Мавзу: ареал ща+ида таълимот
Download 370.5 Kb.
|
portal.guldu.uz-O’SIMLIKLАR АNАTОMIYASI VА MОRFОLОGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 3-Mavzu: FLORA HAQIDA TA’LIMOT
- Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar
- 1- Savol bo’yicha dars maqsadi
Nazorat savollari:
1. Kosmopolit areal o’simliklariga qaysilar kiradi? A- Mamont daraxti, astragal, Eldar qarag’ayi C- Ajriq, sho’ra, jag’-jag’ B- Peschanka, Davur tilog’ochi D- Aloe , evkalipt 2. Lentasimon areallar qanday areal hisoblanadi? A- Daryolarning yon atrofida o’suvchi o’simliklar areali C-Maydoni juda uzoqda joylashgan B- Dengizlarda o’suvchi o’simliklar areali o’simliklar areali D- Botqoqlikda o’suvchi o’simliklar reali Foydalanilgan adabiyotlar Alexin V.V.i dr. Geografiya rasteniy s osnovami botaniki. M., 1957, 1961. Gordeeva T.N., Strelkova O.S. Prakticheskiy kurs geografii rasteniy. M., 1968. Xamidov A. O’simliklar gegrafiyasi. Toshkent, 1975. Shumilova L.V. Fitogeografiya. Izd. Tomskogo universiteta. Tomsk, 1979. 3-Mavzu: FLORA HAQIDA TA’LIMOTAjiratilgan soat - 4 Asosiy savollar: 1.Flora tushunchasi 2.Flora elementlari 3.O’simliklar tarqalishining tarixiy omillari va Er shari florasi tarixi 4.Er shari florasi rivojlanishining asosiy bosqichlari Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: flora,florogenez,flora elementi,floristik olam,avtoxton flora Mavzuda ko’rib chiqiladigan muammolar: 1.1 Flora haqidagi ta’limotni geografik , ma’muriy, konkret o’rganish mumkinmi? 1.2 Yer shari florasi tarixini bilasizmi? 1- Savol bo’yicha dars maqsadi : Flora haqida tushunchaga ega bo’lish va uni tahlil qilish. Indentiv-o’quv maqsadi: 1.Flora tushunchasi to’g’risida umumiy ma’lumotga ega bo’ladi. 1 savol bayoni Flora(Flora-rim mifologiyasida «gullar va baxor malikasi» deya tushunilgan, lotincha floris-gul degan ma’noni anglatadi) deganda ma’lum hudud o’simliklarining sistematik tarkibi, ya’ni turkum va oilalarga birlashgan turlar yig’indisi tushuniladi. Flora geografik(O’rta Osiyo florasi, Mirzacho’l florasi), ma’muriy(O’zbekiston florasi, Tojikiston florasi) va konkret (quruqlikning ma’lum bir kichkina hududi ya’ni landshaft) flora misolida o’rganilishi mumkin. Flora tahliliga turli nuqtai-nazar bilan yondoshish mumkin. quruqlikning maydon jihatidan teng bo’lgan ikki qismini qiyoslash natijasida boy va kambag’al floralarni aniqlash mumkin, ya’ni ular turlar miqdori jihatidan baholanadi. Er sharining eng kambag’al floralaridan biri Arktika bo’lib, u erda bor-yo’g’i 600 tur o’simlik o’sadi. Saxara cho’li florasi undan ham kambag’al-500 tur. Janubiy-Sharqiy Osiyo florasi Zond orollari bilan birgalikda eng boy flora hisoblanib, u erlarda 45 ming turdan o’simlik o’sadi. Ikkinchi o’rinda tropik Amerika(Amazonka daryosi havzasi Braziliya bilan birga) turadi va u erda 40 ming atrofida o’simlik turlari tarqalgan. Tropik Afrika(Saxara bundan mustasno)da tropik Amerikaga nisbatan ikki baravar kam o’simlik o’sadi. Sobiq ittifoq florasida uning maydonining shu darajada kattaligiga qaramasdan 18 ming o’simlik turi o’sadi xolos. Jumladan O’rta Osiyo florasi 8000 turni, O’zbekiston florasi esa 4200 turni tashkil etadi. Ma’lum hudud o’simliklarining sistematik tarkibi butun geologik davrlar davomida florogenez jarayoni natijasida asta sekin shakllanadi. Ba’zi turlar evolyutsiya natijasida nisbatan qadimiy turlardan vujudga kelsa(avtoxton), boshqalari dastlabki arealini kengaytirishi va yangi hududlarni egallashi ya’ni migratsion(floraning kelgindi elementlari) tarzda vujudga keladi. Shimoliy yarim sharda to’rtlamchi muzlik davrining boshlanishi natijasida shakllangan flora yo’q bo’lgan yoki janubga chekinib, kichik maydonlarda saqlanib qolgan. Bu erdan ular golotsen davrida yana turli yo’nalishlarda tarqalib muzlikkacha bo’lgan davr florasidan farqli(tabiiy-geografik sharoit: iqlim va hakozo) yangi areallarni shakllantirgan. Salqin, ayniqsa polyar kenglikning nisbatan ko’proq turlari kelgindi hisoblanib, flora migratsion xarakterga ega. Arktika, Rossiya va O’rta Osiyoning ko’pchilik tekisliklari hamda G’arbiy Evropa florasi tipik migratsion flora hisoblanadi. Shu bilan birga millionlab yillar davomida keskin iqlimiy o’zgarishlarga duchor bo’lmagan tropik va qisman subtropik floralar avtoxton flora hisoblanadi. Bu hududlar o’simliklari geologik o’tmish o’simliklarining avlodlari hisoblanadi. Download 370.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling