Mavzu: asosiy eкologiк omillar va ularni dendroflora vaкillariga ta’siri mashg‘ulotning maqsadi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
Daraxtlarni ekologik asoslari Asosiy ekologik omillar va daraxt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Кserofitlar
2. Mezofitlar – bu guruhga mansub o‘simliklar o‘rtacha
namlikka ega tuproqlarda o‘sishga moslashgan. Ular namga bo‘lgan Тундра Ўрмон тундра Тайга Аралаш ўрмон Ўрмон-дашт Дашт Qум сахро talabiga ko‘ra gigrofitlar va kserofitlar oralig‘ida turadi. Daraxt– butalarning ko‘p qismi aynan mezofitlar guruhiga mansubdir. Mezofit o‘simliklar sernam erlarda yaxshi o‘sa olmaydi, chunki bunday sharoitlarda tuproq aerasiyasining yomonligidan zararlansalar, qurg‘oqchil sharoitlarda nam etishmovchiligidan zararlanadilar. Mezofit o‘simliklar transpirasiyani yaxshi tartibli o‘tkazish xususiyatlariga egadirlar, shuning uchun ularning ayrim turlarining barglarida tuklar mavjud bo‘lib, ular suv bug‘lanishini kamaytiradi. Mezofitlarga qizil eman, oddiy arg‘uvon, grab, oddiy shumtol, yashil shumtol, manjuriya yong‘og‘i, amur barxat daraxti, sibir tilog‘ochi, qayin, qoraqayin va boshqa daraxtlar kiradi. 3. Кserofitlar – bu guruhga kiruvchi daraxt–buta o‘sim-liklar asosan quruq iqlimli, nam etishmaydigan arid mintaqa-larda o‘sishga moslashgan. Кserofit o‘simliklar shu sharoitlarga moslashish uchun evolyusion taraqqiyot jarayonida morfologik, anatomik va fiziologik xususiyatlarni vujudga keltirganlar. Tuproq barcha yashil o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki tuproq unda o‘suvchi o‘simliklar uchun oziq mineral moddalar va suv manbaidir. Tuproqlar unumdor va unumsiz bo‘lishi mumkin, bu ularning tarkibidagi gumus, azot, fosfor va kaliy miqdori bilan o‘lchanadi. Unumdor tuproqlarda o‘suvchi daraxt–butalar yaxshi o‘sib rivojlanadi, ular serhosil, yog‘och zahirasi yuqori, hamda sifatli yog‘och chiqishini ta’minlaydi. Unumdor, mexanikaviy tarkibi engil tuproqlarda o‘simlik ildizlari yaxshi shoxlanadi va erga chuqur kirib boradi. Unumdor va unumsiz erlarda o‘suvchi bir xil turga mansub daraxtlar turli xil o‘sish ko‘rsatkichlariga ega bo‘ladi. Ba’zi daraxt– butalar (dukkakdoshlar, jiyda,chakanda) unumsiz erlarda ham bemalol o‘sadilar,chunki ularning ildiz tizimida havodagi azotni o‘zlashtiruvchi tugunakli bakteriyalar bo‘ladi. O‘simliklarni tuproq unumdorligiga bo‘lgan talabiga ko‘ra quyidagicha guruhlarga ajratiladi: Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling