Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi


Traktor va avtomobillarni yetakchi ko‘priklari


Download 272 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi272 Kb.
#1487526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot №5

Traktor va avtomobillarni yetakchi ko‘priklari
Traktor va avtomobillarning yetakchi ko‘priklari uzatmalar qutisidan berilayotgan burovchi momentni yetakchi g‘ildirak yoki yetakchi yulduzchaga yetkazib berishdan iborat. Bundan tashqari, yetakchi ko‘prikda burovchi momentni traktorni bo‘ylama o‘qiga nisbatan 900 ga burib berish ham amalga oshiriladi. yetakchi ko‘prik o‘ziga xos vazifani bajaruvchi quyidagi mexanizmlardan iborat: markaziy uzatma; differentsial mexanizm (g‘ildirakli traktor va avtomobillarda); planetar mexanizm yoki burish muftalari (zanjirli traktorlar); tormozlar va oxirgi uzatmalar. Ushbu mexanizmlarning bir-biriga nisbatan joylashishi 7.6. va 7.7-rasm-larda keltirilgan.


G‘ildirakli traktor ketingi ko‘prigida
mexanizmlarning joylashishi.



5.6. rasm.
1-ketingi ko‘prik korpusi, 2-markaziy uzatmaning yetakchi shestrnyasi, 3-markaziy uzatmaning yetaklanuvchi shestepnyasi, 4-differentsial mexanizm, 5-oxirgi uzatmaning yetakchi shesternyasi, 6-oxirgi uzatmaning yetaklanuvchi shesternyasi, 7-yarim o‘qlar, 8,9- qo‘shimcha oxirgi uzatmaning yetakchi va yetaklanuvchi shesternyalar, 10 – yetakchi g‘ildirak, 11 – blokirovka mexanizmi, 12 – tormoz.

Markaziy uzatmaning vazifasi yetakchi g‘ildirak yoki yulduzchaga berilayotgan burovchi momentni ko‘paytirib, uni yo‘nalishini 900 ga burib yarim o‘qlarga o‘tkazib berishdan iborat.
Differentsial mexanizmning vazifasi traktor yoki avtomobilni chap va o‘ng yetakchi g‘ildiraklarni to‘g‘ri chiziqli xarakat paytida bir xil aylanishlar chastotasi bilan, egri chiziqli xarakat (burish) paytida esa xar xil aylanishlar chastotasi bilan aylanishini ta’minlashdir.
Planetar mexanizm yoki burish muftalarining vazifasi differentsial mexanizmining vazifasi singari yetakchi yulduzchalarni egri chiziqli xarakat (burish) paytida xar xil tezliklar bilan aylanishini ta’minlashdir.
Tormozlarni vazifasi traktor va avtomobillarni kichik radius bilan burilishini, qiyalikda xarakatsiz to‘xtab turishini va xarakat tezligini pasaytirib berishdan iborat.

Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling