Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet7/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

Sabablari. Meningoensefalitlar virusli yoki bakterial infek- siyalar (otlarning yuqumli ensefalomiyeliti, itlar o‘lati, Ayeski kasalligi, listerioz va boshq.) qo‘ylar senurozi, xirurgik sepsis va jarohatlar oqibatida yoki orqa miya yallig‘lanishida infeksiyaning tushishi natijasida rivojlanishi mumkin. Bosh miyaning lat yeyishi, chayqalishi va kontuziyasi (urilishi) ikkilamchi omillar hisob- lanadi.
Rivojlanishi. Bosh miya pardasi, miyaning ko‘kimtir va oq moddasida yallig‘lanish — degenerativ o‘zgarishlar: giperemiya, shishlar, deskvamatsiya (yumshab qolishi), endoteliy kapillarlarining bo‘rtishi, perivaskular hujayraviy infiltratsiya kuzatiladi. Nevroglial to‘qima shishadi va zo‘r berib rivojlanadi. Bosh miya yarimsharlari avvaliga dumaloqlashadi, keyinchalik ulardagi tanachalarning yo‘qolib ketishi, yadrosining protoplazmadan surib chiqarilishi,asab hujayralarining bujmayib qolishi va o‘lishi qayd etiladi. Miya pardalari retseptorlarining qattiqlashishi miya chanog‘ida bosimning ortishi, asab kutikulalarining qisilishi oqibatida po‘stloqosti markazlari oliy asab funksiyalarining qisman yoki to‘lig‘icha izdan chiqishi o‘limga sabab bo‘lishi mumkin.Klinik belgilari. Kasallikning klinik namoyon bo‘lishi turlicha bo‘lib, miyaning po‘stloq qismi va mag‘iz qavatining jarohatlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Meningoensefalitning dastlabki bosqich- larida, asosan, bosh miyaning po‘stloq qismi jarohatlanganda markaziy va vegetativ asab tizimi buzilishlarining umumiy spetsifik belgilari (meningial sindrom): qorachiqning kengayishi, ko‘z olmasi harakatining chegaralanishi, ensa, b o ‘yin mushaklarining qattiqlashishi va qaltirashi, teri sezuvchanligining ortishi, paylar reflekslarining kuchayishi, terlashning kuchayishi xarakterli bo‘ladi.
Keyinchalik, kuchayib boruvchi holsizlanish, qusish, harakat muvozanatining buzilishi, yurak-qon tomir, nafas, hazm tizim- lari faoliyatining vegetativ boshqarilishi izdan chiqadi.
Bosh miya yarimsharlarining yallig‘lanishida kasallikning dastlabki kunlarida qo‘zg‘alish holati, bezovtalanish, ilgarilama harakat qilish, agressivlik, yorug‘lik va tovush ta’sirotlariga javob reaksiyasining kuchayishi, mushaklarning qaltirashi, shartli reflekslarning susayishi kuzatiladi. Keyinchalik, qo‘zg‘alish va agressivlik belgilari holsizlanish va tashqi ta’sirotlarga nisbatan befarqlik bilan almashinib, ko‘rish va eshitishning yomonlashishi, harakat muvozanatining buzilishi, oyoqlar yarimfalaji kuzatiladi.Uzunchoq miyaning jarohatlanishida nafas va qon tomiri markazlarining falajlanishi oqibatida o‘lim qayd etiladi.Tashxis anamnez ma’lumotlari va klinik belgilar asosida qo‘yiladi.Miya suyuqligi tekshirilganda hujayraviy elementlarning ko‘payishi (pleotsitoz) va globulinlar hisobiga oqsillarning ko‘payishi qayd etiladi. Kasallikni markaziy asab tizimining jarohatlanishi bilan kechadigan yuqumli va parazitar kasalliklar va zaharlanishlardan farqlash kerak.Davolash. Kasal hayvonlar keng va qulay xonalarga ajratilib, qalin to‘shamalar bilan ta’minlanadi. Kuchli yorug‘lik va shovqin- dan asraladi. Ratsion tez hazmlanuvchi uglevodlar va vitaminlarbilan boyitiladi. Etiologik omillarni hisobga olgan holda davolash ishlari tashkil etiladi. Yiringli jarayon rivojlanganda yuqori dozalarda penitsillin, streptomitsin kabi antibiotiklar 1 kg tana vazniga 15000— 20000 TB hisobida bir sutkada 3—4 marta, 10—14 kun davomida qo‘llaniladi.
Yiringli yallig‘lanishsiz kechadigan meningoensefalitlarni davo­ lashda vena qon tomiri orqali geksametilentetramin, glukoza eritmalari, tiamin, piridoksin, siankobalamin, askorbin kislotasi yuboriladi. Yurakka ta’sir etuvchi va siydik haydovchi dorilar, asab to‘qimasining oziqlanishini yaxshilash maqsadida litsetin qo‘lla- niladi.Kuchli qo‘zg‘alish kuzatilganda xloralgidrat, aminazin, medi- nal, veronal kabi tinchlantiruvchi va uxlatuvchi dorilar, ekssu- datni qayta so‘rdirish uchun natriy yoki kaliy yodit, kalsiyodin, 10 % li natriy xlorid eritmasi tavsiya etiladi.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling