Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi
Tuproq tanlaydigan megatrof o‘simliklar
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Daraxtlarni ekologik asoslari Asosiy ekologik omillar va daraxt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuproq tanlamaydigan oligotrof o‘simliklar
Tuproq tanlaydigan megatrof o‘simliklar – bu guruhga
mansub o‘simliklar faqat unumdor tuproqlarda yaxshi o‘sib rivojlanadi, unumdorligi kam tuproqlarda yaxshi o‘smaydi va rivojlanmaydi. Unumdor erlarda o‘sishga moslashgan megatrof o‘simliklarga o‘tkir bargli zarang, yavor zarangi, grab, qoraqayin, dala zarangi, oqqarag‘ay, qayrag‘och, amur barxat daraxti, oq va sinuvchan tol, grek yong‘og‘i, mevali turlar va boshqalar kiradi. Tuproq tanlamaydigan oligotrof o‘simliklar – bu guruhga mansub daraxt-butalar unumsiz erlarda ham bemalol o‘saveradilar. Bu guruh vakillari tuprog‘i oz, toshloq, qum-shag‘al yoki tog‘ jinslari sochilib yotgan joylarda ham o‘sa oladi. Shubhasiz, bunday o‘simliklar unumdor tuproqlarda ham yaxshi o‘sadilar, ularga oddiy qarag‘ay, qayin, archa, jiyda, chakanda, zirk, aylant, oq akasiya, saflora, yulg‘un va boshqalar misol bo‘la oladi. Relef, o‘simliklar o‘sishiga bevosita ta’sir etmasada, iqlim va tuproq kabi ekologik omillarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Dengiz sathidan tog‘lar bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilganimiz sayin har 100 metrda havo harorati 0,6-1,0 0 ga pasayib boradi, shu bilan bir qatorda tabiiy yog‘in miqdori, ya’ni namlik ortib boradi. Bunday o‘zgarishlar o‘ziga xos tog‘ o‘simliklarini paydo bo‘lishiga olib kelgan, yuqori tog‘ zonalarida (3200-3500metrdan balandliklarda) o‘simlik o‘sish sharoitlarini og‘irligidan daraxt–butalar er bag‘irlab o‘suvchi shakllarni yuzaga keltiradilar va pakana bo‘lib o‘sadilar. O‘simliklar va hayvonot olami vakillarining hayotiy jarayonlari bir – biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu bog‘liqliq quyidagi holatlarda yaqqol ko‘rinadi: 1. Ayrim o‘simliklar hasharotlar vositasida changlanadilar, bu kabi o‘simliklar entomofil o‘simliklar deb ataladi. Mevasi va urug‘i turli hayvonlar yordamida tarqaladigan o‘simliklar zooxor o‘simliklar deb ataladi. 2. Hayvonlar o‘simlik dunyosi uchun zaruriy hayotiy omillardan hisoblanmaydilar, aksincha, ko‘p hollarda ular o‘simliklarga zararli ta’sir ham o‘tkazishlari mumkin. Masalan, qushlar, o‘txo‘r xayvonlar, kemiruvchilar, o‘rmon hayvonlari daraxt–buta mevalari, urug‘larini iste’mol qilib, ularni tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydi, yosh o‘simliklarni iste’mol qiladilar va o‘rmonni tabiiy tiklanishiga to‘sqinlik qiladilar. 3. Hayvonot olami vakillari o‘simliklarni o‘sib rivojlanishiga bevosita ta’sir etmasada, ular o‘sayotgan muhitni kuchli o‘zgartirishi mumkin. Masalan, er osti hayvonot olami vakillari – chuvalchanglar, chumolilar, hasharotxo‘r hayvonlar, sichqonsimon kemiruvchilar, zararkunandalarning qurtlari er ostida hisobsiz kovaklar va er ostki yo‘llari hosil qilib, tuproq strukturasini ancha o‘zgartiradi, daraxt– buta ildizlarini nafas olish jarayotlarini osonlashtiradilar, lekin bir paytda ularni zararlashlari ham mumkin. O‘rmonda, qalin o‘sayotgan daraxtzorlarda daraxt–buta turlarini bir–biriga ta’siri va o‘zaro munosabatlari xilma–xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu kabi munosabatlarning asosida albatta yorug‘lik, namlik, tuproqdagi oziq – moddalar uchun, ya’ni yashash uchun kurash yotadi. Inson o‘z faoliyati davomida o‘simlik dunyosiga son va sifat jihatidan yaxshilash maqsadida ongli ta’sirini o‘tkazadi. Inson ming yillar davomida o‘simlik dunyosidan yangi shakllarni tanlab olgan, yangi madaniy navlar yaratgan. Hozirgi biz foydalanib kelayotgan barcha mevali daraxt turlari shu tariqa halq seleksiyasi natijasida yuzaga kelgandir. O‘rmondagi foydasi kamroq daraxt turlari kesib tashlangan, o‘rniga foydali daraxt turlari ekilgan. Bu jarayon ayniqsa, hozirgi davrda tropik o‘rmonlarda jadal ketmoqda, tropik o‘rmonlar kesib tashlanmoqda, ularning o‘rniga kofe, kakao, gvozdika, qora murch, xushbo‘y murch, kardamon, qizil daraxt, qora daraxt, geveya, kabi qimmatli daraxt plantasiyalari barpo etilmoqda. Inson madaniy o‘simliklarga raqobat qiluvchi begona o‘tlarga qarshi doimiy kurashgan, em–xashak ahamiyatiga ega ozuqa o‘t navlarini yaratgan, yaylovzorlar maydonini kengaytirgan. Inson boshqa ekologik omillarni ham o‘zgartirishga qodirdir. Unumsiz erlarni sho‘ri yuviladi, mineral va organik o‘g‘itlar solinib, unumdorligi oshiriladi, drenaj tizimi o‘tkazilib, er osti suvlarining sathi pasaytiriladi va madaniy o‘simliklar etishtiriladi. Erlarda meliorasiya ishlari amalga oshiriladi, botqoqlar quritiladi. Buning natijasida nafaqat o‘simlik turlari balki, hududning mahalliy flora va faunasi tarkibi ham o‘zgarishiga olib keladi. O‘rmonlarda ham sifatli yog‘och beruvchi daraxt turlariga e’tibor oshmoqda, ular kam qimmatga ega qayin, qora-qayin, osina, qandag‘och kabi daraxt turlarini siqib chiqarmoqda. Masalan, Evropa davlatlarida qoraqayin o‘rmonlari o‘rnini qoraqarag‘ayning madaniy o‘rmonlari egallamoqda. O‘zbekiston sharoitlarida ham terakning tez o‘suvchi turlari va navlari ko‘plab ekilmoqda. Qum–saxrolarda ko‘chma qumlarni mustahkamlash maqsadida psammofit o‘simliklar (saksovul, qandim, sho‘ra, yulg‘un) keng ko‘lamda ekilmoqda. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling