Mavzu. Aylanuvchi magnit maydon. Asinxron mashinalar xaqida tushunchalar. Uch fazali zanjirlarda quvvatni o`lchash Aylanuvchan magnit maydoni Pulsatsiyalanuvchi magnit maydoni


Simmetrik tashkil etuvchilar usuli


Download 53.71 Kb.
bet4/4
Sana18.06.2023
Hajmi53.71 Kb.
#1585582
1   2   3   4
Bog'liq
9-дарс

Simmetrik tashkil etuvchilar usuli
Nosimmetrik uch fazali zanjirlarda tok yoki kuchlanishlarni simmetrik tashkil etuvchilar yig'indisi ko'rinishida ifodalash asosida hisoblash usuli simmetrik tashkil etuvchilar usuli deb ataladi. Ushbu usulning mohiyati quyidagicha:
1. Istalgan uch fazali nosimmetrik kuchlanishlar sistemasi nol, to'g'ri va teskari deb ataluvchi ketma-ketlikli tashkil etuvchilar ko'rinishida ifodalanadi.
2. Kuchlanishning har bir tashkil etuvchisidan zanjirda hosil bo'lgan toklar aniqlanadi.
3. Ustma-ustlash prinsipi asosida zanjirdagi toklar topiladi.
Uch fazali vektorlar sistemasining simmetrik tashkil etuvchilari
Nol, to'g'ri va teskari ketma-ketlikli tashkil etuvchilar va ularni nosimmetrik uch fazali vektorlar sistemasi orqali aniqlashni ko'rib chiqamiz. Uch fazali simmetrik sistemada EYuK, kuchlanish va tok fazalari orasidagi burchak 1200 ga teng bo'lganligi sababli matematik almashtirish amallarini soddalashtirish maqsadida, quyidagi kompleks ko'paytuvchi yoki uch fazali operatordan foydalanamiz:

ya'ni 1, va vektorlarning yig'indisi simmetrik sistemani hosil qiladi.
Uch fazali simmetrik EYuK lar sistemasini operator yordamida ifodalaymiz:

yoki
.
Vektorni ga ko'paytirish uni soat mili harakatiga teskari yo'nalishda 1200 ga yoki soat mili harakati yo'nalishida 2400 ga burish demakdir. Vektorni ga ko'paytirish uni soat mili harakatiga teskari yo'nalishda 2400 ga, mos yo'nalishda esa 1200 ga burish demakdir.
Endi operator orqali simmetrik tashkil etuvchilarning ifodalarini hosil qilamiz.
To'g'ri ketma-ketlikli tashkil etuvchilar modullari teng va o'zaro 1200 ga siljigan va vektorlardan iborat bo'lib, ketma-ketlik tartibi ko'rinishida bo'ladi (3.31-rasm, a). Bunda .

Teskari ketma-ketlikli tashkil etuvchilar modullari teng va o'zaro 1200 ga siljigan vektorlardan iborat bo'lib, ketma-ketlik tartibi ko'rinishida bo'ladi (3.32-rasm, b). Bunda .
Nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilar modullari teng va faza jihatdan mos bo'lgan 3 ta bir xil vektordan iborat (3.31-rasm, v). Bunda .
nosimmetrik vektorlar sistemasini uchta simmetrik tashkil etuvchilar yig'indisi ko'rinishida yozamiz:
(3.5)
Hosil bo'lgan tenglamalar sistemasi yordamida berilgan va simmetrik tashkil etuvchilar yordamida va vektorlarni aniqlash mumkin.
(3.5) tenglamalar sistemasini va larga nisbatan yechib, va vektorlar berilgan hol uchun tegishli simmetrik tashkil etuvchilarni topish mumkin bo'ladi. vektorni topish uchun (3.5) sistemadagi tenglamalarni o'zaro qo'shish kifoya, ya'ni:

ni hisobga olsak:
(3.6)
va vektorlar uchun (3.5) sistemani Gauss usuli yordamida yechib, quyidagilarni hosil qilamiz:
(3.7)
(3.8)
(3.6) tenglama tahlilidan quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
1. Uch fazali zanjirda liniya kuchlanishlar yig'indisi nolga teng bo'lganligi sababli liniya kuchlanishlar tarkibida nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilar bo'lmaydi, ya'ni
.
2. Uch simli uch fazali zanjirda liniya toklari vektorlarining yig'indisi nolga teng. Shuning uchun ham liniya toklar sistemasida nol ketma-ketlikli tashkil etuvchilar nolga teng, ya'ni
.
3. Neytral simli uch fazali zanjirda neytral simdagi tok nol ketma-ketlikli tashkil etuvchining uchlanganiga teng, ya'ni
.

(3.6), (3.7) va (3.8) tenglamalar yordamida berilgan nosimmetrik vektorlar sistemaning simmetrik tashkil etuvchilarini topish mumkin. Masalan, va faza kuchlanishlarining nosimmetrik sistemasi berilgan bo'lsin (3.32-rasm, a). va kuchlanishlarni topish uchun (3.6)...(3.8) tenglamalar asosida vektorlarni qo'shamiz (3.32-rasm, b, v, g).



a) b)
Download 53.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling