Mavzu: Assalom Navro’z. Faoliyatning maqsadlari: Ta’limiy maqsad


Download 24.11 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi24.11 Kb.
#1586640
Bog'liq
Assalom Navro’z


Mavzu: Assalom Navro’z.
Faoliyatning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad: tarbiyalanuvchilarning Navro’z bayrami haqidagi bilimlarini boyitish, ularda ijodkorlikni rivojlantirish;
Tarbiyaviy maqsad: tarbiyalanuvchilarga milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish;
Rivojlantiruvchi maqsad: tarbiyalanuvchilarning nutqini o’stirish, tasavvurini kengaytirish, o’z fikrini erkin bayon qilishga o’rgatish.
Kerakli jihozlar:AKT, Navro’z bayramiga oid suratlar, didaktik materiallar.
Faoliyatning borishi.
Tashkiliy qism; tarbiyalanuvchilar bilan salomlashish, sana,oy,yil, qaysi fasl ekanligi so’raladi.
-Assalomu alaykum mening qadrli bolajonlarim, sog’misiz, omonmisiz bugungi mashg’ulotga tayyormisiz.
Bolalar: Biz so’gmiz, omonmiz bugungi mashg’ulotga tayyormiz.
Tarbiyachi: aytinglarchi bolajonlarim bugun nechanchi sana? Qaysi oy? Haftaning qaysi kuni? Hozir o’lkamizda qaysi fasl? Bu faslda qanday o’zgarishlar bo’ladi? Qanday bayramlarni nishonlaymiz?
Bolalar javob berishadi.
Asosiy qism: ( Faoliyat nutq va til, qurish yasash va matematika, fan va tabiat, syujetli rolli o’yinlar va dramalashtirish va san’at markazlarida olib boriladi.)
Yangi mavzuni tushuntirish. AKTdan Navro’z bayrami haqida video quyib beriladi.
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar mana ko’rib turganingizdek bugun biz sizlar bilan Navro’z bayrami haqida suhbatlashamiz, qiziqarli o’yinlar o’ynaymiz.
Bolalar aytinglarchi, Navro’z bayrami qachon nishonlanadi?
Bolalar: Navro’z bayrami bahorda nishonlanadi.
Tarbiyachi:
Yuraklarga solib hayajon,
Eshik qoqar biz kutgan mehmon.
Elkasida bayram libosi,
Qo’llarida ochil dasturxon.
Dala dashtga bag’ishlab chiroy,
Yurtga keldi yana ko’klamoy.
Bolalar bahorda tabiat uyg’onadi, hammayoq yana qaytadan chiroy ocha boshlaydi. Ana shunday go’zal kunlarning birida Navzo’z, ya’ni yilboshi nishonlanadi.
Navro’z – yasharish va yangilanish bayrami,tabiatni uyg’onishiga guvoh bo’lishi, yangi kunning boshlanishi. “Navro’z” forscha so’z bo’lib , “yangi kun” degan ma’noni anglatadi. Sharq xalqlari tomonidan yilning 21-mart kuni kecha va Kunduz tenglashgan kun yangi kun, Navro’z bayrami sifatida nishonlanadi. Navro’z dehqonlar uchun ekin-tekin ishlarini bajarish pallasiga to’g’ri keladi.
Navro’zda tabiat uyg’onadi. Birinchi bo’lib chuchmomo,boychechak ochiladi. Onalarimiz sumalak pishiradilar. Yalpiz, jagjag’, ismaloq kabi ko’katlardan terib ko’k somsalar yopadilar. Ko’chatlar ekilib, hovli joylar supuriladi. Ko’chalar tozalanadi. Bayramda turli tomoshalar bo’ladi.
Aziz bolajonlar kim menga bahor, Navro’z haqida she’r aytib beradi.
1-bola:
Keldi bahor gul bahor
Erib bitdi oppoq qor
Uchib keldi qushlarjon
Daraxtlar taqdi marjon
Suvlar oqar shildirab
Yulduz boqar miltirab
Chumolilar yayrashar
Sho’x bulbullar sayrashar.
2-bola
Navro’z keldi yurtimga
Navbahorni yetaklab
Dala dashtu qirlarga
Boychechaklar savatlab.
3-bola
Yana tenglashibdi kecha va Kunduz
Ko’kda nur taratar yarqiroq yulduz
Lablarda tabassum aytib shirin so’z
Assalom yangi kun, assalom Navro’z.
Tarbiyachi; Raxmat bolajonlar.
Bolajonlar bahor haqida, bahordagi hodisalar haqida topishmoqlar ham bilasizlarmi? Qani kim aytadi.
1-bola; Toshu qirlarni surib, tog’dan kelar yugurib. (Suv)
2-bola: Bahorda o’sib chiqdim, yam-yashil bo’lib chiqdim. (Maysa)
3-bola: O’zi qizil go’zal biram, qirga yoyar qizil gilam. (Lola qizg’aldoq)
4-bola: U kuganda dala qir, kuladi qiqir-qiqir. (Yomg’ir)
5-bola: Oq sandig;im ochildi, olamga nur sochildi. (Quyosh)
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim. EndiBugungi faoliyatimizninh asosiy qismini rivojlantiruvchi markazlarda davom ettiramiz. Hammamiz joyimizdan turamiz. Men paravoz bo’laman siz esavagonchalar bo’lib markazlar tomon yo’l olamiz. Qani ketdikmi?
Bolalar o’zlari xoxlagan markaz bekatlariga tushib joylashib oladilar.

  1. Markazimiz Qurish yasash va matematika markazida bolajonlarimiz o’z qo’llari bilan Varrak yasashlari kerak bo’ladi.

  2. Markazimiz Til va nutq markazi bo’lib, unda bolajonlar Bahor fasli va Navro’zga oid pazllarni namunaga qarab yigib, nima tasvirlanganligi haqida so’zlab berishadilar.

Qo’shimcha topshiriq sifatida harfli kartochkalar yordamida “Bahor”, “Navro’z”, “Sumalak” so’zlarini yozib berishadilar.

  1. Markaz Fan va tabiat markazi bo’lib, unda bolajonlar bilan birgalikda Bug’doy donalari bilan tajriba o’tkazamiz.

Bu markazdagi bolalar uchun qo’shimcha topshiriq uchun didaktik o’yin beriladi.




  1. Markazimiz San’at markazida bolajonlar O’rik shoxchlarini va gullarini urug'lardan yasash.

Dam olish daqiqasi.

Turnajonim, hoy turna
Balanddan ucha ko’rma.
Pastlab sekin uchgin
Bog’im gulzorin qo’chgin.

(Bolalar o’rnilaridan turib she’rni aytishadilar va unga mos harakatlarni bajaradilar)

Bolalar markazlardagi ishlarini bajarib bo’lgandan so’ng gilamchaga o’tadilar va “Sumalakni paydo bo’lishi” haqidagi sahna ko’rinishini tomosha qiladilar.

Sahna ko’rinishi

Boshlovchi:Aytishlaricha qadim zamonlarda bir kambag’al ayol bo’lgan ekan. Uning Hasan va Husan degan o’g’illari bo’lib, ular hali juda yosh ekan. Ayolning topgan-tutgani qishligiga zo’rg’a yetib bir amallab ko’klamga chiqib olibdi. Uylarida yegulik hech vaqolari qolmabdi.

Hasan; oyijon ornimiz och qolib ketdi.


Husan: oyijon ovqat yigim kelayabd.
Ona: Bolalarim bir ozgina o’ynab turing men hozir sizlarga ovqat pishirib beraman.
Boshlochi: Ona qozonga suv solib, tagiga o’t qalabdi. So’ngra dalaga chiqib, o’tgan yilgi bug’doy tomiridan, endigina nish ura boshlagan har xil o’t –o’lanlardan terib kelib, yaxshilab yuvibdida qozonga solibdi. Un xaltasidan bir hovuch unni olib , unu ham qozonga tashlab, qaynataveribdi. Qaynayotganda ovozi chiqib tursin deb besh-oltita toshchalarni ham tashlabdi.

Hasan: Oyijonimiz bizga ovqat pishirayabdilar.


Husan: Hozir mazza qilib yeymiz.

Boshlovchi: Ona qozonni kovlashdan tuxtamay , go’daklari och-nahor uxlab qolganliklariga ichi achishib ko’z yoshini to’kibdi.


Ona: Ey, Xudo, shu pishirayotgan ovqatimga o’zing nazar tashla, ikki norasidaning rizqini o’zing yerkaz, shirinligini ato qolgin. Biz g’ariblardan marhamatingni darig’ tutma. Deb iltijo qilib uxlab qolibdi.
Ertalab bolalar uyg’onib och qolganligidan qozondagi ovqatni ta’tib ko’ribdilar.

Hasan: Voy, qanday shirin ovqat bo’libdi.

Husan: Oyi,oyijon turing ovqatingiz juda mazali bo’libdi. Buni nomi nima? (Yalaydi)

Ona: Bolalarim, bu malaklarning karomati bilan pishdi. Uning oti sermalak, - debdi.

Boshlovchi: Bu so’z keyinchalik “sumalak” bo’lib o’zgari ketgan ekan.

Tarbiyachi: Mana bolajonlar sahna ko’rinishini ham ko’rdingiz. Qani aytinglarchi sumalak haqida nimalarni bilib oldingiz.



1-bola Sumalak bibi Fotimaning oshlari.
2- bola Sumalak ko’pchilik bo’lib tayyorlanadi.
3-bola Sumalak tagiga olmaslik uchun qozonga niyat qilib tosh solinadi.

Yakuniy qism.

Tarbiyachi: aziz bolajonlar shu bilan bugungi mashg’ulotimizni yakunlaymiz. Hammalaringizga ishtirokingiz uchun kata raxmat. Sizlarga bugun men rag’bat kartochkalarini olib kelganman, shuni sizlarga taqdim etaman.
Download 24.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling