Mavzu: Atrof-muhitni global ekologik muammolari Ma’ruza rejasi


Iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulyatsiyasining о‘ziga xos reji­mini vujudga keltiradigan, ma’lum joy uchun eng qо‘p takrorlanadigan ob - havo xususiyatlari tushuniladi


Download 31.25 Kb.
bet4/10
Sana30.01.2024
Hajmi31.25 Kb.
#1809055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
6- мавзу.экологик муаммо

Iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulyatsiyasining о‘ziga xos reji­mini vujudga keltiradigan, ma’lum joy uchun eng qо‘p takrorlanadigan ob - havo xususiyatlari tushuniladi.

  • Iqlim deganda harorat, namlik va atmosfera sirkulyatsiyasining о‘ziga xos reji­mini vujudga keltiradigan, ma’lum joy uchun eng qо‘p takrorlanadigan ob - havo xususiyatlari tushuniladi.
  • Iqlim va uning о‘zgarib turishi о‘simliklar va hayvonot olamining rivojlanishi va insonning inson sifatida shakllanishini ta’min­laydi.
  • Olimlarning taxmin qilishicha, bundan 65 mln. yil ilgari Yerga ul­kan asteroid kelib urilgan, natijada atmosferaga juda kо‘p chang chiqarilgan va oqibatda dunyo uch yil zimistonga aylangan. Quyosh nurla­ri­ning kam tushishi natijasida harorat pasaygan, kо‘p о‘simliklar о‘sishdan tо‘xtagan, oziq zanjirlari buzilgan va kо‘p turlar shu jumladan dinozavrlar ham qirilib ketgan. Bu dinozavrlarning qirilib ketish sa­babini tushuntiruvchi yetakchi nazariyalardan biridir,

Issiqxona samarasi.

Yerdagi hayotning bosh manbai quyosh radiatsiyasidir. Quyosh radiatsiyasining bir qismi (taxminan 30%) yer yuzasi va atmosfera, asosan bulutlar orqali darhol kosmosga qaytariladi. 55% ga yaqini atmosfera orqali Yerga tushadi va havo shaffof bо‘lganligi tufayli quyoshdan keladigan qisqa tо‘lqinli radiatsiya atmosferaning bevosita kuchli isi­shiga sabab bо‘lolmaydi. Ammo u Yer yuzasini isitadi va isigan Yer yuzasi uzun tо‘lqinli radiatsiyani tarqatadi. atmosferani tashkil qiluvchi ayrim gazlar yoki «issiqxona gazlari» ushbu radiatsiyani yutish qobiliyatiga ega va shuning hisobiga atmosfera isiydi. Insonlar hayoti о‘simlik va hayvonlar hayoti singari sayyoramizni о‘rab turadigan atmosfera deb ataladigan havo okeani ostida rivojla­nadi. Inson faoliyati natijasida hozirgi vaqtda amalga oshgan asosiy о‘zgarishlar - bu Yer atmosferasidagi о‘zgarishlardir. Dinozavrlarni yо‘q qilgan asteroidlarga qaraganda ham bugungi atmosferani о‘zgartirishga olib keladigan hatti-harakatlarimiz teranroqdir. Bu shundan iboratki, biz atmosfera gazlari muvozanatini о‘zgartirdik va о‘zgartirishda davom etyapmiz.


Download 31.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling