Jahon an’analarini hisobga olgan holda buxgalter kasbining rivojlanishida kasbiy bilish tarkibiga kiruvchi bir nechta kompleklarni belgilash mumkin. - Bu kompleks kasbning jamiyatdagi o’rni va vazifalari, uning ijtimoiy institutlar bilan aloqasini aks ettiradi. Bu kompleks professionallarning o’zini-o’zi sezishi, o’zini-o’zi anglashi uchun mos keladigan vazifalari va faoliyat yo’llarini belgilab beradi.
- Kasbiy topshiriqlarni echishda to’plangan tajriba. Masalan, ishni amalga oshirishning o’ziga xosliklari, usullari, belgilangan algoritm va pretsedentlar shaklidagi asboblar, qaysiki ularni tekshirish maqsadga muvofiq yoki muvofiq emas.
- Professional faoliyatning odatdagi va konfliktli holatlaridagi professional uyushmalardagi istalgan va yoqmaydigan muomala variantlari kompleksini aks ettiradi. Professional bilishda taqdim etilgan bu kompleks bir-birining o’rnini bosuvchi mutaxassislar avlodi bo’lib, ularning muomala kasbiy-axloqiy variantlari tanlov asosida tuziladi, shuning uchun mutaxassis kasbiy axloqning asosi bo’lgan kasbiy-axloqiy tajribani tabiiy umumlashtirilgan holida ko’rib chiqiladi. Bu kompleksning asosiy elementi – kasbiy-axloqiy qadriyatlar va ular mujassamlashgan muomala namunalaridir.
- Professional buxgalterlar (auditorlar) o’z faoliyatlarini amalga oshirishda etikaga oid axloqiy qonun-qoidalarga og’ishmay amal qiladilar va professional xarakterdagi har qanday qarorni qabul qilishda ulardan asos sifatida foydalanadilar.
- Etikaga oid qonun-qoidalarga amal qilinishi buxgalterlarning yuqori axloqiy fazilatlari va professional mas’uliyati bo’lib, buxgalterlik kasbini ob’ektiv qo’llab-quvvatlash zarurligi va bu kasbga bo’lgan ishonchning mustahkamlanishini kafolatlaydi.
- Professional buxgalter va auditorlar etikasiga oid Kodekslarda quyidagi mustahkam axloqiy qonun-qoidalar belgilab qo’yilgan: halollik, xolislik, professional chuqur bilimga egalik va kerakli sinchkovlik, maxfiylik, professional axloq.
- Bu qoidalarning mohiyatini ko’rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |