Mavzu: auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy


-modda. Auditor. Auditorning yordamchisi


Download 480.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana23.10.2023
Hajmi480.43 Kb.
#1716616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- MAVZU AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY

17-modda. Auditor. Auditorning yordamchisi
Auditor o‘zi bilan auditorlik tashkiloti o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki 
fuqarolik-huquqiy xususiyatga ega shartnoma asosida bir vaqtning o‘zida faqat bitta auditorlik 
tashkiloti tarkibida ishlashi mumkin.
Auditor o‘zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) 
bo‘lishi mumkin.
Auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganligi munosabati bilan Auditorlik 
tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor auditorlik 
tashkiloti Auditorlik tashkilotlarining reyestridan chiqarilgan sanadan e’tiboran uch yil ichida 
boshqa auditorlik tashkilotining rahbari bo‘lishi mumkin emas.
Auditorning malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan, auditorlik tashkilotida ishlovchi hamda 
auditorning topshirig‘iga ko‘ra auditorlik xulosasiga va auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan 
bog‘liq boshqa hujjatga imzo qo‘yish huquqisiz auditorlik tekshiruvida ishtirok etadigan jismoniy 
shaxs auditorning yordamchisidir.
Auditorning yordamchisiga nisbatan uning auditorlik tekshiruvida ishtirok etishi chog‘ida 
o‘zi olgan ma’lumotlarni oshkor etmaslik majburiyati tatbiq etiladi.
18-modda. Auditorlarning malakasini oshirish
Auditorlarning malakasini oshirish buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi xalqaro 
tashkilotda akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Auditor auditorning malaka sertifikatini olgan yildan keyingi yildan e’tiboran har yili 
auditorlarning malaka oshirish kurslaridan o‘tadi.
Auditorlarning malakasini oshirish kurslari vakolatli davlat organi tomonidan 
auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan birgalikda tasdiqlanadigan namunaviy dastur 
bo‘yicha o‘tkaziladi.


19-modda. Auditorning malaka sertifikati
Auditorning malaka sertifikati (bundan buyon matnda sertifikat deb yuritiladi) 
auditorning malakasini tasdiqlaydigan va unga auditorlik tashkiloti tarkibida auditorlik 
xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beradigan hujjatdir.
Sertifikat basharti talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirsa, vakolatli davlat 
organi tomonidan beriladigan, qat’iy hisobotga oid hujjatdir.
Sertifikat dastlabki besh yillik muddatga beriladi, uning amal qilishi navbatdagi o‘n yillik 
muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytiriladi.
Talabgorda xalqaro buxgalter sertifikati mavjud bo‘lgan hamda u ushbu
Qonunning 
21 
va 
22-moddalarida 
nazarda tutilgan talablarga rioya etgan taqdirda, sertifikat unga 
malaka imtihonini topshirmagan holda dastlabki besh yillik muddatga beriladi va belgilangan 
davriylik bilan uzaytiriladi.

Download 480.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling