24-modda. Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berish rad etilgan taqdirda, vakolatli davlat organi
qabul qilingan qaror to‘g‘risida talabgorni rad etish asoslarini ko‘rsatgan holda uch ish kuni ichida
yozma yoki elektron shaklda xabardor qiladi.
Malaka imtihonini topshirishga ruxsat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
talabgorning ushbu Qonun
21-moddasida
belgilangan
malaka talablariga muvofiq
emasligi; ushbu
Qonunning
22-moddasida
nazarda tutilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim
etilmaganligi.
Malaka imtihonini topshirishiga ruxsat berish rad etilgan talabgor
kamchiliklar bartaraf
etilganidan keyin ariza bilan takroran murojaat qilishga haqli. Kamchiliklar o‘n
besh ish kuni
ichida bartaraf etilganda arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im undirilmaydi.