Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet9/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

Klinik belgilari. Kasallikning boshlanishida orqa miya va uning pardalarida, asosan, o‘tkir ekssudativ jarayonning rivojlanishi kuzatilib, orqa oyoqlar mushaklarining qattiqlashishi (qotma kasal- ligidagidek), teri og‘riq sezuvchanligining kuchayishi, tezaklash va siydik ajratishning tezlashishi, keyinchalik, odatda, 5—7 kundan keyin degenerativ o‘zgarishlar va asab hujayralarining qisman o‘lishi tufayli orqa oyoqlar falaji va yarimfalaji, mushaklar atrofiyasi, yotoq yaralar, ixtiyorsiz tezaklash va siydik ajratish, umurtqa pog‘o- nasi harakatining chegaralanishi, intoksikatsiya va sepsis oqibatida o‘lim kuzatilishi mumkin.
Orqa miya qattiq pardasining yallig‘lanishi surunkali ravishda kechib, hayvonlarda ixtiyorsiz harakat, o‘rnidan turishda va hara- katlanishda og‘riq sezish, orqa oyoqlarni qoringa yaqin tutish qayd etiladi. Keyinchalik, umurtqa pog‘onasining harakati chegaralanadi, mushaklar atrofiyaga uchraydi, hayvon yotib qoladi, yotoq yaralari, sepsis oqibatida o‘lim kuzatilishi mumkin.
Tashxis anamnez ma’lumotlari (yuqumli kasalliklar), xarak­ terli klinik belgilarga asoslanadi. Likvor suyuqligi laborator tek­ shirilganda hujayraviy elementlar sonining (pleosnoz) va gamma­
globulin oqsil fraksiyalarining ko‘payishi xarakterli bo‘ladi. Qiyosiy tashxisda quturish kasalligidan farqlash lozim.
Davolash. Qishloq xo‘jaligi hayvonlarida orqa miya yallig‘lani- shini davolash aytarli samara bermaydi. Shuning uchun faqatgina nasldor va dekorativ hayvonlar davolanadi. Kasal hayvonlar qalin to‘shamalar bilan ta’minlanadi, bir sutka davomida bir-ikki marta bir tomondan boshqa tomonga ag‘darib yotqizish bilan yotoq yaralar paydo bo‘lishining oldi olinadi. Orqa miyaning bel, quymuch sohasiga qizdiruvchi lampalar qo‘yiladi, induktotermiya, УВЧ terapiya, darsenvallash, elektroforez usullari qo‘llaniladi, oyoqlar mushaklari massaj qilinadi. Davolashning 7—10 kuni davomida vena orqali glukoza, geksametilentetramin, kalsiy xlorid eritma­ lari, teri ostiga B1 va B12 vitaminlari yuboriladi.Mushaklarning zo‘riqishi belgilari yo‘qolgandan keyin (10—14 kundan keyin) teri ostiga 1 % li strixnin eritmasidan 10—15 kg tana vazniga 0,5—1 ml yuboriladi.Meningomiyelit bilan kasallangan itlarni davolashda mushak orasiga biyoxinol (0,1 g/kg), teri ostiga 1 % li dibazol (1 ml/15— 20 kg), prozerinning 0,05 % li eritmasidan (1 ml/15—20 kg) 10— 14 kun davomida kuniga 1—2 marta yuborish, tiamin, piridoksin va siankobalamin preparatlarini qo‘llash yaxshi natija berishi mumkin.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling