Mavzu: Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari Reja: Kirish


Download 145.57 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi145.57 Kb.
#1564975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari

Bank Tarixi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki O‘zbekistonning eng qadimiy banklaridan biridir. Uning Toshkentdagi birlamchi jamg‘arma kassalari 1875-yilda tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi hukumatining 1995-yil 4-oktyabrdagi qaroriga asosan „O‘zjamg‘armabank“ davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tuzilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi „Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi „ Aksiyadorlik tijorat Xalq banki “ nomiga o‘zgartirilgan.
Mustaqillik yillarida Xalq banki mamlakat iqtisodiyotining pul-kredit sohasidagi islohotlar jarayonida hukumatning moliya agenti sifatida faoliyat yuritib, zimmasiga yuklangan masʼuliyatli vazifalarni muvaffaqiyatli tarzda ado etib kelmoqda.

Xizmat tarmoqlari


Bugungi kunda, Xalq banki O‘zbekiston bank tizimining muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.

  • 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari,

  • 106 ta „Bank xizmatlar markazi“,

  • 3 000 dan ortiq kassalar;

  • 355 ta 24/7/365 — rejimida ishlaydigan „Elektron ofislar“ faoliyat yuritmoqda.

Mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatishni tashkil etish uchun bankomatlar sonini oshirish va ularning doimiy ishchi holatda bo‘lishini taʼminlash maqsadida alohida tarkibiy bo‘linma tashkil etilgan va bugungi kunda respublika bo‘yicha joylarda 1 289 ta bankomatlar faoliyat yuritmoqda.
Xalq banki quyidagi talablarga javob berishga intiladi:

  • eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko‘lami va hajmlarini kengaytirish, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo‘ylab foydalanish imkoniyatini taʼminlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo‘lish;

  • xodimlar faoliyati uyg‘unligini taʼminlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro‘yobga chiqarish yo‘li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo‘lish.

Download 145.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling