Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi


Oraliq va kardan uzatmalar


Download 272 Kb.
bet5/7
Sana15.06.2023
Hajmi272 Kb.
#1487526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot №5

Oraliq va kardan uzatmalar
Traktorlarda xarakatni yoki burovchi momentni tishlashish muftasidan uzatmalar qutisining birlamchi yoki burovchi momentni ko‘paytirgichni o‘qiga uzatish kerak bo‘ladi.
Bu ikkila o‘q traktorlar qismlarini deformatsiyasi yoki ularni tayyorlashdagi xatoliklar tufayli umumiy bir chiziqda yotmay qoladilar. SHuning uchun ular orasiga oraliq uzatmalar qo‘yiladi. CHunki, ular o‘qlarning umumiy chiziqda yotmasligini 2 …100 bo‘lgan og‘malarini badallaydi (kompensatsiya qiladi). Bunday sharoitda oraliq uzatmalar nafaqat o‘qlarni umumiy chiziqda yotmasligini badal-lab qolmasdan, balki rezinali, yumshoq, deformatsiyani singdiruvchi qismining borligi tufayli ham detallarni silkinish yuklanishlaridan va undan kelib chiqadigan sinishlardan saqlaydi.
Oraliq birikmalar elastik, qattiq va kombinatsiyalashgan xillariga bo‘linadi. Kardan uzatmalar asosan avtomobillarda qo‘llaniladi. Ularda xarakat, uzatmalar qutisining ikkilamchi o‘qidan yetakchi ko‘prikka uzatiladi.
Traktorlarning oraliq birikmasi:

5.4. rasm.
a-qo‘sh yumshoq oraliq birikma: 1,8-vilkalar: 2-rezina vtulka: 3-kallak: 4-bolt: 5-sim karkas: 6-po‘lat vtulka: 7-biriktirish vtulka: 6-yolg‘iz bikr oraliq birikma: 1-tishlashish vali: 2-uzatma qutisining birlamchi vali: v- kombinauiya-lashgan yolg‘iz oraliq birikmasi: 1-maxovik: 2-etakchi disk: 3-barmoq: 4-vtulka-amortizator: 5-tishli gardish: 6-val-shesternya.

Ular orasidagi masofa uzoq, ikala qismning o‘qlari bir umumiy chiziqda yotmaydi, boz ustiga ikkala o‘qlarni bir umumiy chiziqda yotmasligi avtomobilning xarakat paytida o‘zgarib turadi. SHuning uchun bunday sharoitda kardan uzatmalarni qo‘llash qulay hisoblanadi. CHunki ular xarakat beruvchi va qabul qiluvchi nuqtalarni bir–biriga nisbatan siljiganligi 300 gacha bo‘lgan holatni badallaydi.




Kardan uzatma sxemasi.

5.5. rasm.
1-uzatmalar qutisi: 2-kardan sharniri: 3-kardanli val: 4-orqa yetakchi ko‘prik:
5-ressora: 6-rama:

Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling