Mavzu: Avtomobil elektr jihozlariga servis
O'zgaruvchan tok generatorlari
Download 3.14 Mb.
|
Mavzu Avtomobil elektr jihozlariga servis
O'zgaruvchan tok generatorlari.
Avtomobillarga o'zgaruvchan tok generatorlari o'rnatilmoqda. Bunga sabab, ular konstruksiyasining o'zgarmas tok generatorlariga qaraganda bir qator afzalliklarga ega bo'lganligidir, ya'ni bir xil quvvatda og'irligi kichik, ishlash muddati yuqori, mis kam ishlatilishi (2 - 2,5 marta) hamda dvigateldan generatorga uzatish sonini oshirish imkoniyati borligidir. Uzatish soni yuqori bo'lganda dvigatelni salt ishlash chastotasida generator o'z quvvatining 25 - 50 foizigacha tok beradi. Bu esa avtomobillarda akkumulator batareyalarining zaryadlanish sharoitini yaxshilaydi hamda ularning ishlash muddatini uzaytiradi. 50-chizmada G-250 o'zgaruvchan tok generatorining luzilishi ko’rsatilgan.. Generator uch fazali cho'lg'ami bor statorga ega bo'lib, bu cho'lg'am alohida g'altak ko'rinishida tayyorlangan hamda stator tishlariga o'tkazilgan. Har bir faza oltitadan cho'lg'amga ega bo'lib, ketma-kct ulangan. Statorning fazaviy cho'lg'amlari o'zaro "yulduzcha" shaklida ulangan (quvvati yuqori bo'lgan generatorlarda "uchburchak" shaklida ulanishi mumkin), ikkinchi "chiqish" uchlari esa to'g'rilagich blokiga ulangan. Stator korpusi alohida-alohida bo'lgan elektrotexnikaviy po'lat plastinalardan yig'ilgan. Generatorning uyg'otish cho'lg'ami g'altak ko'rinishida tayyorlangan va rotorning tumshuqsimon qutblarining po'lat vtulkasiga joylashtirilgan. Vtulka, rotorning tumshuqsimon qutblari va kontakt halqalar rotor valiga qo'zg'almas qilib mahkam o'rnatilgan (presslab o'tqazilgan). Uyg'otish cholg'ami yuzaga keltirgan magnit maydoni, tumshuqsimon qutblarning tores qismidan o'tib, rotorda janubiy va shimoliy qutblarni hosil qiladi. (51-chizma) Rotor aylanganda undagi qutblarning magnit maydoni stator cho'lg'aminmg g'altaklari o'ramlarini kesib o'tadi va har bir fazada o'zgaruvchan EYKni (qo'zg'atadi) induksiyalaydi. Uyg'otish cho'lg'amiga tok cho'tkalar va kontakt halqalar orqali yuboriladi. Ularga uyg'otish cho'lg'amining uchlari kavsharlab qo'yilgan. Cho'tkalar cho'tkatutgichga mahkamlangan. Generator statori generatorni dvigatelga o'rnatuvchi kronshteynlari bo'lgan qopqoqpar orasiga tortuvchi boltlar yordamida mahkamlangan. Qopqoqning yuritma tomonidagi yuqori qismida rezbali teshik bo'lib, unga tortuvchi planka o'rnatiladi. Bu planka yordamida generator yuritmasi tasmasining tarangligi rostlanadi. Qopqoqlar aluminiy qotishmasidan quyib tayyorlangan. Yeyilishni kamaytirish maqsadida orqa qopqoqdagi zoldirli podshipnik o'tkaziladigan joyga hamda qopqoq kronshteynlaridagi teshiklarga po'lat vtuikalar o'rnatilgan. Qopqoqlarga zoldirli podshipniklar o'rnatilgan bolib, bu podshipniklar ichiga butun xizmat muddatiga yetadigan moy joylashtirilgan va ikki tomonidan moy chiqmasligi uchun zichlangan. Rotor valining chiqib turgan uchiga tashqi parrakli disk va shkiv mahkamlanadi. Qopqoqlarda shamollatish darchalari bo'lib, ular orqali sovituvchi havo o'tib turadi. Sovituvchi havo kontakt halqalar tomonidagi qopqoqdan shamolparrak tomonga yo'naladi.Qopqoqning kontakt halqalar tomoniga korpusning ishchi harorati l50°C gacha bo'lgan kremniyli ventillardan (diodlardan) yig'ilgan to'g'rilagich bloki o'rnatiladi. VBG-1 to'g'rilagich bloki, ikki yarim davrli uch fazali to'g'rilagich chizmasi bo'yicha ulangan uchta monoblokdan iborat. Har ikki ventil monoblokka joylashtirilgan bo'lib, bu monoblok bir paytning o'zida radiator hamda o'rta chizma nuqtasining tok o'tkazuvchi qisqichi vazifasini bajaradi. Monoblok-radialor korpusida ikkila uya bo'lib, u yerga to'g'rilagich ventillarining r-p o'tishi joylashtirilgan. Bir uyada r-p o'tish korpusda r zonaga ega bo'lsa, ikkinchi uyada p zonaga ega. O'tishning qarama-qarshi zonalari egiluvchan "chiqish"larga ega bo'lib, ular monoblokni birlashtiruvchi shinalar bilan tutashtiradi. To'g'rilagich blokining manfiy shinasi generator korpusiga ulanadi. Mavzu: Avtomobil starterlariga servis xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash Oddiy avtomobil ishqibozi har bir mashinasining qurilmasini sinchkovlik bilan o'rganishga hojat yo'q, ayniqsa ko'pchilik yiliga bir nechta mashinani almashtirishga muvaffaq bo'ladi. O'zini hurmat qiladigan haydovchi, albatta, sevimli mashinasida sodir bo'layotgan barcha voqealardan xabardor bo'lishga harakat qiladi. Qattiq bilim buzilishlarni tezda tushunishga yordam beradi va agar biz uni o'zimiz tuzata olmasak ham, ta'mirlash ustaxonasi ishchilari bilan suhbatda biz ahmoq ko'rinmaymiz va hech bo'lmaganda xizmat ko'rsatish stantsiyasida muammolarni bartaraf etishni nazorat qila olamiz. Ajam avtomobilchi o'zlashtirishi kerak bo'lgan birinchi narsa - bu qurilma. Birinchidan, har qanday avtomobilning harakati ushbu tugundan boshlanadi. Ikkinchidan, starter qanday ishlashini bilgan holda, haydovchi dvigatelni to'g'ri ishga tushirishi va yomon ishga tushirish sabablarini tezda aniqlashi mumkin. Download 3.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling