Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 33 Kb.
bet5/13
Sana28.01.2023
Hajmi33 Kb.
#1136266
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Asab tizimining kasalliklari

2.2.Bosh miya giperemiyasi
Bosh miya giperemiyasi — miya yarimsharlari va uning pardalari qonga to‘lishi oqibatida funksiyalar buzilishi bilan xarakterlanadi.
Asosan, sport sohasida ishlatiladigan otlar, nasllik buqalar va itlar kasallanib, faol (arterial) va passiv (venoz) giperemiya farqlanadi.
Sabablari. Arterial giperemiya jismoniy zo‘riqish, jinsiy qo‘zg‘alish, ichki a’zolarning kuchli qizishi, qorin bo‘shlig‘ida
bosimning ortishi oqibatida, venoz giperemiya esa vena qon tomirlarida qonning dimiqishiga sabab bo‘ladigan omillar: travmatik perikardit, uch tavaqali klapan yetishmovchiligi, hayvonning bo‘ynidan bog‘laganda bo‘yinturuq venasining qisilib qolishi oqibatida kuzatiladi.
Klinik belgilari. Arterial giperemiya o‘tkir kechadi va kuchli qo‘zg‘alish, agressivlik, oldinga harakat qilish, tashqi ta’sirotlarga (tovush, yorug‘lik) javob reaksiyasining kuchayishi kuzatiladi.
Venoz giperemiya paytida uyqusiragan holat, teri va og‘riq reflekslarining pasayishi, tashqi ta’sirotlarga javobning susayishi, harakat muvozanatining buzilishi belgilari kuchayib boradi.
Tashxis anamnez ma’lumotlari va klinik tekshirishlar asosida qo‘yiladi. Oftalmoskopiyada ko‘z olmasining giperemiyasi va ko‘rish asabi so‘rg‘ichida qonning dimlanishi va shishi qayd etiladi.
Davolash. Kasallikning sabablari yo‘qotiladi. Og‘ir hollarda kasal hayvon yarimqorong‘i, salqin joyga ajratiladi. Arterial giperemiya paytida birinchi soatlarda bosh sohasiga sovuq kompress yoki muz solingan xaltacha qo‘yiladi. Qo‘zg‘aluvchanlikni pasaytirish maqsadida vena qon tomiriga xloralgidrat va brom preparatlari, mushak orasiga magniy sulfat, mayda hayvonlarga og‘iz orqali bro- mular, luminal, veronal, medinal kabi tinchlantiruvchi va uxla- tuvchi dorilar qo‘llaniladi. Venoz giperemiya paytida esa kofein, kamfora, naperestyanka preparatlari tavsiya etiladi.
Oldini olish. Ishchi, sport sohasidagi va ovchi hayvonlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, hayvonlarni bog‘lash, naslli buqalardan urug‘ olish va tabiiy qochirish ta.dhirla.rini o‘tkazishda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Oftob urishi — quyosh nurlarining (asosan, infraqizil) bosh suyagiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siri tufayli bosh miya yarimsharlari- ning kuchli qizib ketishi bilan xarakterlanib, ko‘pincha otlar va mayda hayvonlar kasallanadi.
Sabablari. Hayvonlarni quyosh nurlari ostida uzoq muddat saqlash, soya joylarning yetishmasligi oftob urishiga sabab bo‘ladi.
Uzoq muddat dam oldirmasdan ishlatish, sug‘orishning vaqtida bo‘lmasligi, yurak-qon tomir yetishmovchiliklari, yog‘ bosish kasalligi, hayvonni uzoq vaqt boshini pastga qilib bog‘lab qo‘yish,
motsionning kamligi ikkilamchi omillar hisoblanadi. Zotdor mollar va uzoq muddat soya joylarda saqlangan hayvonlar oftob urishiga tez beriluvchan bo‘ladi.Rivojlanishi. Bosh sohasiga quyosh nurlarining uzoq muddat ta’sir etishi oqibatida bosh miya yarimsharlaridagi harorat ko‘tarilib, tana haroratidan 2—3°C yuqori bo‘lishi mumkin. Natijada bosh miya va uning pardalari giperemiyasi, shishi kuzatilib, miya qorinchalari likvor suyuqligi bilan to‘ladi, bosh qobig‘i ichida bosim ortadi, bosh miya yarimsharlarining funksiyalari buzilib, qon tomir va nafas markazlarining falajlanishi oqibatida o‘lim kuzatilishi mumkin.

Download 33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling