1-MAVZU: ANALITIK KIMYO FANI, TADQIQOT DOIRASI, MAQSADI,
VAZIFALARI VA USULLARI
Reja:
1. Analitik kimyo, uni fan sifatida shakllanishi.
2. analitik kimyoning ahamiyati, fanlar tizimidagi o’rnii, amaliyot bilan bog’liqligi.
3. Analitik kimyoning asosiy vazifalari.
4. Analitik kimyoning nazariy asoslari.
5. Sifat va miqdoriy analiz.
6. Analitik kimyoning asosiy muammolari.
7. Analitik kimyoning qisqacha tarixi va rivojlanishining asosiy bosqichlari.
8. Analitik kimyoning hozirgi ahvoli, rivojlanish yo’nalishi va istiqbollari.
1. Analitik kimyo uni fan sifatida shakllanishi. Analitik kimyo, kimyo fanining asosiy
tarkibiy qismlaridan biri bo’lib fan sifatida o’zining uzoq rivojlanish tarixiga ega. Insoniyat doimo
o’zini o’rab turgan olamni o’rganish va undan o’z hayotida foydalanishga intilganligi
sababli
analitik kimyo va uning turli usullari yuzaga kelgan. Analitik kimyo fan sifatida XIX- asrda
shakllandi. Bu vaqtga kelib ko’p moddalarning xususiy
reaksiyalari topildi, indikatorlar
nazariyasi, kompleks birikmalarning koordinasion tuzilish nazariyasi,
kislota va asoslar
nazariyalari hamda kimyoning qator qonunlari yaratildi, sanoat va ishlab chiqarishning
rivojlanishi, xomashyo va mahsulotlarga bo’lgan talabning oshishi uning rivojlanishi uchun
katta
yo’l ochib berdi. Bu vaqtga kelib fizikaviy asbob va qurilmalarning rivojlanishi analizni
instrumental va avtomatik usullarini rivojlantirdi. Bularning barchasi analitik kimyoning fan
sifatida shakllanishiga asos bo’ldi.
Hozirgi kunda analitik kimyo kimyoviy analizning nazariy asoslari va metodlarini ishlab
chiqadigan fandir. Analitik kimyo mavjud analiz usullarini takomillashtiradi va yangi analiz