2-jadval
Asosiy vositalar tarkibi va dinamikasi tahlili
Asosiy vositalar guruhlari
|
Yil boshi uchun
|
Yil oxiri uchun
|
O’zgarishi ( +;- )
|
Summa, mln. so’m
|
Salmog’i, %
|
Summa, mln. so’m
|
Salmog’i, %
|
Summa, mln. so’m
|
Salmog’i, %
|
Asosiy vositalar - jami
|
4594,7
|
100
|
5759,9
|
100
|
+1165,2
|
+25,3
|
jumladan, ishlab chiqarish
|
3446
|
75
|
4493
|
78
|
+1047
|
+30,3
|
Noishlab chiqarish
|
1148,7
|
25
|
1266,9
|
22
|
+118,2
|
+10,3
|
Jadval ma‘lumotlari ko‘rsatadiki, ishlab chiqarish yo‘nalishidagi asosiy vositalarning ulushi yil boshidagi 75% dan yil oxirigacha 78% gacha o‘sib, noishlab chiqarishdagi asosiy vositalar ulushi mos ravishda pasaygan.
Asosiy vositalar tarkibida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniqlash uchun ularning tarkibini tahlil qilish zarur.
Asosiy vositalar tarkibi tarmoqning o‘ziga xosligi bilan belgilanadi va korxonalarning ishlab chiqarish-texnik xususiyatlarini aks ettiradi. Fondlar tarkibini tahlil qilishda aktiv va passiv qismlar nisbatini aniqlash zarur. Fondlarning aktiv qismi mehnat predmetiga bevosita ta‘sir qiladi. Passiv qismni ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun shart-sharoitlarni vujudga keltiruvchi fondlar tashkil qiladi. Iqtisodiy adabiyotlarda fondlarning aktiv qismi tarkibi bo‘yicha yagona qarash shakllanmagan. Ayrimlar bino va inshootlarni hisobdan chiqargan holda barcha fondlarni aktiv qism deb hisoblasa, boshqalar - faqatgina mashina va uskunalarni aktiv qism deya e‘tirof etadilar.
Sanoatning aksariyat tarmoqlarida fondlarning aktiv qismiga mashina va uskunalar (ishlab chiqarish quvvatlari, ishchi mashina va uskunalar, o‘lchash va me‘yorlash pribor hamda moslamalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, boshqa mashina va uskunalar), shuningdek, transport vositalari kiritiladi. Fondlarning passiv qismini bino va inshootlar tashkil qiladi. Biroq ayrim sanoat tarmoqlarida - elektr energetikasi, neft-kon sanoati, gaz va boshqalarda inshootlar fondlarning aktiv qismi tarkibiga kiritiladi. Keyingi hisob-kitoblarda biz mashina va uskunalar qiymatidan kelib chiqamiz, chunki ular mahsulot ishlab chiqarish o‘sishiga, mehnat unumdorligi oshishiga bevosita ta‘sir qiladi va fond qaytimi dinamikasini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |