Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana27.10.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1728370
1   2   3   4   5
Bog'liq
Daraxtlarni ekologik asoslari Asosiy ekologik omillar va daraxt

1. Juda issiqsevar daraxtlar – ular sovuqqa juda chidamsiz 
bo‘lib,+10
0
S - +15
0
S haroratlarda qattiq zararlanadi. Bunday past 
haroratni bir necha kunlarga cho‘zilishi, ular uchun ayniqsa
havflidir, ya’ni ular qattiq zararlanib, qurib qoladilar. Кedr, sarv, 
evkalipt, sekvoyya, eldor qarag‘ayi, anor, anjir, xurmo, bambuk, 
sitrus o‘simliklardan apelsin, mandarin, limon, greyfrut, po‘kakli 
eman, lavr kabi daraxt–buta o‘simliklar issiqsevar hamda sovuqqa 
eng chidamsiz o‘simliklar sirasiga kiritiladi. 
2. Issiqsevar daraxtlar – ularga iste’molbop kashtan, 
evkommiya, zarnab, qatrang‘i, behi, chinor, tuxumak, katalpa, 
maklyura, lola daraxti, bodom, shaftoli, shamshod va boshqalar 


kiradi. Ularning vegetasiya davrida uzoq o‘sishi natijasida 
yog‘ochlanib ulgurmagan novdalari sovuqlardan ko‘p zararlanishi 
mumkin, past haroratlarda ko‘pincha ular nobud bo‘ladilar. 
3. Qisman sovuqqa chidamli daraxtlar – ularga qoraqayin, 
qrim qarag‘ayi, tuya, biota, virgin archasi, mirza terak, chinniterak, 
jiyda, arg‘uvon, gledichiya, oq akasiya, grek yong‘oq va boshqalarni 
kiritish mumkin. 
4. Sovuqqa o‘rtacha chidamli daraxtlar – ularga eman turlari, 
qayrag‘och, oddiy arg‘uvon, manjuriya yong‘og‘i, yovvoyi nok, tukli 
shumtol, qoraterak, baxmal daraxti, o‘tkir bargli zarang, 
qoraqarag‘ay va boshqalarni kiritish mumkin. 
5. Sovuqqa yaxshi chidamli daraxtlarular past xaroratda 
zararlanmaydilar, -40
0
S- -50
0
S sovuqlarga bemalol chidaydilar. Ularga 
sibir va daur tilog‘ochi, oddiy va sibir qarag‘ayi, stlantik sibir qarag‘ayi, 
oddiy archa, tog‘ terak, turkiston archasi, oq qayin, kul rang qandag‘och, 
chetan, xushbo‘y hidli teraklar kiritiladi.
O‘zbekiston dendroflorasiga kiruvchi daraxt–butalarni issiq va 
sovuqqa bo‘lgan munosabatiga ko‘ra 4 guruhga ajratish mumkin: 

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling