Mavzu: Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari Reja: Kirish
Download 145.57 Kb.
|
Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari
1.2 Xalq Banki haqida
Xalq banki ATB — O‘zbekistondagi eng yirik banklardan biridir. O'zbekiston mustaqilligi e'lon qilingandan so'ng, "Xalq banki" mamlakatning og’ir davrida iqtisodiy vaziyatni barqarorlashtirishda muhim rol o'ynadi. Bizning iqtisodiy pul-kredit sohamiz bankning faol ishtirokida islohotlarga muhtoj edi. "Xalq banki" oldida turgan asosiy vazifalardan biri o'z salohiyatini barqarorlashtirish hamda xalqning bankga bo’lgan ishonch pog’onasini oshirish bo’ldi, bundan tashqari mamlakatimiz bank xizmatlari bozorida mavqeini mustahkamlash bo'yicha uzluksiz ishlar olib bordi. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki — O‘zbekiston dagi eng yirik moliya muassasalaridan biri. Bankning asosiy maqsadi — kompleks ravishda bank tizimini yaratish, aholidan bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish hamda aholini kreditlash va milliy iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish uchun kredit va investitsiya resurslarini ko‘paytirishdan iborat. Bankning markaziy ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Bank o‘z salohiyatini barqarorlashtirish, aholining ishonchini qozonish, mamlakat bank xizmatlari bozoridagi o‘z mavqeyi va rolini mustahkamlash uchun barcha saʼy-harakatlarini safarbar etmoqda. Xalq banki missiyasi — bank faoliyatining yo‘nalishi va mazmunini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarish, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o‘sishini taʼminlashdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bank mijozlari — aholi va xo‘jalik yurituvchi subʼektlardir. Aksiyadorlik tijorat Xalq banki mamlakatdagi eng keng tarqalgan filiallar tarmog'iga ega bank hisoblanadi. Hususan, bankning 197 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 33 ta mini-bank va 3000 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Eng muhimi "Xalq banki"mizning asosiy maqsadi, o’z nomidan ma’lumki, O'zbekistonnig keksa fuqarolarini doimiy pensiya bilan ta'minlash hisoblanadi. O’zbekiston qonunida aytib o’tilganidek “fuqarolarni jamg'arib boriladigan pensiyasi bilan ta’minlash” mavjud pensiya tizimida qo'shimcha ravishda maxsus hisoblash tizimini shakllantrishdan iborat. "Xalq banki" xavfsiz elektron ma'lumotlar bazasini yaratdi, bu esa barcha bank filiallarini bog'lovchi uzluksiz monitoring va u yerdagi hatti-xarakatlarni nazorat qilish uchun imkon berdi. "Xalq banki" jamoasi muntazam ravishda o’zlaridagi maqsad va vazifalar ro’yxatini yangilab turadilar hamda ushbu maqsad va vazifalarni muvaffaqiyatli bajaradilar. Hozirgi kunda bank oldidagi vazifa xizmat ko'rsatishning yuqori darajasiga erishish hamda mamlakatimizda bank xizmatlari ko'rsatishda liderlaridan biri o'rnini ushlab turishdan iborat. Bundan tashqari "Xalq banki" investitsiya va ilg'or boshqarishni hamda kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llanilishini yanada jozibador bo'lishini istaydi. Download 145.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling