Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Daraxtlarni ekologik asoslari Asosiy ekologik omillar va daraxt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni
- Edafik (tuproq) omillariga
- Biotik omillarga
MAVZU: ASOSIY EКOLOGIК OMILLAR VA ULARNI DENDROFLORA VAКILLARIGA TA’SIRI Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga asosiy ekologik omillar – abiotik, biotik va antropogen omillarni daraxt–butalarni geografik tarqalishiga va o‘sish sharoitlariga ta’siri haqida ma’lumotlar berish. Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘simliklarning tashqi muhit sharoitlariga bo‘lgan munosabati ularning ekologiyasi deb ataladi. Ekologik omillar abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi. Abiotik omillar o‘z navbatida iqlim, edafik va relef omillariga ajratiladi. Iqlim omillariga havo harorati, yorug‘lik, yillik yog‘inmiqdori, havoning nisbiy namligi, havoning tarkibi, shamol tezligi va yo‘nalishi, quyosh radiasiyasi intensivligi, atmosfera bosimi kabi asosiy iqlim ko‘rsatkichlarini o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. Edafik (tuproq) omillariga tuproqning mexanikaviy tarkibi, fizikaviy xossalari, namligi, kimyoviy tarkibi, tuproq harorati kabi xususiyatlar bilan ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. Relef (erning ustki tuzilishi) omillariga erning dengiz sathidan balandligi, ekspozisiyasi, qiyaliklarning tikligi kabi xususiyatlarni o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. Biotik omillarga - hayvonlar, o‘simliklar, mikroorga-nizmlarni o‘simlik dunyosiga ko‘rsatadigan ta’siri kiradi. Antropogen omillarga – insonning o‘simlik dunyosiga ta’siri, ya’ni uni o‘simlik o‘sib turgan muhit sharoitlarini o‘zgartirib hamda ularni madaniylashtirib o‘simliklarga ko‘rsatiladigan ta’siri kiradi. Harorat o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun eng zarur omillardan biri hisoblanadi. Har bir o‘simlik turi uchun minimal, optimal va maksimal haroratlar mavjud bo‘lgan holda-gina o‘sim- liklar o‘sadi, rivojlanadi va ularda normal fiziolo-gik jarayonlar amalga oshadi. Shundan ko‘rinib turibdiki, harorat o‘simliklar hayotida, ularning geografik tarqalishida, o‘simlik tipining shakllanishida muhim ekologik omil hisoblanadi. Er yuzida turli geografik zonalarda turlicha iqlim zonalari vujudga kelgan, ularda turlicha harorat rejimi mavjud va ular ma’lum qonuniyatlarga bog‘liqdir. Shimoliy qutbdan ekvator chizig‘iga tomon haroratni ko‘tarilib borishi, ular oralig‘ida turli iqlim zonalari hosil bo‘lishigasabab bo‘lgan. Tog‘li joylarda harorat zonalari vertikal tus olib, dengiz sathidan ko‘tarilgani sari o‘rtacha harorat pasayib boradi, namlik miqdori bo‘lsa ortib boradi. Harorat boshqa ekologik omillar, shu jumladan, namlik miqdori va uning mavsumiy rejimi bilan birgalikda iqlim zonalaridagi fasliy hodisalarini murakkablashtirishi mumkin. Buning natijasida ushbu hududdagi o‘simlik dunyosining tabiati va tarkibi ham o‘zgaradi. O‘simlik tanasida suv kam bo‘lgan paytlarda yuqori haroratga chidamli bo‘ladi, shuningdek cho‘l–dasht o‘simliklari tinim holatiga o‘tganda ham yuqori haroratga chidamli bo‘ladilar. Past harorat ham o‘simliklarga turlicha ta’sir etadi. Ayrim tropik o‘simliklar +5 0 da ham zararlanishi mumkin, O 0 S dan pasayganda butunlay nobud bo‘ladi. Ayrim o‘simliklar aksincha, past haroratlarga juda chidamli bo‘ladilar, masalan, daur tilog‘ochi (Larix daurica) Sibirning shimoliy qismidagi eng sovuq nuqta hisoblanmish sovuq polyusi - Verxoyansk shahrida qishgi –75 0 S sovuqlarga chidaydi. Sovuqni o‘simlikka ta’siri quyidagicha kechadi: o‘simlik xo‘jayrasi tarkibidagi suv muz kristallariga aylanib qoladi, ular xo‘jayra qobig‘i va ichki organlariga salbiy ta’sir etadi va oxir–oqibatda xo‘jayra nobud bo‘ladi. Bahorda bunday zararlangan daraxtlardagi kurtaklar yoziladi, ilk bargchalar paydo bo‘ladi, lekin tez orada ular so‘lib, quriydi va to‘kilib ketadi. Daraxt–buta o‘simliklarni issiqlikka bo‘lgan munosabatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin (S.S. Pyatniskiy bo‘yicha). Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling