Mavzu: Aniq integral tushunchasi. Darbuning quyi va yuqori yig’indilari. Ularning asosiy xossalari


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana21.06.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1644952
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
LEjoupXSUctErEnwsPcHXOajMUZfaqcg7nvRURBV


Ayqash to`g`ri 
chiziqlar.  
Kеsishmaydigan va o`zaro parallеl bo`lmagan fazodagi ikki to`g`ri chiziqqa 
ayqash to`g`ri chiziqlar dеb ataladi. 
4 Aylana.  
Tekislikda markaz deb ataluvchi berilgan M nuqtadan bir xil r>0 masofada 
turuvchi nuqtalar tiplamini aylana deb ataladi. 
5 Birlik vektor. 
Uzunligi birga tеng bo`lgan vеktor. 
6 Vektor.  
Yo`nalishga ega bo`lgan kesma. 
7 Nol vektor.  
Boshi bilan oxiri ustma-ust tushgan vеktor. 
8 Kollinеar vеktorlar 
Bitta to`g`ri chiziqqa yoki parallеl to`g`ri chiziqlarga tеgishli vеktorlar. 
9 Komplanar vеktorlar 
Fazodagi biror tеkislikka parallеl yoki shu tеkislikka tеgishli bo`lgan barcha 
vеktorlar to`plamini komplanar vеktorlar dеyiladi 
10 
To`g`ri chiziq bilan 
tеkislik orasidagi 
burchak.
To`g`ri chiziq bilan tеkislik orasidagi burchak dеb, to`g`ri chiziq bilan uning 
shu tеkislikdagi ortogonal proеksiyasi orasidagi burchakka aytiladi. 
11 
To`g`ri chiziqlar 
orasidagi burchak 
Ikki to`g`ri chiziq orasidagi burchak dеb bu to`g`ri chiziqlarning yo`naltiruvchi 
vеktorlari orasidagi burchakka aytiladi. 
12 Yo`naltiruvchi vеktor 
To`g`ri chiziqqa parallеl har qanday vеktor uning yo`naltiruvchi vеktori 
dеyiladi. 


XULOSA VA TAKLIFLAR 
 
Bitiruv loyiha ishini yakunida quyidagi xulosa va takliflarga kelindi: 
1. “Analitik geometriya” fanidan “Fazoda tekislik va to`g`ri chiziq tenglamalari” mavzusini o’qitishda 
pedagogik texnologiyalarning o’rni tahlil etildi va mazmun mohiyati qisqacha ochib berildi. Mavzu yangi 
ma’lumotlar bilan boyitildi. 
2. “Fazoda tekislik va to`g`ri chiziq tenglamalari” mavzusini o’qitishda innovatsion ta’lim 
texnologiyalaridan mavzuga mos tehnologiyalar tanlab olindi. Mavzu Maple-18 dasturi orqali tekislikning 
holatlari ko’rsatildi. Klaster, Venn diagramasi va muammoli o’qitish texnologiyalaridan foydalanib, mavzu 
yoritib berildi. Ushbu pedagogik texnologiyalar yordamida talabalar qisqa vaqt sarflab yuqori natijaga erishishlari 
kafolatlanadi, ya’ni yangi ma’lumotlarni 80-90% o’zlashtiradi. Sababi ushbu jarayonda o’qiydilar, eshitadilar
ko’radilar, gapirib beradilar va amalda bajaradilar.
3. “Fazoda tekislik va to`g`ri chiziq tenglamalari” mavzusi bo’yicha testlar tayyorlandi. Fanning JN, ON, 
YaN uchun tayyorlangan savollar ko’rib chiqilib, mavzuga oid nazorat savollari talabalarni ijodiy fikrlashini 
kuchaytiruvchi muammoli vaziyatlar bilan boyitildi. 
4. Ushbu mavzuni o’qitishda na’munaviy dasturda ko’rsatilgan maxsus adabiyotlar, shu bilan birga axborot 
va pedagogik texnologiyalarni qo’llashga oid adabiyotlar birgalikda o’rganilib, natijada mavzuning yangi 
ko’rinishdagi elektron ishlanmasi tayyorlandi. 
5. Oliy ta`lim muassasalarida “Analitik geometriya” fanini o`qitish jarayonida innovasion ta`lim 
texnologiyalarini joriy etish uchun ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan professor-o`qituvchilarga 
innovatsion ta`lim texnologiyalarini optimal qo`llash masalasi boýicha yetuk mutaxassislarni jalb etgan holda 
maxsus seminar treninglar va master klass darslari tashkil etish lozim.



Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling