Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet10/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

Oldini olish. Virusli kasalliklar (go‘shtxo‘r hayvonlar o‘lati, otlarning yuqumli ensefalomiyeliti va boshq.), zaharlanishlar va turli xil jarohatlarning oldini olish lozim.Epilepsiya, tetaniya, eklampsiya
Epilepsiya — reflekslarning va sezgilarning qisman yoki to‘lig‘icha yo‘qolishi tonik-klonik qaltiroq tutqanog‘i bilan o‘ta- digan kasallik bo‘lib, ko‘pincha zotdor itlar, m o‘ynali hayvonlar va ba’zan otlar, yirik shoxli hayvonlar hamda mayda hayvonlar kasallanadi.Epilepsiyalar shartli ravishda haqiqiy va simptomatik (ikkilam­ chi) turlarga bo‘linadi.Sabablari. Haqiqiy epilepsiyalarning kelib chiqish sabablari to‘lig‘icha aniqlanmagan. Ularning kelib chiqishida endokrin-gumoral boshqaruvining, suv-tuzlar almashinuvining buzilishlari va irsiy omillar ahamiyatli bo‘ladi. Simptomatik epilepsiya bosh miyaning turli xil infeksiyalar (go‘shtxo‘rlar o‘lati, otlar ensefalo- miyeliti), jarohatlar, miyaning chayqalishi va o‘smalari, intoksika- tsiyalar, gelmintlar bilan jarohatlanishi oqibatida kuzatiladi.
Rivojlanishi. Bosh miyada qattiqlashgan va sklerotik o‘choqlar, nevroglial to‘qimaning o‘sishi, istisqo o‘smalar, qon quyilishi va boshqa o‘zgarishlar borligi aniqlanadi. Kasallikning asosini bosh miya po‘stlog‘i, po‘stloqosti markazlarining qo‘zg‘alish va tormoz- lanish jarayonlarini boshqarish funksiyalarining buzilishi tashkil etadi, oqibatda klonik-tonik qaltiroq, ichki a’zolar yurak-qon tomir, nafas va boshqa tizimlari funksiyalarining buzilishi kuzatiladi.
Klinik belgilari. Tonik-klonik qaltiroq xurujlarining kuzatilishi kasallik uchun xarakterli simptom hisoblanadi. Xurujlarning qaytarilib turishi, davomiyligi va kuchi turlicha bo‘lishi mumkin.
Tipik holda kechganda tutqanoq xurujlarining boshlanishidan bir necha daqiqa oldin hayvonda bezovtalanish, qo‘rqish holatining kuchayishi, ba’zan aylanma harakat yoki uzoq xayol surish holati kuzatiladi. Xuruj oyoq, yelka, bo‘yin, jag‘ mushaklarining qisqa muddatli (bir necha sekund) tonik qaltirashi bilan boshlanib, keyin bir necha daqiqa (ko‘pincha 2—5 daqiqa) davomida oyoqlar mushaklarining klonik qaltirashi, chaynash harakatlari va og‘izdan ko‘pikli so‘lak oqishi kuzatiladi.
Tutqanoq xurujlari paytida qorachiqning kengayishi, refleks- larning yo‘qolishi, hushdan ketish, ixtiyorsiz tezaklash va siydik ajratish, nafas va yurak urishining keskin kuchayishi kuzatiladi.
Xurujlardan keyin 5—10 daqiqa davomida hayvonning umumiy holsizlanishi kuzatilib, keyinchalik me’yoriga qaytadi. Tutqanoq xurujlari orasida hayvonlarda hech qanday klinik belgilar kuzatil- maydi. Intoksikatsiyalar oqibatidagi simptomatik epilepsiyalarda ko‘pincha xurujlar kuchi va qaytalanib turishi ortib borishi hamda o‘lim kuzatilishi mumkin.
Tashxis anamnez m a’lumotlari va xarakterli klinik belgilar (tonik-klonik qaltiroq xurujlari va xurujlarning qaytarilib turilishi) asosida qo‘yiladi. Qiyosiy tashxisda itlarning tonik-klonik qaltiroqxurujlarisiz o‘tadigan katalepsiya, mioplegiya, xoreya, tik va itlar eozinofilli miozitidan farqlash lozim.Katalepsiya paytida davriy ravishda qaytarilib turuvchi yoki doimiy ravishdagi tonik qaltiroqlar: bir yoki ikki oyoqning qotmaga o‘xshab harakatsiz bo‘lib qotib qolishi, mioplegiya paytida oyoqlar shol yoki yarimshol holatida bo‘shashib, harakatsiz bo‘lib qolishi kuzatiladi. Xoreya bo‘yin, ko‘krak, quloq, yuz, oyoq mushak­ larining doimiy ravishdagi ixtiyorsiz klonik qaltirashi bilan xarakterlanadi.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling