Mavzu: anorganik birikmalarning eng muhim sinflari


Tuzlarning grafik formulasini chizish


Download 304.79 Kb.
bet9/9
Sana10.02.2023
Hajmi304.79 Kb.
#1185403
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-MA’RUZA

Tuzlarning grafik formulasini chizish



Molekulyar formulasi

Grafik (struktura) formulasi

1.



O‘rta (normal) tuzlar




CaSO4





Al2(CO3)3







MnCl3







Fe3(PO4)2




2.

Nordon tuzlar




Ca(HCO3)2







NaHCO3







KHS







Cu(HSO4)2







Fe(H2PO4)2




3.

Asosli tuzlar




(CuOH)2CO3







Mg(OH)NO3







Mn(OH)Cl







Al(OH)2Br







[Fe(OH)2]2SO4




4.

Qo‘sh tuzlar




KAl(SO4)2







KCr(SO4)2




5.

Kompleks tuzlar




K4[Fe(CN)6]






Tuzlarning olinish usullari
Tuzlar juda ko‘p usullar bilan hosil qilinadi. Quyida ularning ayrimlari bilan tanishib chiqamiz.
1. Metallar bilan metalmaslarning bevosita ta’siri:
Mg + Cl2  MgCl2
2Fe + 3Br2  2FeBr3
Zn + S  ZnS
2Al + 3I2  2AlI3
2. Metallarni kislotalar bilan ta’siri:

2K + H2SO4  K2SO4 + H2
Sr + 2HBr  SrBr2 + H2
Zn + 2HCl  ZnCl2 + H2

Fe + H2SO4  FeSO4 + H2
Cu + 2H2SO4  CuSO4 + SO2 + 2H2O
Cu + 4HNO3  Cu(NO3)2 + 2NO2 + 2H2O

3. Metallarni ishqorlar bilan ta’siri:
2NaOH + Be  Na2BeO2 + H2
2Al + 6KOH  2K3AlO3 + 3H2
4. Metallarni tuzlar bilan ta’siri:
Fe + CuSO4  FeSO4 + Cu
Zn + 2AgNO3  Zn(NO3)2 + 2Ag
Cr + HgCl2  CrCl2 + Hg
5. Asosli oksidlarni kislotali oksidlar bilan ta’siri:
CaO + SO3  CaSO4
Al2O3 + 3N2O3  2Al(NO2)3
Rb2O + CO2  Rb2CO3
6. Asosli oksidlarni kislotalar bilan ta’siri:
Fe2O3 + 3H2SO4  Fe2(SO4)3 + 3H2O
CuO + 2HCl  CuCl2 + H2O
RuO + 2HNO3  Ru(NO3)2 + H2O
7. Kislotali oksidlarni asoslar bilan ta’siri:
Ca(OH)2 + P2O5  Ca3(PO4)2 + 3H2O
2NaOH + SO3  Na2SO4 + H2O
NH4OH + CO2  NH4HCO3
8. Asoslar va kislotalarning o‘zaro ta’siri:
KOH + CH3COOH  CH3COOK + H2O
Mo(OH)2 + 2HNO3  Mo(NO3)2 + 2H2O
Ba(OH)2 + H2SO4  BaSO4 + 2H2O
9. Kislotali oksidlarning tuzlar bilan ta’siri:
Na2CO3 + SO3  Na2SO4 + CO2
CaCO3 + SiO2  CaSiO3 + CO2
3MgSO4 + P2O5  Mg3(PO4)2 + 3SO3
10. Tuzlarning o‘zaro ta’siri:
AgNO3 + KBr  AgBr + KNO3
BaCl2 + Na2SO4  BaSO4 + 2NaCl
CaI2 + Pb(NO3)2  PbI2 + Ca(NO3)2
11. Tuzlarning ishqorlar bilan ta’siri:
Pb(CH3COO)2 + 2NaOH  Pb(OH)2 + 2CH3COONa
Cu(NO3)2 + 2NH4OH  Cu(OH)2 + 2NH4NO3
CdCl2 + Ba(OH)2  Cd(OH)2 + BaCl2
12. Tuzlarning kislotalar bilan ta’siri:
2NaCl + H2SO4  Na2SO4 + 2HCl
2MgCl2 + H4P2O7  Mg2P2O7 + 4HCl
2KNO3 + H2SO4  K2SO4 + 2HNO3
13. Metalmaslar bilan ishqorlarning ta’siri:
I2 + 2NaOH  NaI + NaIO + H2O
3Cl2 + 6KOH  5KCl + KClO3 + 3H2O
3S + 6KOH  2K2S + K2SO3 + 3H2O
14. Metalmaslar bilan tuzlarning ta’siri:
2NaI + Cl2  2NaCl + I2
2MnCl2 + Cl2  2MnCl3
2Na2SO3 + O2  2Na2SO4
15. Tuzlarning termik parchalanishi:
2KMnO4  K2MnO4 + MnO2 + O2
2KClO3  2KCl + 3O2
2RbNO3  2RbNO2 + O2
16. Ammiakning kislotalarga birikishi:
NH3 + HCl  NH4Cl
NH3 + HNO3 NH4NO3
2NH3 + H3PO4  (NH4)2HPO4
17. Tuzlarning o‘zaro birikishi:
2KI + HgI2  K2[HgI4]
3KCl + CrCl3  K3[CrCl6]
K2SO4 + Al2(SO4)3  2KAl(SO4)2
3(NH4)2SO4 + Cr2(SO4)3  2(NH4)3Cr(SO4)3


Fizik xossalari
Barcha tuzlar oddiy sharoitda qattiq moddalar bo‘lib, tabiatda turli rangda uchraydi. Ular suvda eruvchanligiga qarab, 1) YAxshi eruvchan (NaCl, Na2SO4, KNO3, NH4NO3, CaCl2), 2) Kam eruvchan (CaSO4, Ag2SO4, PbCl2), 3) Deyarli erimaydigan (BaSO4, CaCO3, CaSiO3, Al2(SiO3)3) kabi turlarga bo‘linadi. Tuzlar oziq-ovqat sanoatida, qishloq xo‘jaligida o‘g‘it sifatida, tibbiyotda dori sifatida, laboratoriyalarda sintezda katalizator sifatida, umuman juda ko‘p ishlatiladi.


Kimyoviy xossalari
1. Deyyarli barcha tuzlar qizdirilganda parchalanadi:
CaCO3  CaO + CO2
2Cu(NO3)2  2CuO + 4NO2 + O2
Mg(HCO3)2  MgCO3 + CO2 + H2O
(NH4)2Cr2O7  N2 + Cr2O3 + 4H2O
2. Nordon tuzlar ishqorlar va kislotalar bilan reaksiyaga kirishadi:
NaHCO3 + NaOH  Na2CO3 + H2O
Ca(HCO3)2 + 2HCl  CaCl2 + 2H2O + 2CO2
3. Asosli tuzlar ishqorlar va kislotalar bilan ta’sirlashadi:
Al(OH)SO4 + 2NaOH  Al(OH)3 + Na2SO4
Fe(OH)2Cl + 2HCl  FeCl3 + 2H2O
Mg(OH)Cl + KOH  Mg(OH)2 + KCl
4. Ko‘pchilik tuzlar suv ta’sirida parchalanadi:
CuS + 2H2O  Cu(OH)2 + H2S
Al(CH3COO)3 + 3H2O  Al(OH)3 + 3CH3COOH
FeCl2 + 2H2O  Fe(OH)2 + 2HCl
Zn(NO3)2 + 2H2O  Zn(OH)2 + 2HNO3
6.Binar birikmalar.
BINAR BIRIKMALARayrim metalmaslarning metallar bilan hosil qilgan birikmalari. Binar moddalarga asosan vodorod, bor, uglerod, kremniy, azot va fosfor kabi metalmaslarning metallar bilan birikmalari kiradi. Binar moddalarning ko‘pchiligi suv bilan reaksiyaga kirishadi.



Umumiy nomi va formulasi

Moddaning nomi

Formulasi

Suv bilan reaksiyasi

1.

Gidridlar – MeHn

Natriy gidrid

NaH

MeHn + H2O  Me(ON)n + H2

Kalsiy gidrid

CaH2

Alyuminiy gidrid

AlH3

Qo‘rg‘oshin gidrid

PbH4

2.

Boridlar – Me3Bn

Kaliy borid

K3B

Me3Bn + H2O  Me(ON)n + BH3

Magniy borid

Mg3B2

Alyuminiy borid

AlB

Qo‘rg‘oshin borid

Pb3B4

3.

Karbidlar – Me4Cn

Litiy karbid

Li2C2

CaC2 + 2H2O  Sa(ON)2 + C2H2
Al4C3 + 12H2O  4Al(ON)3 + 3CH4

Kalsiy karbid

CaC2

Alyuminiy karbid

Al4C3

Kremniy karbid

SiC

4.

Silitsidlar – Me4Sin

Natriy silitsid

Na4Si

Me4Sin + H2O  Me(ON)n + SiH4

Magniy silitsid

Mg2Si

Temir (III) silitsid

Fe4Si3

Qo‘rg‘oshin silitsid

PbSi

5.

Nitridlar – Me3Nn

Kaliy nitrid

K3N

Me3Nn + H2O  Me(ON)n + NH3

Bariy nitrid

Ba3N2

Alyuminiy nitrid

AlN

Titan nitrid

Ti3N4

6.

Fosfidlar – Me3Pn

Rubidiy fosfid

Rb3P

Me3Pn + H2O  Me(ON)n + PH3

Mis (II) fosfid

Cu3P2

Xrom (III) fosfid

CrP

Qo‘rg‘oshin fosfid

Pb3P4

7.

Peroksidlar – MenO2

Natriy peroksid

Na2O2

MenO2 + H2O  Me(ON)n + O2

Bariy peroksid

BaO2

Kaliy nadperoksid

KO2

Stronsiy peroksid

SrO2

Binar moddalar odatda oddiy moddalar orasidagi reaksiya natijasida olinadi. Masalan:



2Na + H2  2NaH
3Ca + 2B  Ca3B2
CaO + 3C  CaC2 + CO
Mg + Si  Mg2Si

6K + 2NH3  2K3N + 3H2
Al + P  AlP
2Rb + O2  Rb2O2



Binar moddalar kislotalar bilan ham reaksiyaga kirishadi.



MeHn + nHCl  MeCln + H2
Me3Bn + H2SO4  MeSO4 + BH3
CaC2 + 2HCl  SaCl2 + C2H2
Al4C3 + 6H2SO4  2Al2(SO4)3 + 3CH4

Me4Sin + 4HCl  MeCln + SiH4
Me3Nn + 3HCl  MeCln + NH3
Me3Pn + 3HI MeIn + PH3
MenO2 + H2SO4  MeSO4 + O2



Savоl va tоpshiriqlar



  1. Oksidlarning qanday turlari ma`lum?

  2. Oksidlanish darajasi birdan sakkizgacha bo`lgan metall oksidlarning formulalarini yozing

  3. Quyidagi oksidlarning Na2O, BaO, N2O3, N2O5 suv bilan birikish tenglamalarini yozing, bu oksidlarning asosli yoki kislotali ekanligini rеаksiya tenglamasida asoslab tavsiyalang

  4. Quyidagi gidroksidlarning AuOH, Cu(OH)2, Fe(OH)3 pаrchаlаnishidan hоsil bo’lаdigan oksidlarning formulalarini yozing

  5. Kumush (I)-oksidi, Oltin(III)-oksidi, niobiy(IV)- oksidi, Sirkoniy(IV)-oksidi, surma(V)-oksidi, Ruteniy(VIII)-oksidi, marganes(III)-oksidi, xlor(VII)-oksidi va karbon(II)-oksidlarning empiric va strukturaviy formulalarini yozing

  6. Quyidagi oksidlarning CaO, CO2 , CO , P2O5, NOqaysi biri o`zaro rеаksiyagа kirishi mumkin va rеаksiya natijasida qаndаy moddalar hosil bo’lаdi?

  7. Quyidagi murakkab moddalar CaCO3, HNO3, Zn(OH)2ning pаrchаlаnishi natijasida qаndаy oksidlar hosil bo’lishi mumkin?

  8. Quyidagi kaliy gidrokarbonat, magniy gidrokarbonat, natriy digidrokarbonat, temir (II) – nitrat, mis sulfat va kaliy sulfidlarga mos kislota qoldiqlarini hosil qiling va ularning oksidlanish darajalarni ifoda qiling

  9. Oltingugurt kimyoviy rеаksiyalаrda qanday oksidlanish darajasida bo’lаdi. Ularning har qaysisiga tegishli oksidlanish darajalarini yozing

  10. Metall oksidlari Metallmas oksidlaridan qaysi xususiyatlari bilan farqlanadi?

Download 304.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling