Mavzu: Asab tizimining kasalliklari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
Download 33 Kb.
|
Asab tizimining kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nerv tizimini tekshirish sxemasi
- Anamnez m a’lumotlarini toplash
- Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish
- Apatiya
- Soporoz holati
- O ‘ta qo‘zg ‘alish.
2.1. Nerv tizimini tekshirish sxemasi
Nerv tizimi anatomik jihatdan joylashishiga qarab, ikkiga bo‘linadi: 1. Markaziy nerv tizimi — bunga bosh miya va orqa miya kiradi. 2. Periferik nerv tizimi — bunga nerv tolalari, tugunlari, retsep- torlar, sinapslar kiradi. Nerv tizimi besh hujayradan tashkil topgan: 1. Neyron hujayralar. 2. Neyrogliya hujayralari. 3. Mikrogliya hujayralari. 4. Sekretor hujayralar. 5. Oziqlantiruvchi hujayralar. Nerv tizimini tekshirish sxemasi Nerv tizimi a’zolarini bevosita ko‘rib, paypaslab bo‘lmaydi. Shuning uchun nerv tizimini tekshirishda anamnez ma’lumot larini to‘plash va kuzatish yaxshi natija beradi. Maxsus tekshirish usullaridan rentgenologik tekshiruv keng qo‘llaniladi.Nerv tizimini tekshirishda quyidagi sxemadan foydalaniladi: 1. Anamnez ma’lumotlarini to‘plash. 2. Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish. 3. Bosh miya qopqog‘i va umurtqa pog‘onasini tekshirish. 4. Sezuvchanlikni tekshirish. 5. Sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish)ni tek- shirish. 6. Aktiv harakatni tekshirish. 7. Harakat koordinatsiyasini tekshirish. 8. Reflekslarni tekshirish. 9. Vegetativ nerv tizimini tekshirish. 10. Zaxarin-Xeda sohalarini tekshirish. Anamnez m a’lumotlarini toplash Hayvon egasidan nerv tizimiga taalluqli anamnez ma’lu motlarini to‘plash nerv tizimini tekshirishda katta ahamiyatga ega. Bunda hayvonning xulqi, turish holati, epilepsiya, titrashlar, tetaniya, o‘ta qo‘zg‘alish hodisalarining bor-yo‘qligi, qachon kuzatilishi, nima bilan xarakterlanishi aniqlanadi. Shuningdek, hayvonga xos bo‘lmagan qiliqlar, parez yoki falaj bor-yo‘qligi aniqlanadi. Markaziy nerv tizimi funksiyasini tekshirish Markaziy nerv tizimi ishi m e’yorda bo‘lsa, har bir turdagi hayvon o‘ziga xos qiliqlar qiladi. Egasini taniydi, oziqa berganda turadi, tinch bo‘lib, tabiiy holat qabul qiladi. Tashqi ta’sirotlarga qulog‘i, boshi, dumi, harakatlari bilan javob beradi.Markaziy nerv tizimi ishi buzilganda, ikki xil holat kuza tiladi: I. Befarqlik - bu tashqi ta’sirotlarga javob reaksiyasining pasayishi yoki umuman bo‘lmasligi. Bunda hayvonlar tashqi ta’sirotlarga javob bermaydi yoki kechikib javob beradi. Bunday hayvonlar kuzatilganda, ko‘zi yarimyumuq, boshini pastga ek- kan, oxurga tekkizib turadi, hayvonning o‘zi suyanib turadi. Befarqlik to‘rt darajaga bo‘linadi: 1. Apatiya — bunda hayvonning tashqi ta’sirotlarga javob berish reaksiyasi pasayadi. Hayvonlar ko‘zi yarimyumuq, boshi egilgan holatda bo‘ladi. 2. Stupor holati — uyqusirash holatidir. Bunda tashqi ta’sirotlarga javob berish reaksiyasi ancha pasaygan, hayvonlar ko‘zi yumuq, boshi egilgan, boshini devorga, oxurga tirab turadi, hayvonning o‘zi suyangan holda turadi. 3. Soporoz holati — hayvon chuqur uyquda bo‘ladi. Faqat yotgan holatda kuzatiladi. Faqatgina kuchli ta’sirotlarga javob beradi (igna sanchish, elektr tokini ta’sir ettirish). 4. Komatoz holatida. Bunda hayvon yotgan bo‘ladi. Hech qanday ta’sirotga javob bermaydi (bunda yurak, qon tomir, nafas olish va moddalar almashinuvi ichki a’zolarda saqlanib, lekin katta patologik o‘zgarishda bo‘ladi). II. O ‘ta qo‘zg ‘alish. Bunda hayvonlar oddiy ta’sirotlarga o‘ta qo‘zg‘alish bilan javob beradi. Hayvonlarda to‘xtovsiz harakat, agres- siv holat, to‘siqni pisand qilmay oldinga yoki orqaga harakat, oldinga chopish, oziqalarga xos bo‘lmagan jismlarni tishlash, chaynash, yeyish holatlari kuzatiladi. Bu o‘zgarishlar quturish kasalligida opiy, bangidevona, strix- nin bilan zaharlanish paytlarida ayrim avitaminozlar, mikroele- mentoz, sinurar, meningit kasalliklarida uchraydi. Download 33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling