Mavzu: auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy


-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari


Download 480.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana23.10.2023
Hajmi480.43 Kb.
#1716616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- MAVZU AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY

23-modda. Talabgorning hujjatlarini ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari
Vakolatli davlat organi sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun
ariza kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida talabgorga malaka imtihonini topshirishga 
ruxsat berish haqida yoki ruxsat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Talabgorning malaka imtihonini topshirmagan holda sertifikat olish yoki uning amal 
qilish muddatini uzaytirish uchun arizasini ko‘rib chiqish ushbu moddaning 
birinchi qismida 
ko‘rsatilgan muddatda amalga oshiriladi. Talabgorlarga malaka imtihonini topshirmagan holda 
sertifikat berishni yoki sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirishni rad etish mazkur 
Qonunning
24-moddasida 
nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib 
chiqish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im to‘lanadi.
Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter
sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati 
vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi va uning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
Malaka imtihoni topshirishiga ruxsat berilgan talabgorlar malaka imtihoni o‘tkaziladigan 
sana, vaqt va joy haqida imtihon o‘tkaziladigan kundan kamida o‘n ish kuni oldin yozma yoki 
elektron shaklda xabardor qilinadi.
Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega 
bo‘lgan talabgorlarga vakolatli davlat organining taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishi 
natijalari to‘g‘risida xabarnomalar yuboriladi.
Sertifikatning amal qilish muddati uzaytirilganda ariza taqdim etilgan sanadan to 
sertifikatning amal qilish muddati tugaydigan sanagacha bo‘lgan vaqt davri auditor sifatidagi 
uzluksiz ish stajiga qo‘shiladi.
Auditor sifatidagi uzluksiz ish stajini aniqlash chog‘ida auditor lavozimiga tayinlashlar 
oralig‘idagi bir oydan ko‘p bo‘lmagan vaqt davri uzilish deb qaralmaydi.
Agar talabgor malaka imtihonini topshirishga ikki marta kelmagan bo‘lsa, taqdim etilgan 
hujjatlar qaytariladi. Bunda sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 
arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

Download 480.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling