Mavzu: analitik kimyo fani, tadqiqot doirasi, maqsadi, vazifalari va usullari
Download 40.61 Kb. Pdf ko'rish
|
1M
- Bu sahifa navigatsiya:
- I.Berselius
- K.K.Klausning
- N.S. Kurnakov
- M.A. Ilinskiy
- N.A.Tananayevni
- N.S.Zakirov , professor T.K.Xamrakulov, O.F.Fayzullayev, A.M.Nasimov
N.A.Menshutkin (1824-1904) kationlarning analitik gruppalar bo’yicha eng qulay
klassifikasiyasini yaratdi. U 1871 yilda «Analitik kimyo» darsligini bosmadan chiqardi. Bu kitobida kationlarning analitik klassifikasiyasi va elementlarning davriy sistemasi orasidagi bog’liqlikni birinchi marta ko’rsatib bergan. 1931yilgacha bu kitob 16 marta nashr qilindi va bir necha marta nemis va ingliz tillariga tarjima qilingan. XIX asrning boshlarida I.Berselius (1779-1848) organik moddalarning element analizini ishlab chiqdi. Bu usul keyinchalik nemis olimi Yu.Libix (1803-1873) tomonidan takomillashtirildi. 1859 yilga kelib R.Bunzen (1811-1899) va G.Kirxgoff (1824-1887) spektral analizni ishlab chiqdilar. 1862 yilda K.K.Klausning (1796-1864) anorganik moddalar analizining turli usullari, elementlarning analitik klassifikasiyasi va vodorod sulfidli sistematik analiz usuli bayon qilingan "Kimyoviy analitik tekshirishlarda ishlatiladigan reaksiyalarning metodik jadvallari" nomli kitobi nashr etildi. X1X asr oxirida Rossiyada N.S. Kurnakov (1860-1941) va uning maktabi “Fizik-kimyoviy analiz” nomini olgan yangi metodni yaratdilar. 1903 yilda M.S.Svet xromotografik analiz metodini asoslab berdi. XX asrda analitik kimyo fanini rivojlanishida analizda organik reaktivlarni birinchi bo’lib ishlatgan M.A. Ilinskiy (1856-1941) va L.A. Chugayevlarni (1873-1922), eruvchanlik ko’paytmasi haqidagi qoidani va galvanik elementlar nazariyasini ishlab chiqqan nemis olimi V.Nernstni (1864-1941), oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining borishi elektronlarning o’tishi bilan bog’liq ekanini ochgan L.V. Pisarjevskiy (1874-1938), tomchi analiziga asos solgan N.A.Tananayevni, analizning yarim mikro metodini rivojlantirgan I.P.Alimarin, suvsiz muxitda titrlash usullarini rivojlantirgan I.P.Kreshkovni, analizda ajratish va konsentrlash usullaridan foydalanishni rivojlantirgan Yu.A.Zolotovni xissasi katta. Vatandoshlarimiz A.R.Beruniy va R.A.Xaziniy X-XI asrlarda analitik kimyo rivojiga katta hissa qo’shgan. A.Beruniy ko’pgina moddalarning solishtirma og’irliklarini aniqladi. Xaziniy o’sha zamon uchun juda sezgir tarozi yasadi, uning tarozisi uchinchi xonagacha aniqlik bilan tortishga imkon berardi. Analitik kimyoning rivojlanishida O’zbekiston olimlarining ham hissalari katta. Akademik Sh.T. Tolipov raxbarligida analitik kimyo sohasida bir qator ilmiy ishlar amalga oshirildi. Sh.T. Tolipovning shogirdlari hozirgi kunda ham samarali mehnat qilmoqdalar. Samarqand davlat universitetida analitik kimyoning rivojlanishida dosent N.S.Zakirov, professor T.K.Xamrakulov, O.F.Fayzullayev, A.M.Nasimovlarning xizmati katta. Hozirgi kunda analitik kimyo Toshkent va Samarqand universitetlari, Fanlar Akademiyasi, yadro tadqiqotlari instituti va boshqalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda. Hozirgi davr qudratli kimyo sanoati va unga munosib kimyo fanining mavjudligi bilan harakterlanadi. Kimyo fanlari orasida analitik kimyoda yangi zamonaviy analiz usullari vujudga kelmoqda; shuningdek analitik kimyo usullari qo’llaniladigan sohalar kengayib bormokda. Download 40.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling