kiradi. Ularning vegetasiya davrida uzoq o‘sishi natijasida
yog‘ochlanib ulgurmagan novdalari sovuqlardan ko‘p zararlanishi
mumkin, past haroratlarda ko‘pincha ular nobud bo‘ladilar.
3. Qisman sovuqqa chidamli daraxtlar – ularga qoraqayin,
qrim qarag‘ayi, tuya, biota, virgin archasi, mirza terak, chinniterak,
jiyda, arg‘uvon, gledichiya, oq akasiya, grek yong‘oq va boshqalarni
kiritish mumkin.
4. Sovuqqa o‘rtacha chidamli daraxtlar – ularga eman turlari,
qayrag‘och, oddiy arg‘uvon, manjuriya yong‘og‘i, yovvoyi nok, tukli
shumtol, qoraterak,
baxmal daraxti, o‘tkir bargli zarang,
qoraqarag‘ay va boshqalarni kiritish mumkin.
5. Sovuqqa yaxshi chidamli daraxtlar –
ular past xaroratda
zararlanmaydilar, -40
0
S- -50
0
S sovuqlarga bemalol chidaydilar. Ularga
sibir va daur tilog‘ochi, oddiy va sibir qarag‘ayi, stlantik sibir qarag‘ayi,
oddiy archa, tog‘ terak, turkiston archasi, oq qayin, kul rang qandag‘och,
chetan, xushbo‘y hidli teraklar kiritiladi.
O‘zbekiston dendroflorasiga kiruvchi daraxt–butalarni issiq va
sovuqqa bo‘lgan munosabatiga ko‘ra 4 guruhga ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: