Mavzu: Atom tuzilishi nazariyasi va kvant mexanikasi


Download 34.22 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi34.22 Kb.
#1829475
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Atom tuzilishi nazariyasi va kvant mexanikasi-www.fayllar.org

proton – neytron nazariyasini taklif qildilar. Bu nazariyaga muvofiq atom yadrosi



proton va neytronlardan tuzilgan. Umumiy nom bilan nuklonlar deb ataladigan


bu ikki xil zarrachalar deyarli bir xil massaga ega bo’lib, u taxminan bir uglerod
birligiga teng. Massalar soni nuklonlarning umumiy sonini, ya‘ni ayni element
atom yadrosidagi proton va neytronlar sonini bildiradi. Masalan, natriy atom
yadrosining massalar soni 23; u 11 ta proton va 12 ta neytrondan iborat.
Proton kattaligi jihatidan elektron zaryadiga teng bo’lgan musbat 
zaryadga ega. Neytronlar zaryadsiz bo’lgani uchun atom yadrosining musbat 
zaryadi undagi protonlar soniga qarab aniqlanadi. 
Masalan, natriy atom yadrosining musbat zaryadi 11 ga teng, demak unda 11
ta prton bor. Elementning tartib raqami atomning yadro zaryadiga teng. Demak
neytronlar soni N massalar soni A bilan tartib raqam Z orasidagi ayirmaga teng:
N = A – Z
Masalan, Mg atom yadrosining massasi soni 24, tartib raqami 12, demak
unda
N = A – Z = 24 – 12 = 12 ta neytron bor.
Yengil elementlarda massalar soni elementning tartib raqamidan taxminan
ikki baravar katta, ya‘ni neytronlar soni protonlar soniga deyarli teng. Tartib
raqamining ortib borishi bilan neytronlar soni bilan protonlar soni orasidagi farq
ham ortib boradi.
Bir xil zaryadli, lekin massalari turlicha bo’lgan atom yadrolarining (ya‘ni
izotoplarning) protonlar soni teng bo’ladi. Ular bir – biridan neytronlar soni
jihatidan farqlanadi. Masalan, massa soni 35 ga (
17
Cl
35
) teng bo’lgan xlor
izotopining yadrosida 18 ta neytron massalar soni 37 ga (
17
Cl
37
) teng bo’lgan
izotopi yadrosida esa 20 ta neytron bor.







Download 34.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling