Mavzu: auditorlik kasbiga malakaviy va axloqiy


Download 480.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana23.10.2023
Hajmi480.43 Kb.
#1716616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
18- MAVZU AUDITORLIK KASBIGA MALAKAVIY VA AXLOQIY

20-modda. Malaka imtihoni
Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun talabgorlarning 
bilimlarini malaka komissiyasi tomonidan tekshirish tartib-taomili malaka imtihonidir.
Malaka imtihonini o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi.
Auditorda kamida o‘n yillik uzluksiz auditorlik ish staji mavjud bo‘lgan va u ushbu 
Qonun 22-moddasining 
ikkinchi qismida 
belgilangan hujjatlarni taqdim etgan taqdirda, 
sertifikatning amal qilish muddati malaka imtihoni topshirilmagan holda uzaytiriladi.
Malaka imtihonidan o‘ta olmagan talabgor, malaka imtihonini qayta topshirish uchun 
malaka imtihonida ishtirok etgan sanadan e’tiboran kamida bir oydan so‘ng hujjatlarni taqdim 
etishga haqli.
21-modda. Sertifikat olish uchun talabgorga qo‘yiladigan malaka talablari 
Sertifikat 
olish uchun talabgor oliy ma’lumotga hamda oliy ta’lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi 
o‘n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida yoki oliy ta’lim tashkilotida 
“Buxgalteriya hisobi” yoxud “Audit” fanidan dars berish sohasida ish stajiga (shu jumladan 
o‘rindoshlik asosida) ega bo‘lishi kerak.
“Buxgalteriya hisobi” va “audit” ixtisosliklari bo‘yicha magistr diplomiga ega bo‘lgan 
talabgor uchun auditorlik tashkilotida kamida bir yillik ish staji (shu jumladan o‘rindoshlik 
asosida) talab qilinadi.
Talabgorning iqtisodiy ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajasi mavjud bo‘lgan taqdirda, 
buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi ish staji talab etilmaydi.
22-modda. Sertifikat olish yoki uning amal qilish muddatini uzaytirish uchun 
zarur bo‘lgan hujjatlar
Talabgor dastlabki besh yillik muddatga sertifikat olish uchun vakolatli davlat organiga 
quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: pasportining ko‘chirma nusxasini;
oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomning yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatning yoxud 
chet davlatda olingan oliy ma’lumot yoki ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjatni tan olish haqidagi 
tegishli vakolatli davlat organi guvohnomasining ko‘chirma nusxasini; belgilangan davriylik bilan 
malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda, xalqaro buxgalter sertifikatining 
ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda); mehnat daftarchasining ko‘chirma nusxasini 
(o‘rindoshlik asosida ish staji mavjud bo‘lgan taqdirda bu haqda mehnat daftarchasiga yozuv 
kiritilgan holda, shuningdek xorijdagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatni) yoki “Yagona milliy mehnat 
tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan ko‘chirmani; arizani ko‘rib chiqish uchun 
yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.
Auditor sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish uchun uning dastlabki besh yillik 
muddati yoki navbatdagi o‘n yillik muddati tugashidan uch oy oldin, biroq sertifikatning amal 
qilish muddati tugashidan ko‘pi bilan olti oy oldin vakolatli davlat organiga quyidagi hujjatlarni 
ilova qilgan holda ariza taqdim etadi: sertifikatning asl nusxasini;
belgilangan davriylik bilan malaka oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan 
holda, xalqaro buxgalter sertifikatining ko‘chirma nusxasini (mavjud bo‘lgan taqdirda); mehnat 


daftarchasining ko‘chirma nusxasini yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-
apparat kompleksidan ko‘chirmani; arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘langanligi to‘g‘risidagi 
to‘lov hujjatining ko‘chirma nusxasini.
Ushbu moddaning 
birinchi
va 
ikkinchi qismlarida 
belgilangan hujjatlar yozma yoki 
elektron shaklda taqdim etiladi.
Ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l 
qo‘yilmaydi.

Download 480.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling