Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1728370
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daraxtlarni ekologik asoslari Asosiy ekologik omillar va daraxt

2. Mezofitlar – bu guruhga mansub o‘simliklar o‘rtacha 
namlikka ega tuproqlarda o‘sishga moslashgan. Ular namga bo‘lgan 
Тундра
Ўрмон тундра
Тайга
Аралаш ўрмон 
Ўрмон-дашт 
Дашт
Qум сахро 


talabiga ko‘ra gigrofitlar va kserofitlar oralig‘ida turadi. Daraxt–
butalarning ko‘p qismi aynan mezofitlar guruhiga mansubdir. 
Mezofit o‘simliklar sernam erlarda yaxshi o‘sa olmaydi, chunki 
bunday 
sharoitlarda 
tuproq 
aerasiyasining 
yomonligidan 
zararlansalar, qurg‘oqchil sharoitlarda nam etishmovchiligidan 
zararlanadilar. Mezofit o‘simliklar transpirasiyani yaxshi tartibli 
o‘tkazish xususiyatlariga egadirlar, shuning uchun ularning ayrim 
turlarining barglarida tuklar mavjud bo‘lib, ular suv bug‘lanishini 
kamaytiradi. Mezofitlarga qizil eman, oddiy arg‘uvon, grab, oddiy 
shumtol, yashil shumtol, manjuriya yong‘og‘i, amur barxat daraxti, 
sibir tilog‘ochi, qayin, qoraqayin va boshqa daraxtlar kiradi. 
3. Кserofitlar – bu guruhga kiruvchi daraxt–buta o‘sim-liklar 
asosan quruq iqlimli, nam etishmaydigan arid mintaqa-larda o‘sishga 
moslashgan. Кserofit o‘simliklar shu sharoitlarga moslashish uchun 
evolyusion taraqqiyot jarayonida morfologik, anatomik va fiziologik 
xususiyatlarni vujudga keltirganlar. 
Tuproq barcha yashil o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi, 
chunki tuproq unda o‘suvchi o‘simliklar uchun oziq mineral 
moddalar va suv manbaidir. Tuproqlar unumdor va unumsiz bo‘lishi 
mumkin, bu ularning tarkibidagi gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori 
bilan o‘lchanadi. 
Unumdor tuproqlarda o‘suvchi daraxt–butalar yaxshi o‘sib 
rivojlanadi, ular serhosil, yog‘och zahirasi yuqori, hamda sifatli 
yog‘och chiqishini ta’minlaydi. Unumdor, mexanikaviy tarkibi engil 
tuproqlarda o‘simlik ildizlari yaxshi shoxlanadi va erga chuqur kirib 
boradi. Unumdor va unumsiz erlarda o‘suvchi bir xil turga mansub 
daraxtlar turli xil o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ba’zi daraxt–
butalar (dukkakdoshlar, jiyda,chakanda) unumsiz erlarda ham 
bemalol o‘sadilar,chunki ularning ildiz tizimida havodagi azotni 
o‘zlashtiruvchi tugunakli bakteriyalar bo‘ladi. O‘simliklarni tuproq 
unumdorligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagicha guruhlarga 
ajratiladi: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling