Mavzu: Avtotraktorlarning kuch uzatish mexanizmi


Avtotraktorlarning transmissiyasi


Download 272 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi272 Kb.
#1487526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy mashgulot №5

Avtotraktorlarning transmissiyasi
YUqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, transmissiya traktor va avtomobil-larning tinch xolatidan sekin astalik bilan, boshqa mexanizmlarga ortiqcha yuk tushirmasdan siljishini, har xil tezlikda xarakat qilishini, yo‘nalishni o‘zgartirishini ta’minlaydi. Bundan tashqari quvvat olish vali orqali traktorga tirkalgan qishloq xo‘jalik mashinasini burovchi moment bilan ta’minlaydi.
Xarakatga keltirish tamoyili bo‘yicha transmissiyalar quyidagicha xillanadi: ishqalanishga asoslangan (mexanik), suyuqlik yordamiga asoslangan va elektr energiyasiga asoslangan.
Transmissiyaning xillari qanday bo‘lmasin tirsakli valdan burovchi momentni yetakchi qismlarga kam yo‘qotishlar bilan yetkazib berishi kerak. Bundan tashqari, transmissiyalar pog‘onali, pog‘anasiz va kombi-natsiyalashgan turlarga bo‘linadi.
Pog‘anali transmissiya xar xil shesternya va mexanizmlarning maj-muidan iborat bo‘lib unda xarakatni o‘zgartirish tishlashib turgan shesternyalarning o‘rnini almashti-rish orqali amalga oshiriladi.


G‘ildirakli va zangjirli traktorlarda transmissiya mexanizmlarini joylashishi.





5.1. rasm.
a–ketingi g‘ildiragi yetakchi bo‘lgan trak-tor, b– barcha g‘ildiragi yetakchi bo‘lgan traktor, v – gusenitsali traktor.
1-tishlash muftasi, 2 – oraliq uzatma, 3– uzatmalar qutisi, 4 – markaziy uzatma, 5–burish mexanizmi, 6– oxirgi uzatma, 7–yarim o‘qlar, 8–tarqatish qutisi, 9– kardan uzatma, 10–burovchi momentni kuchaytirgich

Pog‘onasiz transmissiyada bu-rovchi moment shesternyalar orqali uzatilmagani uchun uning qiymati sekin astalik bilan uzuliksiz ko‘payish yoki kamayish imkoniyatiga ega.


Kombinatsiyalashgan transmissiya pog‘onali uzatma bilan pog‘onasiz uzatmani ayrim turini birgalikda qo‘llanishidan tarkib topgan.






Ilashish muftasi

Ilashish muftasi traktor va avtomobillarda asosiy mufta xisoblanadi. Barcha traktor va avtomobillar ilashish muftasi bilan jixozlangan. Ular uchun eng qulay joy dvigatel bilan uzatmalar qutisining orasi xisoblanadi.
Maxovik esa shu ilashish muftasining yetakchi diski xisob-lanadi. Ilashish muftasi asosiy vazifasi quyidagilar:
1. Traktor yoki avtomobilni qisqa vaqtga to‘xtatish vaqtida yoki uzatmalar qutisida uzatmani almashtirish uchun uzatmalar qutisini dvigateldan ajratish;
2. Uzatmalar qutisida belgilangan uzatma qo‘shilgandan so‘ng, uzatmalar qutisini birlamchi vali bilan dvigatelni sekinlik bilan qo‘shib traktor yoki avtomobilni astalik bilan siljishini ta’minlash.

Download 272 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling