Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari


Download 304.79 Kb.
bet3/9
Sana10.02.2023
Hajmi304.79 Kb.
#1185403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MA’RUZA

3) Amfoter oksidlar – ham asoslarga ham kislotalarga muvofiq keladigan oksidlar. Masalan: Al2O3alyuminiy oksidi, BeO – berilliy oksidi, ZnO – rux oksidi, Fe2O3 – temir (III) oksidi, Cr2O3 – xrom (III) oksidi, Mn2O3 – marganets (III) oksidi, PbO2 – qo‘rg‘oshin (IV) oksidi, V2O3 – vanadiy (III) oksidi va h.z.
4) Indefferent (befarq) oksidlar – tuz hosil qilmaydigan oksidlar. Masalan: NO – azot (II) oksidi, N2O – azot (I) oksidi, CO – uglerod (II) oksidi va h.z.
5) Qo‘sh (aralash) oksidlar – ikki va undan ortiq oksidlarning aralashmasidan hosil bo‘lgan birikmalar. Masalan: Fe3O4 (FeO.Fe2O3) – temir qo‘sh oksidi, Cr3O4 (CrO.Cr2O3) – xrom qo‘sh oksidi, Mn3O4 (MnO.Mn2O3) – marganets qo‘sh oksidi, Pb2O3 (PbO.PbO2) – qo‘rg‘oshin qo‘sh oksidi Co3O4(CoO . Co2O3) – kobalt qo‘sh oksidi va h.z. Ayrim hollarda har xil metallarning oksidlari aralash holda ham uchraydi, ular shpinellar deb aytiladi. Masalan: FeAl2O4 (FeO.Al2O3), ZnAl2O4 (ZnO.Al2O3), MgAl2O4 (MgO.Al2O3) va h.z.
Oksidlarning olinish usullari
1. Oddiy moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

C + O2(kam) = 2CO
C + O2(mo‘l) = CO2
Mg + O2 = 2MgO

S + O2(kam) = SO2
S + O2(mo‘l) = 2SO3



2. Ayrim murakkab moddalarni bevosita kislorodda yonishidan oksidlar hosil bo‘ladi, kislorod kom sharoitda kichik valentli oksid, mo‘l sharoitda yuqori valentli oksid hosil bo‘ladi:

4NH3 + 3O2 = 2N2 + 6H2O
4NH3 + 5O2 = 4NO + 6H2O
H2S + O2(kam) = S + H2O

H2S + O2(mo‘l) = SO2 + H2O
FeS2 + O2 = Fe2O3 + SO2
CuS + O2 = CuO + SO2

3. Asoslarni parchalab ham (degidratlash – suvni ajratish) oksidlar olinadi:

Cu(OH)2 → CuO + H2O
2Fe(OH)3 → Fe2O3 + 3H2O

Ca(OH)2 → CaO + H2O
2Al(OH)3 →Al2O3 + 3H2O

4. Ayrim kislotalarni parchalab (degidratlash – suvni ajratish) ham oksidlar olish mumkin:

H2SiO3 → SiO2 + H2O
H2CO3 → CO2 + H2O
H2SO3 → SO2 + H2O

4HNO3 → 4NO2 + O2 + 2H2O
H2C2O4 → CO + CO2 + H2O
6HClO4 + P2O5 = 2H3PO4 + 3Cl2O7

5. Tuzlarni parchalash yo‘li bilan ham olish mumkin:

Ca(HCO3)2  CaO + 2CO2 + H2O
CaCO3  CaO + CO2
2Cu(NO3)2  2CuO + 4NO2 + O2
(CuOH)2CO3  2CuO + CO2 + H2O

FeSiO3  FeO + SiO2
Cr2(SO3)3  Cr2O3 + 3SO2
NH4NO3  N2O + H2O
(NH4)2Cr2O7  N2 + Cr2O3 + 4H2O

6. Oksidlardan oksidlarni olinish:

2NO + O2 = 2NO2
2CO + O2 = 2CO2
2SO2 + O2 = 2SO3
2NO2 = 2NO + O2

2CO2 = 2CO + O2
2SO3 = 2SO2 + O2
HgO + 2Cl2  Cl2O + HgCl2

7. Ayrim metallar suv bug‘i bilan yuqori haroratda oksidlar hosil qiladi:
3Fe + 4H2O  Fe3O4 + 4H2
3Mn + 4H2O  Mn3O4 + 4H2
3Cr + 4H2O  Cr3O4 + 4H2
2Al + 3H2O  Al2O3 + 3H2
8. Tuzlarga kislotalarning ta’siridan ham oksidlar olish mumkin:
Na2CO3 + 2HCl  2NaCl + CO2 + H2O
K2SO3 + 2HCl  2KCl + SO2 + H2O
CaSiO3 + H2SO4  CaSO4 + SiO2 + H2O
9. Kislotalarga metall yoki metalmaslarni ta’siridan oksidlarni olinishi:
Cu + 4HNO3  Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O
2Ag + 2H2SO4  Ag2SO4 + SO2 + 2H2O
2H2SO4 + C  CO2 + 2SO2 + 2H2O


Oksidlarning fizik xossalari
Asosli oksidlarning barchasi turli rangli qattiq moddalar bo‘lib, kristall va amorf tuzilishga ega: FeO – qoramtir, Ag2O va CuO – qora, CaO, MgO, Na2O, K2O, MnO – oq rangli, CoO – ko‘kimtir yashil, NiO – yashil, Cu2O – qizil va h.z. Ishqoriy metallarning oksidlar suvda yaxshi eriydi va asoslar(ishqorlar)ni hosil qiladi, ishqoriy-er metallarni oksidlari suvda kam eriydi, qolgan metallarning oksidlari suvda deyyarli erimaydi. Asosli oksidlar yuqori temperaturada suyuqlanadigan, elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar.
Kislotali oksidlar (angidridlar) turli rangda va agregat holatlarda bo‘lishi mumkin: CO2, SO2, NO, NO2, Cl2O – gazsimon, SO3, Cl2O5 – suyuqlik, P2O5, CrO3, Mn2O7, N2O5, SiO2, V2O5 – qattiq moddalar. CrO3 – qizg‘ish sariq, P2O5, N2O5, SiO2 – oq rangli, V2O5 – sariq, Mn2O7 – qoramtir-binafsha va h.z. Kislotali oksidlar ayrimlari suvda yomon eriydi, ularning suvdagi eritmalari nordon ta’mga ega bo‘lib, gazsimon moddalarning eruvchanligi bosim ortishi bilan ortadi.
Amfoter oksidlar qattiq moddalar bo‘lib, amorf ayrimlari kristall moddalar va suvda erimaydi. Fe2O3 – qo‘ng‘ir rangli, Al2O3, ZnO, BeO – kul rang va h.z.
Qo‘sh (aralash) oksidlar juda qattiq, rangli kristall moddalar bo‘lib, paramagnit xossaga ega. SHuning uchun radiotexnikada va qimmatbaho toshlar sifatida ishlatiladi.

Download 304.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling