Mavzu: aqli zaif bola shaxsining rivojlanishiga oilaning ta'siri mundarija: kirish
II.BOB. AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA OILAVIY
Download 0.79 Mb. Pdf ko'rish
|
AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA OILANING TA\'SIRI
II.BOB. AQLI ZAIF BOLA SHAXSINING RIVOJLANISHIGA OILAVIY
MUNOSABATLARNING TA’SIRI. 2.1. Aqli zaif shaxslarda oila psixologiyasi. Yurtimizda yosh avlodning har jihatdan barkamol, sog‘lom bо‘lib voyaga yetishi uchun kerakli imkoniyatlar yaratilib, kо‘pgina hayrli ishlar amalga oshirilmoqda, onalik va bolalikning ijtimoiy muhofazasi, sog‘lom oila muhitini, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bolalarning bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish, ularni sportga, qо‘shimcha ta’limga jalb etish, sog‘lomlashtirish va profilaktika, kasbga yо‘naltirish, har taraflama uyg‘un rivojlangan yetuk shaxsni tarbiyalash borasidagi say-harakatlar e’tiborga molikdir. Respublikada keng aholi qatlamlari doirasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishni targ‘ib etish, yoshlar ongiga singdirish bо‘yicha о‘ziga xos tizim yaratilgan bо‘lib, bu tizim faoliyati О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, inson manfaatlarini himoya qiluvchi Qonunlar, Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, shuningdek, huqumatning turli rasmiy hujjatlari orqali tartibga solinadi. Har qanday davlatning taqdiri, kelajagi yosh avlodga, uning jismoniy, ma’naviy kamolotiga bog‘liq. “Bizning ezgu niyatimiz – kelajagi buyuk davlat va erkin jamiyat qurish. Bizning taraqqiyot strategiyamiz sog‘lom avlod tarbiyasiga tayanadi va uni rivojlantirishga qaratilgan” – yurtboshimizning ezgu g‘oyasi mustaqillik yillarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida bajarilayotgan keng kо‘lamli ishlarning asl mohiyatini namoyon etadi. Sog‘lom turmush tarzi – insonning paydo bо‘lishi bilan hayotiy ehtiyojga aylanib qolgan ma’naviy va jismoniy salomatlik haqidagi umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarning mazmun va mohiyatini chuqur bilishdir, ya’ni sog‘lom turmush tarzi zamirida, birinchidan, inson jismoniy salomatligi va kamoloti, ikkinchidan, inson ma’naviy va mafkuraviy salomatligi, uning shaxs sifatida tо‘la kamol topishi mujassamdir. Demak, sog‘lom turmush tarzi nafaqat ozodalik, sport bilan shug‘ullanish, giyohvand moddalar va spirtli ichimliklar iste’mol qilmaslik, gigiyena qoidalariga rioya qilish, balki oilada sog‘lom muhit yaratish, ma’naviy-axloqiy tarbiya, о‘smirlarni bо‘sh vaqtini tо‘g‘ri tashkil etish, kasbga yо‘naltirishdan iborat. Ma’lumki, ma’naviy yuksak insonning turmush tarzi sog‘lom kechadi. Sog‘lom turmush tarzining asosiy negizi esa oila va mahalladir. Oilada ma’naviy, psixologik va jismoniy sog‘lom muhit yaratish, undagi sog‘lom turmush tarziga ulkan ma’naviy qadriyatlarimiz namunasi va hozirgi davrda turmushimizga singib borayotgan yangi an’analar asosida ilmiy yondoshish, farzandlarni sog‘lom tarbiyalashga e’tibor berish muhim ahamiyat kasb etadi. Modomiki, oiladagi muhit farzand tarbiyasiga katta ta’sir о‘tkazar ekan, oila barqarorligini ta’minlash, oilada yetuk shaxslarni shakllantirish, ularning aqlan va jismonan uyg‘un rivojlanishlari uchun zarur choralar kо‘rib borish, mahallalarda voyaga yetmaganlar о‘rtasida sog‘lom turmush madaniyatini shakllantirish maqsadida ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarini olib borish, maktablarda sog‘lom turmush madaniyati bо‘yicha о‘quv dasturlarini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida olib borish doimiy ehtiyojdir. Oilaning mustahkamligi va hamjihatligi yosh avlodning barkamol inson bо‘lib voyaga yetishida asosiy omillardan sanaladi. Shu bois, bugungi kunda yurtimizda oilalarda sog‘lom muhitni shakllantirish borasida bir qancha muhim ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, barkamol avlodni tarbiyalashga munosib hissa qо‘shish, fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta yashashlarini ta’minlash, oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yо‘l bilan hal etish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib-tashviq qilishda fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari yurtimizda oila barqarorligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Oila davlatning tayanchi ekanligi, respublikamizning buyuk kelajagini yaratishda har tomonlama sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, xalqimizning ma’naviyatini yuksaltirishda muxim rol о‘ynaydi. Respublikamizda ijtimoiy siyosatining ustuvor yо‘nalishi ekanligi, xalqimizning an’analariga tayangan holda oilalalar imustaxkam bо‘lishiga imkoni boricha kо‘maklashish, bu borada ilg‘or tajribalar hamda progressiv ilmiy yondashuvlardan keng foydalanish- davlatimiz faoliyatining asosiy tamoyillaridir. X1X asrning 30 yillarida L.S.Vigotskiy «Defektologiyaning asosiy muammolari» kitobida anomal bolaning nafaqat «salbiy», balki «ijobiy» tomonlarini о‘rganib, aniqlab shularga tayangan xolda va potensial imkoniyatlarini inobatga olib turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga jamoatchilik diqqatini jalb etdi. О‘zbekistonda defektologiya fanining rivojlanishi 1967 yildan boshlab tezlashdi. Chunki shu yili Nizomiy nomidagi TDPI ning Pedagogika va psixologiya fakultetida Oligofrenopedagogika bо‘limi tashkil etildi. 1972 yilda oligofrenopedagogika kafedrasi о‘z faoliyatini boshladi. 1983 yilda surdopedagogika bо‘limi qо‘shildi. 1984 yili esa mustaqil kunduzgi va sirtqi defektologiya fakultetlarida oligofrenopedagog, surdopedagog, tiflopedagog, logoped mutaxassisliklari bо‘yicha kadrlarni tayyorlash ishlari boshlab yuborildi. Bola shaxsining tarkib topishi xayotining birinchi kunlaridanoq boshlanadi. Bola xar kuni kо‘rgan va eshitganlari asosida borliqqa va tevarak- atrofdagi kishilarga о‘z munosabatini bildiradi. Kattalarning xatti-xarakatlari, ishlariga, sodir bо‘layotgan voqealarga bolaning beradigan baxosi, kishilarga bо‘lgan munosabati – bularning xammasi bola ma’naviy qiyofasining shakllanishiga ta’sir etadi. Bolaning xox ona qornida, xox tug‘ilganidan keyin rivojlanib borishi uchun zarur bо‘lgan ma’lum shart-sharoitlarning buzilishi turli xil anomaliyalarga, ya’ni jismoniy yoki ruxiy nuqsonlar, kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Anomal bolalar maxsus yordamga muxtoj bolalar. Ular maxsus ta’lim- tarbiya muassasalarida tarbiyalanishi va о‘qitilishi kerak yoki Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan tasdiqlangan «Salomanka Dekoratsiyasiga «muvofiq, sog‘lom tengdoshlari orasida ular uchun integratsiyalashgan ta’lim- tarbiya tashkil etilishi zarur. Anomal bolalarning ruxiy va jismoniy rivojlanishida kuzatiladigan og‘ir, keskin о‘zgarishlar bola shaxsining tarkib topishiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi, shuning uchun bunday bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish uchun maxsus sharoit yaratilishi kerak, ya’ni ular maxsus bog‘cha va maktablarda, yoki sog‘lom tengdoshlari orasida individual yondoshgan xolda, kerak bо‘lsa, maxsus darsliklar asosida ta’lim-tarbiya olishlari zarur, ular maxsus yordamga muxtoj bolalardir. Xar qanday anomal rivojlanish markaziy yoki pereferik nerv sistemasidagi organik yoki funksional о‘zgarishlarga aloqador bо‘lishi mumkin. Bola rivojlanishidagi kamchiliklar, noqulay muxit, notо‘g‘ri tarbiya, ta’lim natijasida xam paydo bо‘lishi mumkin. Masalan, noqulay oilaviy sharoit, pedagogik qarovsizlik, о‘qituvchining bolaga notо‘g‘ri munosabati va boshqa kо‘pgina sabablar bola rivojlanishiga salbiy ta’sir kо‘rsatib, uning dastur materiallarini yaxshi о‘zlashtira olmasligiga, ulgurmovchi о‘quvchilar orasiga kirib qolishiga sabab bо‘lishi mumkin. Shunday bо‘lsada, biz bunday bolalarni anomal bolalar kategoriyasiga kiritmaymiz, chunki uning rivojlanishidagi kamchiliklar organizmdagi qanday bо‘lmasin, biror organik yoki funksional patalogik о‘zgarishlarga bog‘liq bо‘lmay, balki boshqa sabablardan kelib chiqqan. Tarbiyachi va о‘qituvchilar bunday bolalarni anomal bolalardan farqlay oladigan bо‘lishlari kerak. Kelib chiqish sabablariga kо‘ra xar qanday anomal rivojlanish tug‘ma yoki orttirilgan bо‘lishi mumkin. Tug‘ma anomaliyalar kо‘p jixatdan xomilador onaning sog‘ligi va yashash sharoitiga bog‘liq. Ona qornidagi xomilaning rivojlanishiga infeksiya, intoksikatsiya, shikastlanish va boshqa omillar ta’sir etishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli xil kasalliklar bilan og‘rishi, о‘zboshimchalik bilan turli dori-darmonlarni bilar-bilmas iste’mol qilishi bolaning anomal bо‘lib qolishiga sabab bо‘lishi mumkin. Tug‘ma anomaliyalar genetik, ya’ni irsiy omillar ta’siriga xam bog‘liq bо‘lishi mumkin. Masalan, eshitish va kо‘rish analizatorlari faoliyatining buzilishi, aqliy zaiflikning nasldan bolaga о‘tishi xam kuzatiladi. Ota-onalarning alkogolizmi, nashavandlik, taksikomaniyalari xam bolaning anomal bо‘lib tug‘ilishiga olib kelishi mumkin. Turmushda orttirilgan anomaliyalar bola organizmiga tug‘ilish vaqtida va undan keyingi davrlarda zararli omillar ta’sir etishi natijasida vujudga keladi. Tug‘ruq vaqtida miya shikastlanishi, bolaning tug‘ruq yо‘llaridan uzoq о‘tishi, vakuum-ekstraktor yoki ombur solinishi, bolaning kindigi о‘ralib, bо‘g‘ilib qolishi (asfiksiya) va boshqalar ba’zan anomal rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Bolaning juda yoshligida 3 yoshigacha turli kasalliklar bilan og‘rishi, masalan meningit, meningoensefalit, otit, markaziy nerv sistemasining shikastlanishi va boshqa shu singari dardlarni boshidan kechirishi xam anomal rivojlanishiga sabab bо‘lishi mumkin. Nutq murakkab ruxiy faoliyatdir. U ruxiy jarayonlarning tarkib topishiga va bolaning umuman barkamol bо‘lib о‘sishiga katta ta’sir kо‘rsatadi. Nutq eshituv organlari vositasi bilan idrok etishga asoslangan bо‘lib, atrofdagilarga taqlid etish yо‘li bilan rivojlanib boradi. Og‘zaki nutqning shakllanishida eshituv analizatori, nutqni xarakatga keltiruvchi analizator eshituv analizatori bilan maxkam bog‘langan xolda ishlaydi. Eshituv analizatorining rivojlanishi esa kо‘p jixatdan talaffuzga bog‘liq. Bola nutqining о‘sib borishi tovushlar talaffuzi, fiziologik va fonematik eshitishning kamol topib borish darajasi bilangina xarakterlanib qolmay, balki eng muximi о‘z nutqi va atrofdagilar nutqidagi sо‘zlarning tuzilishi, tovush tarkibini farqlay bilish qobiliyati bilan xam xarakterlanadi. Sо‘z tarkibini anglab olishdan iborat bu qobiliyat grammatik va leksik komponentlarning rivojlanishida xam muxim axamiyatga ega. Ikkala signal sistemasi, shuningdek idrok va sо‘zning о‘zaro aloqada bо‘lishi aqliy rivojlanishning negizini tashkil etadi. Markaziy nerv sistemasining organik jaroxatlanishi natijasida bilish faoliyati turg‘un buzilgan bolalar-aqli zaif bolalar. Chet el olimlari ularni «ta’lim olishi qiyinlashgan bolalar» deb nomlashmoqdalar. Zexn va faxm-farosatga bog‘liq ishlarda aili zaif bolalar ancha qiynaladilar, biroq maxsus maktabda о‘qigach, ular mustaqil yashab, oddiy turdagi mexnat bilan shug‘ullanib, о‘zini- о‘zi eplab ketadi. Ular uylanadi, turmushga chiqadi, mexnat qiladi. Kelib chiqish sabablariga kо‘ra oligofreniya tug‘ma yoki orttirilgan bо‘lishi mumkin. Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar bilan kasallanishi, tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bо‘lgan davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida oligofreniya kelib chiqadi. Agarda, turli sabablarga kо‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan keyingi davrida paydo bо‘lsa, bunday aqlan zaiflik demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressivlashadigan, ya’ni kuchayib boradigan xususiyatga ega. Oligofreniya esa-turg‘un bо‘ladi. Oligofreniyaning yengil va xrta darajasidagi bolalar ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari, maktab va maktab-internat, kolledjlar dasturini о‘zlashtirib, mustaqil xayot kechira oladilar. Ta’lim tо‘g‘risida»gi qonunning 23-moddasi anomal bolalarga bag‘ishlangan. Jismoniy va ruxiy rivojlanishida nuqsonlari bо‘lgan bolalar xam ta’lim olish xuquqiga ega. Ularni maxsus muassasalarga tashxis etishda 1998 yilda о‘z faoliyatini boshlagan «О‘quvchilarni kasb-xunarga yо‘naltirish va psixologik-pedagogik tashxis markazlari» faoliyati nixoyatda katta axamiyatga ega. Tashxis etilgan bolalar rivojlanishidagi nuqsoniga kо‘ra ta’lim olish qurbiga ega bо‘lsa, Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi muassasalarda о‘qiydi, tarbiyalanadi. Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi muassasalarda ularga tegishli tibbiy yordam kо‘rsatiladi. Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi jismoniy yoki ruxiy rivojlanishida og‘ir nuqsonlari bо‘lgan bolalarga nogironlik berib, ularni о‘z qaromog‘iga tegishli muassasalarda muruvvat uylarida tarbiyalanishni va mexnat qilishni ta’minlaydi. Xalq ta’limi vazirligi qoshidagi anomal bolalarning barcha toifalari uchun; maktabgacha yoshdagi bolalar uchun muassasalar, maxsus maktablar, maktab-internat va maxsus sinflarda differensial ta’lim tashkil etilgan. Sog‘lom tengdoshlari orasida о‘qishni istagan bolalarga tegishli shart-sharoitlar yaratilishi mumkin bо‘lgan joylarda integratsiyalashgan ta’lim amalga oshirilmoqda. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling