Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi


Traktor va avtomobillarning uzatmalar qutisi


Download 272 Kb.
bet4/7
Sana15.06.2023
Hajmi272 Kb.
#1487526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot №5

Traktor va avtomobillarning uzatmalar qutisi
Traktor va avtomobillar yil davomida xilma–xil ishlarni bajaradi. Bu esa ularni xar xil tezliklarda xarakat qilishini, traktor ilmog‘idagi kuchni xar xil miqdorda bo‘lishini va xar bir ish turiga qarab tezlikni tanlash zaruratini keltirib chiqaradi. SHu sababli traktor va avtomobillarni xar xil tezligini ta’minlash uchun ularga uzatmalar qutisi o‘rnatilgan. Bundan tashqari uzatmalar qutisiga traktor va avtomobillarning xarakat yo‘nalishi o‘zgartirish, tinch turganda dvigatelni salt ishlab turishini ta’minlash kabi vazifalar ham yuklatilgan.
Uzatmalar qutisi quyidagi belgilarga qarab turlanadi. Uzatmalar sonini o‘zgartirish usuliga qarab pog‘onali va pog‘anasiz xillari bo‘ladi. Uzatmalar qutisiga joylashtirilgan o‘qlarning soniga qarab ikki o‘qli, uch o‘qli, tutash qutili hamda maxsus xillari mavjud.
Kuyidagi 7.3-rasmda eng soda xisoblangan ikki o‘qli, ikki pog‘onali uzatmalar qutisi kinematik shakli ko‘rsatilgan.


Ikki o‘qli uzatmalar qutisini kinematik shakli.

5.3. rasm.
1- birlamchi o‘q, 2 – birinchi uzatmaning shesternyasi, 3 – ikkinchi uzatmaning shesternyasi, 4 - ketingi uzatmaning shesternyasi, 5 – ikkilamchi o‘q, 6,7,8 - ikkilamchi o‘qning qo‘zg‘almas shesternyalari, 9 – konussimon shesternya, 10 – oraliq shesternya.

Bunda birlamchi o‘q 1 yetakchi, ikkilamchi o‘q 5 yetaklanuvchi xisoblanadi. Xarakat birlamchi o‘qqa shlitsali bog‘langan 2, 3, 4 shesternyalar orqali ikkilamchi o‘qqa beriladi va konussmion shesternya 9 orqali markaziy uzatmaga uzatiladi.


Markaziy uzatmaga berilayotgan aylanishlar chastotasi yoki burovchi moment birlamchi o‘qdagi shesternyalarni ikkilamchi o‘qdagi shesternyalar 6,7, 8 ga navbat bilan qo‘shish natijasida o‘zgartiriladi. Masalan: birinchi uzatma 2 – 5, ikkinchi uzatma 3 – 5 shesternyalarni qo‘shish orqali olinadi. Ketingi yurish 4 – 10 – 8 larni qo‘shilishi bilan amalga oshiriladi.



Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling