlar miqdorini aniqlash zarur. Hozirgi vaqtda analitik usul va asboblar yordamida kimyoviy texnologik jarayonlarni nazorat qilinmaydigan birorta ham korxona yo’q. Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling