Mavzu: Atom tuzilishi nazariyasi va kvant mexanikasi
Download 34.22 Kb.
|
Mavzu Atom tuzilishi nazariyasi va kvant mexanikasi-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchisi
- Ikkinchi printsip
- Bir xil atomlar yadrolarining boshqa xil atom
makroolamni tashkil qiladi. Mikroolam ob‘ektlari esa, ko’z bilan ham,
mikroskop yordami bilan ham ko’rinmaydi. Ular jumlasiga molekula, atom, elektron, proton, neytronlar kabi elementar zarrachalar kiradi. Mikroob‘ektlarni eng muhim xususiyatlari shundaki, ular ham zarracha, ham to’lkin xossalarini namoyon qiladi. Masalan, yoruglik kvantlari – fotonlarda zarracha (korpuskulyar) xossalar borligini Stoletov kashf etgan fotoeffekt hodisasi va Komptonning yoruglikning yoyilishi effekti nomli tajribalari asosida isbot qilingan, lekin interferentsiya va difraktsiya hodisalari yorug’likning to’lqin tabiatga ega ekanligini ko’rsatdi. Makroolam ob‘ektlarining hossalari klassik mexanika qonunlari asosida ham izoxlanadi, chunki ular aniq o’lchamli radius, aniq o’lchamli tezlik va boshqa xossalarga ega bo’lib, fazoda aniq o’rinni egallaydi. Mikroolam ob‘ektlarining jismlari, masalan, elektron harakat tezligi, radiuslarining katta – kichikligi va holatlarining koordinatlari ma‘lum darajada ehtimollik bilangina tavsiflanishi mumkin. to’lqin mexanika asosida ikki printsip yotadi. Birinchisi – «mikroolam zarrachagina emas ular to’lqin hamdir», bu printsip de Broyl formulasi λ =
h bilan ifodlanadi (bu yerda: m – zarracha massasi; v – uning tezligi; h – plank doimiyligi; h – 6,624 . 10 –34 j · sek; λ – zarrachaga mos keluvchi to’lqin uzunligi). To’lqinsimon harakat makrosistema jismlari uchun ham taaluqli, lekin ular harakatining to’lqin uzunligi juda katta va chastotasi kichik bo’lishi tufayli bunday harakatni inobatga olmasa ham bo’ladi. Mikroolam zarrachalarining to’lqin o’lchamlari makroolam zarrachalarinikiga teskari bo’lib, ularni xisobga olmasa bo’lmaydi. Chastota katta bo’lishi ularning energiyasi ham katta bo’lishiga olib keladi. De Broyl formulasi, olib borilgan tadqiqotlar natijasida isbot etildi. Professor P.S.Tartakovskiy elektronlarning difraktsiyaga uchrashi misolida de Broyl formulasining to’g’ri ekanligini tasdiqladi. Keyinchalik, neytron, proton, geliy atomi, vodorod molekulasi ham difraktsiya xodisasiga uchrashi kuzatildi. Hozirda mikroolam zarrachalarining to’lqin xususiyatlaridan elektronografiya, neytronografiya va boshqa sohalarda keng foydalanilmokda. Ikkinchi printsip – Geyzenbergning noaniqlik printsipi bo’lib, bu printsipga muvofiq, elektronning impulsi yoki tezligi kanchalik aniqlik bilan topilsa uning koordinatlari (fazodagi o’rni ) shunchalik noaniqlik bilan o’lchanadi: Р Х . х ≥ 2 h ; Р У . у ≥ 2 h ; Р Z . Z ≥ 2 h Atom tarkibining musbat zaryadli qismini ingliz olimi E. Rezerford x – zarrachalarning tarqalishini o’rganish natijasida kashf etdi. Rezerford x – zarrachalar oqimi yupqa metall plastinkaga yo’naltirilsa, ularning ko’p qismi metall plastinka orqali o’tib, o’zining to’g’ri chiziqli harakatini o’zgartirmasligini aniqladi; x – zarrachalarning faqat bir qismigina harakatini dastlabki yo’nalishidan turli burchaklarga og’adi. Ba‘zi juda kamdan kam hollarda yo’nalishini bunday keskin o’zgartirishini shu bilan izohlash mumkinki ular atom ichida uning musbat zaryadli va x – zarrachaga qaraganda katta massali tarkibiy qismi bilan to’qnashadi. x – zarrachalar juda ko’p atomlar o’tishiga qaramay, ulardan faqat ozginasi o’zining to’g’ri chiziqli harakatidan og’adi. Bundan atom tarkibining musbat zaryadli qismi atom hajmiga nisbatan juda kichik bir hajmini ishg’ol qiladi degan xulosa chikadi. Rezerford 1911 yilda atom tuzilishining yadro nazariyasini taklif qildi. Bu nazariyaga muvofiq atom markazida musbat zaryadli yadro joylashgan bo’lib, uning atrofida eletronlar aylanib yuradi. Butun atom elektroneytraldir, chunki elektronlar zaryadining yigindisi yadroning musbat zaryadlari soniga teng. Elektronlar massasi juda kichik, demak hakikatda atomning barcha massasi uning yadrosida to’plangan. Musbat yadro bilan elektronlar orasida tortilish kuchi elektronlarning markazdan qochish kuchi bilan muvozanatda bo’ladi: 2 2 r r mv bu yerda m-elektron massasi; v-elektron tezligi; e-zaryadi; r – yadro bilan elektron orasidagi masofa. 1919 yilda Rezerford atom yadrosi sun‘iy yo’l bilan parchalashda radioaktiv nurlanishda chikadigan x-zarrachalarning juda katta kinetik energiyasidan birinchi bo’lib foydalandi. U x-zarrachalar bilan azot atomlarini bombardimon qildi, natijada atom yadrosi o’zgardi. Bir xil atomlar yadrolarining boshqa xil atom |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling