Mavzu: auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy


-modda. Vakolatli davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash


Download 480.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/11
Sana23.10.2023
Hajmi480.43 Kb.
#1716616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- MAVZU AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY

13-modda. Vakolatli davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash 
Vakolatli davlat organi o‘z faoliyatini ochiq va shaffof, boshqa davlat organlari, tashkilotlar hamda 
fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytiga quyidagilar joylashtiriladi: auditorlik 
faoliyatining standartlari;
Auditorlik tashkilotlarining reyestri hamda xalqaro auditorlik tashkilotining yoki xalqaro 
assotsiatsiyalarning a’zolari bo‘lgan auditorlik tashkilotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; malaka 
imtihonini topshirishiga ruxsat berilgan, shuningdek xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida 
o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo‘lgan talabgorlar ro‘yxati; auditorning sertifikatning 
amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ushbu Qonun 44-moddasining 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan Auditorlar reyestridan ma’lumotlar; malaka imtihonini topshirish, auditorning malaka 
sertifikatini qayta rasmiylashtirish hamda uning dublikatini berish uchun taqdim etiladigan 
hujjatlarning ro‘yxati va arizalarning namunalari; auditorning malaka sertifikati blankasining 
shakli; auditorlar malakasini oshirishning namunaviy dasturi;
auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi nazoratdan o‘tkazish tartibi;
majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazgan auditorlik tashkilotlarining ishi sifatini tashqi 
nazoratdan o‘tkazish natijalari;
auditorlik xizmatlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi axborot.
Vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida qonunchilikka muvofiq boshqa axborot 
joylashtirilishi mumkin.
14-modda. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining auditorlik faoliyati 
sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z vakolatlari doirasida:
banklarni va boshqa kredit tashkilotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning o‘ziga 
xos xususiyatlarini belgilaydi; banklarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish huquqi uchun 
auditorning malaka


sertifikatini berish tartibini belgilaydi va uni beradi; banklarning auditorlik tekshiruvlarini 
o‘tkazish huquqi uchun auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lgan Auditorlarning 
reyestrini yuritadi va uni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.

Download 480.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling