Mavzu. Aylanuvchi magnit maydon. Asinxron mashinalar xaqida tushunchalar. Uch fazali zanjirlarda quvvatni o`lchash Aylanuvchan magnit maydoni Pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni


Uch fazali asinxron motorning ishlash prinsipi


Download 53.71 Kb.
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi53.71 Kb.
#1585582
1   2   3   4
Bog'liq
9-дарс

Uch fazali asinxron motorning ishlash prinsipi
3.27-rasmda ko'rsatilgan elektr mashina stator chulg'amlari uch fazali manbadan ta'minlanganida aylanuvchan magnit maydoni hosil bo'ladi. Rotor qisqa tutashtirilgan yoki 3 ta faza chulg'amlaridan tashkil topgan bo'ladi. Aylanuvchan magnit maydoni rotor chulg'amlarini kesib o'tganida ularda elektromagnit induksiya qonuniga ko'ra EYuK hosil bo'ladi. Bu EYuK lar ta'sirida rotor chulg'amlaridan toklar o'ta boshlaydi. Statorning aylanuvchan magnit maydoni va rotor toklari atrofidagi maydonlarning o'zaro ta'siri natijasida rotorni aylanuvchan magnit maydoni yo'nalishida aylantiruvchi moment yuzaga keladi. Rotorning aylanish tezligi (n2) statorning aylanuvchan magnit maydoni aylanish tezligi n1 dan biroz kichikroq bo'ladi. Chunki, agar bo'lganida, aylanuvchan maydon kuch chiziqlari rotor chulg'amlarini kesib o'tmagan va unda EYuK induksiyalanmagan bo'lar edi. Shuning uchun ham bunday motorlar asinxron motorlar deb ataladi.
Rotor tezligini aylanuvchan maydon tezligidan kichiklik darajasi sirpanish bilan tavsiflanadi:
.
Kam quvvatli asinxron motorlarda turg'un rejimda sirpanish 0,10,15 ni, katta quvvatli asinxron motorlarda esa u 0,020,05 ni tashkil etadi.
Asinxron motorlarning tuzilishi, ishlash prinsipi va o'ziga xos xususiyatlari "Elektromexanika" kursida batafsil bayon etiladi.
Bir fazali asinxron motorning ishlash prinsipi
Bir fazali asinxron motor statorida bitta chulg'am, rotorida esa qisqa tutashtirilgan chulg'am joylashtirilgan bo'ladi. Stator chulg'amiga sinusoidal tok berilganida uning atrofida pul satsiyalanuvchi magnit maydoni hosil bo'ladi. Bu maydonni ikkita aylanuvchi maydon ko'rinishida tasvirlab, uning ta'sirida yuzaga keladigan aylantiruvchi momentni ko'rinishida yozishimiz mumkin. M(n) bog'lanish 3.30-rasmda keltirilgan. Rotor qo'zg'almas bo'lgan holatda aylanuvchi maydonlar qiymat jihatdan o'zaro teng, lekin bir-biriga qarama-qarshi yo'nalgan aylantiruvchi momentlarni hosil qiladi. Shuning
3.30-rasm
uchun ham bu momentlar ta'sirida rotor harakatga kelmaydi. U harakatga kelishi uchun momentlardan birining qiymati kattaroq bo'lishi lozim.
Bir fazali elektr motorlarda ishga tushirish momentini hosil qilish uchun qo'shimcha ishga tushirish chulg'amidan foydalaniladi yoki stator zanjiriga faza siljituvchi element, masalan, kondensator ulanadi. Natijada ikkita fazali sistema hosil bo'lib, motorning ishchi havo oralig'ida elliptik trayektoriya bo'ylab aylanuvchan maydon hosil bo'ladi va uning ta'sirida rotor harakatga keladi. Motor ishga tushganidan keyin ishga tushirish chulg'ami zanjirdan ajratiladi.

Download 53.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling