Bosh miya qopqog‘i va umurtqapog‘onasini tekshirish
Bosh miya qopqog‘i va umurtqa pog‘onasini tekshirishdan maqsad shuki, bosh miya bosh suyagi miya qopqog‘i ostida, umurtqa pog‘onasining ichida esa orqa miya joylashgan.Markaziy nerv tizimining jarohati bosh miya qopqog‘i, umurtqa pog‘onasi hajmi o‘zgarishi va deformatsiyasi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar fizik ta’sirotlarning tasodifiy xarakteriga, ya’ni yiqilishga, jarohatlanishga, lat yeyishga bog‘liq.Ko‘pincha bosh miya qopqog‘i va umurtqa pog‘onasi suyagi deformatsiyasi, struktura o‘zgarishi markaziy nerv tizimi hamda periferik nerv (orqa miya) faoliyatining o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.Bu, asosan, modda almashinishining buzilishi, yuqumli va invazion kasalliklarda kuzatiladi.MNTining parazitar kasalligi natijasida kelib chiqishiga yaqqol misol qo‘y va echkilarning senuroz kasalligidir. Bosh miyada senuroz kasalligida senuroz xaltasi kattalashib, suyak yupqalashadi va atrofiyaga uchraydi.Suyak yupqalashib, yumshoqlanishi, deformatsiyaga uchra- shi, miyada o‘sma rivojlanishi natijasida ham kuzatiladi. Miya va uning po‘stlog‘i, peshana bo‘shlig‘i yallig‘lanishi natijasida mahalliy harorat hamda sezuvchanlik juda ortib ketadi.Mineral moddalar almashinishining buzilishi oqibatida suyak larda dekalsinatsiya (suyak to‘qimasida) kuzatiladi va suyaklarning qattiqligi kamayadi. Natijada suyaklar tabiiy yuklama oqibatida, deformatsiyaga uchraydi hamda umurtqa pog‘onasining pastga egilishi (qiyshayishi) — lordoz kelib chiqadi.Echkilar osteodistrofiyasida bosh suyagi simmetrik shishib, yumshoqlashadi va hayvon og‘zini yopa olmaydi.Kalsiy-fosfat almashinishining buzilishida nafaqat bosh suyagi va umurtqa pog‘onasi, balki tos va oyoqlar suyaklari sinishi kuzatilishi mumkin.Kifoz-umurtqa pog‘onasining yuqoriga ko‘tarilishi (qiysha- yishi), asosan, umurtqa pog‘onasi orqa qismining parez va falajida kelib chiqadi.
Bosh miya qopqog‘i va umurtqa pog‘onasi ko‘rish, paypaslash (palpatsiya), perkussiya, rentgenografiya usullari bilan tekshiriladi.
Bu usullar bilan tekshirishni, asosan, laboratoriya va amaliyot darsida ko‘rsatiladi.Sezgi a ’zolarini tekshirish
Sezgi a’zolari (analizatorlar)ga: • ko‘rish; • eshitish; • hid bilish; • ta’m bilish kiradi.K o ‘rish a ’zolarini tekshirish
Do'stlaringiz bilan baham: |