- Havo xaroratining о‘sib yoki pasayib borishi.
- Muzliklar miqdorining hamda tog‘larda fasilli qor yog‘ishining kamayishi.
- CHо‘llashish va ularning xududini kengayishi.
- Okean sathining kо‘tarilishi.
- Inson salomatligiga salbiy ta’siri, har xil infeksion va boshqa kasalliklar sonining ortib borishi.
- Qishloq xо‘jaligi yerlari buzilishi.
- О‘simlik va hayvon turlarining yо‘qolib borishi
О‘simlik va hayvon turlarining yо‘qolishi
Иқлим ўзгариши ва қишлоқ хўжалиги
Harorat, namlik va quyosh nuri bilan ta’minlanganlik о‘zgarsa qishloq xо‘jaligi sohalarini о‘zgartirishi turgan gap. Iqlim modellariga kо‘ra о‘rtacha globalharoratning ortishi dengiz sathining kо‘tarilishiga (ya’ni qishloq xо‘jaligi yerlarini suv bosishi va qirg‘oq bо‘yi sizot
suvlariningshо‘rlanishi), bо‘ronlar va jazirama kabi ekstremal tabiiy hodisalar qaytarilishining ortishiga hamda iqlim mintaqalarining qutblarga qarab kо‘chishi va quruqlik yuzasi katta qismida tuproq namligining kamayishiga olib keladi. Yog‘inlar rejimining hududiy sharoitlari о‘zgarishi mumkin, ya’ni yog‘inlar miqdori qо‘payadi, lekin ular tezroq bug‘lanadi va о‘simliklarning о‘sish davrida tuproq qurib qoladi. Ilgari qurg‘oqchilik bо‘lmagan rayonlarda qurg‘oqchiliklar paydo bо‘lib toza, musaffo suv zahiralarini kamaytirishi mumkin. Chegaralovchi omili harorat bо‘lgan ekinlar rivojlanishi uchun kо‘prok vaqt talab qilinadi. Masalan, Kanada preriyalarida о‘rtacha yillik haroratning Selsiy bо‘yicha har bir daraja ortishi о‘sish davrini 10 kunga uzaytirishi mumkin.
Yozgi qurg‘oqchilikning ortishi natijasida mо‘tadil kengliklarda о‘simliklarning hosili 10 - 30 % gacha kamayishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |