Mavzu: Arab tilidagi forsiy manbalar. Tarixchi Xondamir asarlarining tarixshunoligimizdagi o’rni. Mundarija: kirish I bob. Hirotlik tarixchi G’iyosiddin Xondamirning tarixda tutgan o’rni
Download 1.95 Mb.
|
Fors tilidagi manbalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ilmiy yangiligi.
- Kurs ishining tuzilishi.
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik yillarida O`zbekiston tarixi har tomonlama xolis va ilmiy yoritila boshlandi. Ayniqsa, o`zbek davlatchiligi tarixi va uning jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyoti jarayonlarida tutgan o`rnini yoritishga katta e`tibor berilmoqda. Xalqimizning qadim tarixiga xolis va haqqoniy baho berish tarixchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. Ilk bor ushbu mavzu alohida tadqiqot mavzusi sifatida o’rganildi. Manbalardagi unvonlar atroflicha tadqiq etilib bir yerga jamlandi. Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Mavzuning turli manbalardan foydalanib yoritilishi, ilmiy adabiyotlarni, ilmiy nashrlar, materiallarni o’rganib, xulosalar chiqarish mavzuning ilmiy ahamiyatini belgilaydi. Ushbu mavzu yoritilgan va u Oliy va o’rta maxsus ta’lim tizimida, akademik letsiy va kasb–hunar kollejlarida qo’shimcha manba sifatida foydalanib “O’zbekiston tarixi”ning dars mashg’ulotlarida va qo’shimcha manba sifatida foydalanish mumkin bu mavzuning ahamiyatini belgilaydi. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, uch paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Kurs ishining umumiy hajmi bet, adabiyotlar ro’yhati bilan ….. betni tashkil etadi I BOB. HIROTLIK TARIXCHI G’IYOSIDDIN XONDAMIRNING TARIXDA TUTGAN O’RNI 1.1.Xondamirning hayoti va ilmiy faoliyati. Mashhur tarixchi Xondamir bo‘lib, to‘liq ismi G‘iyosiddin Muhammad ibn Xoja Humomuddin ibn Jaloliddin Muhammad ibn Burhoniddindir.3 U hijriy 880-yil / milodiy 1476-yilda Hirotda dunyoga keldi. Hazrat Alisher Navoiy o‘zining “Majolis un-nafois” asarida: “Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidur, salohiyatlik yigitdur. Tarix fanida mahorati bor” - deb qayd etgan. Alisher Navoiy asarlaridan shu narsa ma'lumki, Xondamir “Naqiy” taxallusi bilan she'rlar ham bitgan. Xondamirning otasi Xoja Humomuddin Muhammad ibn Jaloliddin Muhammad ibn Xoja Burhoniddin Muhammad Sheroziydir. U zamonasining ziyolilaridan bo‘lib, Temuriylardan Hisori Shodmon va Badaxshon hukmdori Sulton Mahmud Mirzoning (1453-1494) vaziri bo‘lgan. Ona tomondan mashhur tarixchi olim “Ravzat us-safo” (“Soflik bog‘i”) asari muallifi Mirxondning nabirasi bo‘lgan. Hirot maktablarida tahsil olib, solmona va tarixiy asarlar o‘qishga qiziqadi. Tarix, adabiyot, insho va boshqa ijtimoiy fanlar bo‘yicha chuqur va keng bilim sohibi bo‘lib, o‘z davrining ulkan olimi sifatida tanildi. Albatta uning yetuk tarixchi olim bo‘lib yetishishida bobosi Mirxondning o‘rni beqiyos. Shu bilan birga buyuk mutafakkir Alisher Navoiy hazratlari ham Xondamirning tarix faniga bo‘lgan ixlos va sadoqatidan xabardor bo‘lgach, uni ma'naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlab turadi. Xondamir o‘zi haqida keltirgan. ma'lumotlardan ayon bo‘ladiki, u yoshlik chog‘idayoq Navoiy qo‘liga keladi. Dastlab uning kutubxonasida kutubxonachi, keyinroq 1498-yildan esa mudir bo‘lib ishlagan. Navoiy unga o‘zining shaxsiy kutubxonasidan foydalanishga ruxsat berib, tarixiy-ilmiy ishlariga rahnamolik qilib turadi. Ulug‘ shoir ko‘rsatgan homiyligi va murabbiyligi uchun Xondamir unga atab o‘zining “Maosir ul-muluk” asarini yaratdi. Xondamir Alisher Navoiy hazratlari vafotigacha(1501-yil 3-yanvar), ulug‘ shoirning kutubxonasi mudiri bo‘lib ishlagan. So‘ng u Xurosondagi siyosiy voqealar girdobiga tushib, dastlab, 1503-yildan Balxda Sulton Husayn Boyqaroning katta o‘g‘li Badiuzzamon saroyida xizmat qiladi. Ayni shu paytda Badiuzzamon Mirzo Qunduz hokimi Xusravshohni Shayboniyxon (1500-1510) lashkari tomonidan kutilayotgan hujumdan Xurosonni himoya qilishda ishtirok etishga og‘dirish orzusida yuborilgan elchilar qatoriga Xondamir ham qo‘shilib, shaxsan o‘zi Badiuzzamonning maxsus topshirig‘ini bajaradi. Ammo Amir Xusravshohning o‘zi Muhammad Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton qo‘shinlari hujumiga duch kelganligi sababli Badiuzzamon Mirzoga yordam bera olmasdi. Shu sababli Xondamir va elchilar hay’ati biror natijaga erisha olmay ortiga qaytadi. Shu davrda unga “sadr” unvoni beriladi. Hijriy-qamariy 911-yil zulhijja oyining o‘n birinchisida, dushanba kuni (milodiy 1506-yilning 4-mayida) Husayn Bayqaro vafot etadi. Hirot taxtiga Sulton Husayn Bayqaroning ikki o‘g‘li Badiuzzamon Mirzo va Muzaffar Husayn Mirzolar chiqariladi. Badiuzzamon Mirzo Xondamirni o‘ziga vazir qilib tayinlaydi. Xondamir bir oz fursatdan so‘ng, ya’ni, hijriy 912-yil / milodiy 1506-yilda yana Badiuzzamon topshirig‘i bilan Shayboniyxonga qarshi tuzilgan ittifoqqa Qandahor hokim Amir Shujo‘bekni birlashtirish maqsadida u yerga jo‘natiladi. Ammo Badiuzzamon Mirzoning qizi Chuchukbegimning vafoti tufayli Xondamir safarni to‘xtatib Hirotga qaytishga majbur bo‘lgan. U Badiuzzamon topshirig‘i bilan ko‘plab diplomatik missiyalarni bajaradi. Afsuski, olimning hayoti o‘ta tahlikali davrga Temuriylar davlatining inqirozi, Muhammad Shayboniyxon (Movarounnahr), Zahiriddin Muhammad Bobur (Hindiston), Shoh Ismoil Safaviy (Eron) sulolalari tashkil topayotgan paytga to‘g‘ri keladi. Hijriy 913-yil / milodiy 1507-yil may oyida olim Shayboniyxonning Hirotni zabt etishi shohidi bo‘ldi va Xuroson markazi Hirotni topshirishdagi shartlarni ishlab chiqishda ishtirok etib, xonga yozilgan omonlik xatini insho qiladi. Sulolalar hukmronligi oʻzgargandan soʻng, Xondamir Shayboniyxon xizmatiga kirishga majbur bo‘ladi va ushbu shaharda ikki yarim yil davomida Shayboniylar davlati bosh vaziri Xoja Abdurahim Turkistoniy devonida sadrlik vazifasini bajaradi. Hijriy 916-yil / milodiy 1510-yil 5-dekabrda Muhammad Shayboniyxon Marvda Shoh Ismoil Safaviyga qarshi jangda halok bo‘ldi. Hirot Eron shohi Ismoilning qo‘liga o‘tadi. Xondamir 1511-yil yanvarida shoh topshirig‘i bilan Hirot hukumati devonida vazirlik ishiga jalb etiladi. Muarrix ushbu notinch va alg‘ov – dalg‘ov davrning voqealarini tarix sahifalariga muhrlab boradi.4 Milodiy 1512-yil qishida Temur Sulton ibn Muhammad Shayboniyxon Hirotni egallaydi. Isfahon qishlovida o‘tirgan Shoh Ismoil bu xabarni eshitib Xuroson tomon yuradi. Shoh qo‘shin tortib kelayotgani uchun Temur Sulton 1513-yilning aprelida shaharni tashlab ketar ekan, hirotlik taniqli olimlardan bir qanchasini Samarqandga ko‘chirib ketadi. Xondamir 1513-yilning boshidayoq Hirotni tark etib, Shimoliy Afgʻonistondagi Pasht qishlogʻida ijod bilan shugʻullanadi. O‘sha kezlari Badiuzzamon Mirzoning o‘g‘li Muhammad Zamon Mirzo Tabrizda Shoh Ismoil huzurida edi. Ammo Muhammad Zamon Mirzo Eron shohi Ismoil Safaviy va Usmonlilar hukmdori Sulton SalimYovuz o‘rtasida 1514-yilda Choldaron mavzesida ro‘y bergan urushda qatnashishdan bosh tortib, Shoh Ismoil oldidan Xurosonga qochib kelib, Astrobodni egallaydi. 1515-yilda Muhammad Zamon Mirzo G‘archiston va Pashtni egallaydi va o‘shanda Xondamir mazkur Mirzo xizmatiga kiradi. Hijriy (921-yil)milodiy 1516-yilda ular Balxga borib shohning xos maslahatchisi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Hijriy 923-yil / milodiy 1517-yilda Muhammad Zamon Mirzo Qandahorga ketadi va Xondamir Muhammad Zamon Mirzodan ijozat olib G‘archistonda yashab qoladi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Xondamir Hirotga qaytib, tarixni o‘rganish va tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling