Mavzu: Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari Reja: Kirish


Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kredit qoldig`i to`g`risida kreditlar turlari bo`yicha ma'lumot


Download 145.57 Kb.
bet8/8
Sana18.06.2023
Hajmi145.57 Kb.
#1564975
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Bank mahsulotlari xizmatlari va innovatsiyalari

Jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan kredit qoldig`i to`g`risida kreditlar turlari bo`yicha ma'lumot




mlrd. so`m

Ko`rsatkich nomi

01.10.2022

Jami kredit qoldig`i

362 933

Jismoniy shaxslarga ajratilgan kredit qoldig`i

90 452

Ipoteka kreditlari

43 477

Mikroqarzlar

13 256

Iste'mol kreditlari

19 519

Ta'lim kreditlari

881

Tadbirkorlikni rivojlantirish uchun ajratilgan kreditlar

13 281

Boshqa kreditlar

38

Yuridik shaxslarga ajratilgan kredit qoldig`i

272 481

Kredit tashkilotlari bo'lmagan yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar

256 246

Lizing va faktoring

1 679

Banklararo kreditlar

1 130

Mikrokreditlar

9 267

Sindisiyalashtirilgan kreditlar

4 159




Bank tizimi daromadlilik ko‘rsatkichlari







mlrd. so‘m

Bank tizimi daromad va xarajatlari

01.10.2021

01.10.2022

Foizli daromadlar

34 307

46 635

Foizli xarajatlar

22 294

28 877

Foizli marja

12 013

17 757

Foizsiz daromadlar

13 372

25 053

Foizsiz xarajatlar

3 492

8 385

Operatsion xarajatlar

7 546

9 995

Foizsiz daromad (zarar)

2 334

6 673

Kredit va lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

8 206

11 945

Boshqa aktivlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash

299

3 187

Soliq to‘langunga qadar sof foyda (zarar)

5 842

9 298

Foyda solig‘ini to‘lash xarajatlari

1 223

2 175

Sof foyda (zarar)

4 618

7 123

Bank tizimi daromadlik ko‘rsatkichlari







Soliq to‘langunga qadar sof foydaning jami aktivlarga nisbati (ROA)

2,0

2,6

Soliq to‘langunga qadar sof foydaning jami kapitalga nisbati (ROE)

10,0

12,9

Sof foizli daromadlarning jami aktivlarga nisbati

4,0

4,9

Kreditlar bo‘yicha olingan sof foizli daromadlarning jami kredit qo‘yilmalariga nisbati

5,3

7,3

Sof foizli daromadlarning jami majburiyatlarga nisbati

4,8

5,8

Sof foizli marjaning jami aktivlarga nisbati

4,2

5,5

Bank xizmatlari deganda tijorat banklarining tezkor va strategik faoliyati hamda samarali boshqarish bilan bevosita bog’liq bo’lgan harakatlar majmuasi tushuniladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston banklari o’z xizmatlarini etarli darajada shakllantirishga erishdi. Biroq, banklar o’rtasidagi raqobat kurashi ularni qo’shimcha mijozlar jalb etish hamda ko’rsatilayotgan xizmatlar doirasi va sifatini kengaytirish uchun yangicha yondashishga undamoqda.
Bank xizmatlari nazariyasi evolyutsiyasi qator rivojlanish bosqichlarini bosib o’tdi. Bank xizmatlari nazariyasi rivojlanishining boshlang’ich bosqichida X.Duglas 4 va G.Brayanning bag’ishlangan. Ikkinchi bosqich alohida mamlakatlarning kredit-moliya tizimlari faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini hamda bank kapitali globallashuvi va markazlashuvining bank xizmatlari bozoriga ta’sirining ehtimoliy oqibatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan F.Derek 5 , O.Donnel, E.Ballarin ilmiy ishlarida aks etadi. Uchinchi bosqichda «Moliyaviy supermarket» va «moliyaviy butik» g’oyasi hamda tor yo’nalishga ixtisoslashgan banklarning universal banklar qatoriga qo’shilishi dolzarblik kasb etdi.
Ssuda kapitali bozoridagi xizmatlar, elektron xizmatlar keng tarqaldi, banklarning birlashish va singib ketish holatlari ko’paydi. Bu borada D.Jentle, J.Sinki 6 , P.Rouzilmiy ishlarini alohida ta’kidlab o’tish mumkin.
Bank xizmati – bank operatsiyalarini o’tkazishni optimallashtiruvchi nazariy, texnologik, moliyaviy, intelektual va professional bank faoliyatidir. Bank xizmati haqiqatdan ham bank faoliyati majmuasidir. Mijozlarning bank faoliyatiga bo’lgan talablarini qondirish bilan bog’liq bo’lgan xizmatlardir. Shu bilan bir qatorda bank xizmati tushunchasiga bank operatsiyalarini optimallashuvini ham muhim element sifatida kiritildi, chunki banklar xizmatning u yoki bu turini tanlashda ushbu operatsiyaning samaradorligi, qulayligi va sifatliligi darajasiga e’tibor berishlari va ushbu ko’rsatkichlar uning raqobatbardoshligini ta’minlash asosi hisoblanishini his etmoqlari lozim.
Bank mahsuloti – alohida ko’rinishdagi bank faoliyatining mijozlar talabini qondirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq bo’lgan bank xizmatlari va operatsiyalarining majmui
Bizga ma’lumki mahsulot – bu faoliyat natijasidir. Shunday ekan mijozlar talabini qondirishga yo’naltirilgan xizmatlar va operatsiyalar natijasi bank mahsulotini tashkil etadi.
Bank operatsiyasi – bank tomonidan amalga oshiriluvchi pul mablag’larini joylashishini nazarda tutuvchi va aniq iqtisodiy masalani echishga qaratilgan o’zaro bog’liq bo’lgan bank va mijoz harakatlari majmui. Tijorat banklari xizmatlarini ularning iqtisodiy mazmuniga va ko’zlangan maqsadga ko’ra ikki yirik guruhga bo’lish mumkin:
1. Ma’lum darajada bankning likvidliligini saqlab turish uchun bajariladigan xizmatlar.
2. Daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlar.
Ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud bo’lib, ular bank faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi. Bank likvidligini ta’minlash maqsadida bajariladigan xizmatlarning ba’zi birlari bankka daromad keltirsada, ular mavjudligini sababi bank umumiy likvidligini ma’lum darajada ushlab turishdan iboratdir. Bugungi kunda Respublikamiz tijorat banklari tomonidan mijozlarga 50 dan ortiq bank xizmat turlari taklif etilgan. Banklarimiz taklif etilayotgan xizmatlar bo’yicha to’lovlar miqdorini ham belgilab berishgan va ular xilma-xildir. Odatda, tijorat banklarini ko’rsatadigan xizmatlarining turlari bo’yicha quyidagilar kiradi:
- iqtisodiyotning real sektorini kreditlash, jismoniy shaxslarni kreditlash;
- davlat qimmatli qog’ozlari bilan amalga oshiriladigan xizmatlar;
- korxona va tashkilotlarning qimmatli qog’ozlari bilan oshiriladigan xizmatlar;
- milliy va xalqaro valyuta bozorlaridagi xizmatlar, mijozlarga hisob-kitob va kassa xizmati ko’rsatish;
Jahon bozori rivojlanish an’analarini o’rganish asosida bank xizmatlari sifati darajasining mijozlarga ko’rsatilayotgan telekomunikatsion xizmatlar rivojlanishi darajasiga bog’liqligi yaqqol namoyon bo’lib qolmoqda. Xususiy va korporativmijozlarga konsalting xizmatlarini ko’rsatish dolzarblik kasb etdi. Shu bilan birga xizmat ko’rsatish tizimining diversifikatsiya yo’nalishi bo’yicha filiallar va bo’limlarni restrukturalash kelajakda xorijiy banklar muammosi bo’lib qolishi mumkin. EURO qabul qilishi bilan tezkor va yuqori sifatli xizmat ko’rsatish kabi imtiyozli takliflarni taklif qilish imkoniyati tufayli yirik G’arbiy Evropa banklari raqobatbardoshlilik xususiyatlariga ega bo’ladilar.
Yuqorida “moliyaviy xizmat”, “bank xizmati”, “bank operatsiyasi” va “bank mahsuloti” atamalarini tadqiq qilishdan ma’lum bo’ldiki, xorijlik iqtisodchi olimlarining tijorat banklari xizmatlari turlarini tasniflash bo’yicha ham turli xil yondoshuvlar keltirishgan. Darhaqiqat, iqtisodchi olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari tijorat banklari xizmatlarini tavsiflash va ularning turlarini tasniflash bo’yicha turli nuqtai-nazarlar paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Xususan, iqtisodchi olim T.M.Qoraliyev bank operatsiyalarini quyidagilarga: depozit-ssuda, schetlarni yuritish va hisob-kitoblarni amalga oshirish, maslahat va vositachilik, faktoring, lizing operatsiyalariga bo’lib o’rganadi 8 . Xuddi shu fikrni A.S.Neshitoy ham tasdiqlab, ularni noan’anaviy bank operatsiyalari deb nomlagan va ular sirasiga trast operatsiyalari kafolat berish va inkassatsiya operatsiyalarini kiritgan . Iqtisodchi olim M.I.Yo’ldoshev bank xizmatlari turlarini ikki guruhga: asosiy xizmatlar - omonat, hisob-kitob va kredit xizmatlari va qo’shimcha xizmatlar - kafolat, sug’urta va lizing turlariga bo’lib o’rganadi . O.A.Ortiqov esa bank xizmatlarini iqtisodiy mazmuni va ko’zlangan maqsadiga ko’ra ikki yirik guruhga: ma’lum darajada bankning likvidligini saqlab turish uchun bajariladigan va daromad olish maqsadida bajariladigan xizmatlarga ajratadi. U “ushbu ikki xizmatlar guruhi o’rtasida ma’lum nisbat mavjud va bu bank faoliyatini sifat jihatdan ma’lum darajada ta’minlab turish imkonini beradi ”, deb hisoblaydi. Shunday qilib, turli nuqtai-nazarlar mavjudligi bois amaliyotda tijorat banklari xizmatlari, operatsiyalari va mahsulotlarining turlarini tasniflash borasida yagona yondoshuv mavjud emas. Shu bois ularni zamonaviy nuqtai-nazardan turlarini tasniflab, sifatlari va sifat mezonlarining mohiyatini ochib beramiz. Shu o’rinda bank xizmatlari tushunchasi ostida ikki narsa tushunilishini aytib o’tmoqchimiz. Birinchisi, bank tomonidan mijozlar ehtiyojini qondirish yakuni bo’lsa, ikkinchisi, bank operatsiyalarini bajarilish natijasidir.
Bank xizmatlari mijozlar ehtiyojini qondirishiga yo’naltirilganligiga ko’ra: - “to’g’ri xizmatlar” (Direct services) bevosita mijozlarning ehtiyojlarini qondiradi. Masalan, to’lovlarni o’tkazish, hisobvaraq ochish, investitsion xizmatlar; - “bilvosita xizmatlar” (Related services) mijozlarga taqdim etilishi bilan ularga qulaylik tug’diradigan va foydali bank xizmatlari bo’lib, ularga kliring, internet benking, SMS benking, konsultatsion xizmatlar, plastik kartochkalar kiradi.
Bank amalga oshiradigan hamma operatsiyalar ham bankka daromad keltirmaydi. Shunday holatlar ham mavjudki, mijozga xizmat ko’rsatiladi, biroq unga haq to’lanmaydi. Bu esa xizmat ko’rsatishning bankka daromad keltirmasligini ko’rsatadi. Biroq amaliyotda ko’pincha bank xizmati daromad keltiradi: konsalting xizmati yoki bank mahsulotini sotish bilan bog’liq xizmatlar shular jumlasidandir. Bank xizmatlarini ko’rsatilish muntazamligiga qarab ular muntazam yoki nomuntazam xizmatlarga bo’linadi. Bu bank marketingi bilan bog’liq hodisadir. Bank ba’zi bir xizmatlarni doimiy ravishda mijozlarga taqdim etishi mumkin. Biroq ba’zi bir xizmat turlarini taqdim qilishni ma’lum davrda cheklab qo’yishi ham mumkin. Bunda ba’zan mamlakat ichki siyosati, iqtisodiy holati ham ta’sir ko’rsatadi.
Bank xizmatlari ko’rsatilishiga qarab quyidagilarga ajratiladi: bank xizmatchilari bilan; bank avtomatlaridan foydalanib – masofaviy; electron xizmatlar (uydagi bank). Bu holat yuqorida sanab o’tilgan pulli va bepul xizmat turlarining amalda mavjud ekanligining yana bir tasdig’i hisoblanadi. Mijozga bank xizmati qay usulda ko’rsatilishiga qarab xizmat pulli yoki bepul bo’ladi. Vaqt hamma uchun juda qimmatli tushuncha. Shunday ekan, bank xizmatining ham shu jihatdan tasnifi juda o’rinlidir. Bu jihatdan bank xizmatlari tezkor, o'rta va uzoq muddatli turlarga bo’linadi. Hisob-kitob shakli bo’yicha naqd va naqdsiz shaklda bo’ladi. Bu turning mavjud bo’lishi bugungi kunda bank tizimi qay darajada rivojlanayotganini isbotlaydi. Zero, naqd pullarning bankdan tashqarida aylanishini qisqartirish bo’yicha “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Prezidentimizning Qarori 15 ham buning yaqqol isbotidir. Har qanday operatsiya shartnomasida shu operatsiya o’tkaziladigan valyuta ko’rsatilib o’tiladi. Bu o’sha mamlakat milliy valyutasi yoki chet el valyutasi bo’lishi mumkin. Tijorat banklari ham o’z bank xizmatlarini mijozlariga shu nuqtai-nazardan milliy yoki chet el valyutasida taqdim etadilar. Bank xizmatlarini taqdim etishda ikki xil shakldan foydalanish mumkin. Biri xizmatni ko’rsatishdan oldin bank va mijoz o’rtasida shartnoma imzolanishi bo’lsa, ikkinchisi xizmatni hech qanday shartnomasiz ko’rsatilishidir. Bank xizmatlari murakkablik darajasiga qarab turlicha turlarga bo’linadi. Masalan, ko’p sonli iste’molchilar talab qilishi mumkin bo’lgan mahsulot va xizmatlar (hisobvaraq ochish, naqd pulni boshqarish, kliring xizmatlari); bank kadrlarining maxsus tayyorgarlik darajasini talab qiluvchi xizmatlar (aktivlarni boshqarish, investitsion xizmatlar); xizmatlardan foydalanish sohasida professional bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar (korporativ moliya sohasidagi xizmatlar, aralash aktivlarni boshqarish); moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy injuring sohasida maxsus bilimlarni talab qiluvchi xizmatlar.
Bank xizmatlarini turli jihatdan turlarga ajratish ular xususiyatlaridan kelib chiqib amalga oshiriladi. Ularni turlarga bo’lib o’rganish esa ular bilan kengroq ma’noda tanishishga imkon yaratadi. Mijoz o’ziga xizmat ko’rsatayotgan bank xizmatlari turlari bilan qancha ko’p tanish bo’lsa, shuncha ko’p turidan foydalanadi. Bu yana bank mijozi son jihatdan ko’payishiga ham sabab bo’ladi. Chunki bank o’zi ishlab chiqqan reklamadan ko’ra PR 16 tezroq va samaraliroq ishlashini ko’pchilik marketologlar tasdiqlashgan.
Xizmatlar va operatsiyalar ko’payishi banklarda boshqa rivojlangan mamlakatlar banklarida singari investitsion, konsalting, aktivlarni boshqarish, hamda Internet texnologiyalaridan keng foydalanishni taqazo etmoqda.
Birinchidan telekommunikatsiyalarning rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Doyche bankning rivojlanish bo’limi boshlig’i X.D. Shultse-Kimmlening Germaniyada o’tkazgan tadqiqotlariga asosan telefona, telefaks va teletekslarni bank xizmatlarini ko’rsatishdagi ulushi oshib bormoqda. Ikkinchidan, mijozlarga aktivlarni boshqarish bo’yicha konsultativ (maslaxat)xizmat, sug’urta va mulkni boshqarish xizmatlari kengaymoqda. Uchinchidan, mijozlarning bank xizmatlari sifatiga talablari oshmoqda. M. Nayt tadqiqotlari natijasiga ko’ra, Evrope bankirlari ish vaqtining 30% xatolarni to’zatishga ketadi. Uning fikricha bank xizmatining sifati mijozlar kutishini oqlash va undan o’zishda.
Kundan kunga o’zgarib borayotgan mijozlarning talablari bank xizmatlarini sotish kanallarini o’zgartirish muhimligini talab qilmoqda. Statsionar xolatda bank xizmatlarini ko’rsatish yanada kuchayib bormoqda, chunki mijoz mazko’r xizmatlarni kompyuter, uyali aloqa, faks orqali olish imkoniyatiga ega. Hujjatlarni qog’oz shaklida emas, balki raqamli tashuvchilarda saqlash va o’zatish yanada keng tarqalmoqda. Bank xizmatlari rivojlanishida yanada kuchli ahamiyat kasb etuvchi omil bo’lib xavfsizlik masalasi hisoblanadi. Ayniqsa mamlakat, siyosiy, valyuta risklari yanada kuchaymoqda. «Domino effekti» 1997-98 yillarda bo’lib o’tgan Janubiy- Sharqiy Osiyoda yuz bergan inqirozda yanada ko’zga tashlandi. Kundalik valyuta operatsiyalarining hajmi 1 trln. AQSh dollariga teng bo’lganda faqat 5%ga teng, qolgani esa shubxali spekulyativ operatsiyalarga to’g’ri keladi. Bank xizmatlari rivojlanishida alohida e’tibor banklarning o’zini universallashuv va ixchamlashuvi ko’zatilishini ta’kidlab o’tish lozim. Bank muassasini universalligi bugungi kunda bank portfelida mavjud barcha xizmatlar portfelini dunyoning qaysi burchagida bo’lishdan qat’iy nazar olish imkoniyatini bildiradi. Mazko’r xizmatlarni rivojlantirishda global filiallar tarmog’ini rivojlantirish va vaqillik xisob-varaqlarini rivojlantirish Bilan belgilandai. Evropadagi ABN AMRO Bank(Gollandiya), Doyche bank (Germaniya) va 1900 ta bo’linmaga teng filiallar tarmog’i va 4000 yaqin banklarda vaqillik hisob varaqlariga ega. Bank xizmatlari bank tadbirkorligining bank daromadlarini oshirishga va xususiy, korporativ banklar, shuningdek, iqtisodiyotning talablarini qondirishga yo’naltirilgan an’anaviy sohasi bo’lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda milliy bank tizimimiz bir qancha muammolarga duch kelmoqda va shulardan biri etarli darajada ko’rib chiqilmagan bank xizmatlari nazariyasini rivojlanishi bilan bog’liq. Shu maqsadda bank xizmatlari tushunchasini bank operatsiyasi va bank mahsuloti tushunchalaridan farqi aniqlashtirildi. Bank mahsuloti – resurslarni jalb qilish, mijozlar faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida ularning talabini qondirish uchun bank tomonidan yaratilgan o’zaro chambarchas bog’liq bank operatsiyalari va xizmatlari majmuasi. Masalan, iqtisodiy bitimlar uchun kredit, to’lov va valyuta xizmatlarini ko’rsatish. Xorij va milliy zamonaviy adabiyotlarini o’rganish ko’p hollarda tenglashtiriladigan “kreditlashtirish” va “moliyalashtirish” tushunchalarini farqlash zaruriyati muammosini yana bir karra ko’rib chiqish uchun asos bo’la oladi. Milliy iqtisodiy fanlarda “moliyalashtirish” subsidiyalashning qaytarib bermaslik sharti asosida va “kreditlashtirish” ssuda kapitalini kreditordan qarz oluvchiga qarab ta’minlanganlik, muddatlilik, qaytaruvchanlik va to’lovchanlik shartlari asosidagi harakati kabi ajratilar edi. Bank xizmatlarining jahon bozori rivojlanishi tendentsiyalarini umumlashtirishga asoslangan holda xizmatlar sifatini bankni mijozlar bilan muloqotini soddalashtirishga, hujjatlar aylanmasi hajmini kamaytirishga va operatsion xarajatlarni kamaytirishga imkon beruvchi mijozlarga telekommunikatsion xizmat ko’rsatishning rivojlanishiga bog’liqligi haqida xulosa qilish mumkin. Korporativ va xususiy mijozlarga ko’rsatilayotgan konsalting xizmatlari ham dolzarblik kasb etdi. Bank xizmatlari bozorini rivojlanishining yangi aspekti uni milliy va xalqaro miqyosda ixtisoslashuvi, shuningdek, xizmatlar portfelining yuqori sifatiga asoslangan yirik transmilliy banklari faoliyatining universallashuvi va globallashuvi bo’ldi. Shu bilan birga, taxminimizcha, xizmat ko’rsatish tizimlari diversifikatsiyasi tarmog’ida filiallar va bo’limlar restrukturizatsiyasi kelajakda xorij banklarining muammolaridan biri bo’ladi. Bank xizmatlari bozorining ahamiyatli tomonlari bir qator omillaryordamida aniqlanadi. Bo’lar quyidagilar: rivojlangan bank infrastrukturasi, nobank moliya institutlarini kuchaytirish, jahon ssuda kapitali bozorida transmilliy banklarining etakchiligi, ilg’or kompyuter texnologiyalarini rivojlantirish. Bank xizmatlari bozorining xususiyatlariga uni tashqi savdoga xizmat ko’rsatishga moslashishi, turli moliyaviy instrumentlar shakllardagi risklar savdosi bo’yicha qarz majburiyatlarining ikqilamchi bozorining mavjudligi kiradi. Qarz majburiyatlarining ikqilamchi bozori, o’z navbatida, investitsion bank xizmatlari bozorini rivojlantirishga ko’mak beradi. Mamlakatimizdagi bank xizmatlari bozorini globallashuvi sharoitida va yirik banklarning ustun holatida bank xizmatlari, aktivlari va hisob-kitoblarni o’tkazish uchun etarli likvidli mablag’lar zahirasini, hisob-kitoblar to’lov tizimiga to’g’ridan-to’g’ri kira olishni, kat’iy valyutada konversion operatsiyalarni to’siqlarsiz o’tkazish imkoniyatini ta’minlovchi kapital ko’proq afzalliklarga ega bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilgan narxni shakllantirish omillari o’z mohiyatiga ko’ra, bank xizmatlarining barcha turlariga nisbatan qo’llash mumkin. Ko’rsatilayotgan xizmatlar turiga bog’liq ravishda bank xizmati narxini shakllanishiga u yoki bu omilning ta’siri ortadi yoki kamayadi. Bu zamonaviy xizmat turlari er qurrasining xohlagan joyida bank hisob- kitoblarini o’tkazishga imkon beradi, mutaxassilar fikriga ko’ra bugungi kunda Evropa mamlakatlaridagi jami bank xizmatlarining 25%i internet orqali amalga oshiriladi. Uyali telefon orqali amalga oshiriluvchi mobil banking xizmati Evropada kelajakda bank xizmatlarining 40%ini tashkil etishi kutilmokda. Banklarning internetdan foydalanishlari orqali quyidagi yangi imkoniyatlar paydo bo’ladi:
- aholini savdoga jalb qilib katta miqdordagi qo’shimcha mablag’larni jalb qilish; - o’zlarining kredit va qimmattli kogozlar portfelini diversifikatsiya qilish o’ta soddalashtirish;
- operatsiyalarning yuqori tezlikda amalga oshirilishi; - mijozlarga o’z hisob raqamlarini ular xoxlagan joydan turib boshkarish tizimini yaratish orqali, qo’shimcha mijozlarni jalb qilish; - konvertatsiya operatsiyalarini xoxlagan vaqtda va xoxlagan valyutada amalga oshira olishlari;
- xodimlarga xujjatlarni rasmiylashtirish uchun ajratiladigan mablag’larni saqlab kolish va ularni boshqa aktiv operatsiyalarga sarflash va boshqalar.
Bundan tashkari banklar o’z daromadlarini keskin oshirishlari mumkin. Chet eldagi statistikaga binoan, banklar daromadlarining 30 % idan ortigi internetdan savdo tizimlariga chiqib turib, u erda spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirishdan kelar ekan. Banklarning ichki bozorga tobeliklarini kamaytirish deganda aynan mana shu narsa nazarda tutiladi, ya’ni O’zbekiston banklari chet elga chiqib, u erda spekulyativ operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin va bu orqali ichki bozor nostabilligidan qutilishi mumkin yoki uning ta’sirini iloji boricha kamaytirishlari mumkin. O’zbekiston qimmattli kogozlar bozorini olib karaydigan bo’lsak, bizning banklar uchun bu imkoniyatlar ancha cheklangan, lekin bu imkoniyatlarni chet el bozorlariga chiqish orqali amalga oshirish mumkin. Lekin bu narsani hozirgi kunda tuxtatib turuvchi narsa bu – konunchilikning ishlab chiqilmaganligidir. Bundan tashkari, bu yo’l orqali O’zbekistonda mavjud bo’lgan pul mablag’larining chet elga ketib qolishini ko’zatishimiz mumkin bo’ladi. Shuning uchun O’zbekiston hududida yaratilgan va yaratilayotgan savdo tizimlari ishlash texnologiyasini takomillashtirish orqali xuddi yuqoridagidek natijaga erishishimiz mumkin. Buning uchun butun jahonda mavjud bo’lgan amaliyotdan foydalanishimiz zarur bo’ladi.
Bugungi kunda bank tizimini rivojlantirishda banklarning texnik va texnologik rivojlanganligi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda zamonaviy innovatsion xizmatlar ko„rsatishni qatʼiy yo„lga qo„yish, bank majburiyatini kafolatlash orqali unga aholi omonatlarini keng jalb etish tizim oldida turgan asosiy vazifalardan biridir. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va liberallashtirish sharoitida moliya bozorining funksiyalarini takomillashtirish, uning asosiy ishtirokchisi bo„lgan bank tizimini muqobil ishlash strategiyasini ishlab chiqish muhim vazifalardan biridir. Bunda tijorat banklarining innovatsion moliyaviy xizmat turlarini mijozlarga taqdim etishi, ularning ommabopligini taʼminlashi asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Ushbu vazifaning samarali amalga oshirilishini taʼminlashda bank tizimining jozibadorligini oshirish, yaʼni mijozlariga yaratilgan imtiyozlar, qulayliklar va eng asosiysi ularning ishonchini qozonish muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyotning barcha bo„g„inlarida shu o„rinda bank tizimida ham zanjirsimon ketma-ketlik uzluksiz tarzda faoliyat yuritishi lozim.
Bank tizimida ketma-ketlikning uzilishi kutilayotgan daromadning kelmasligiga, bu esa barqarorlik va likvidlilik darajalarining pasayishiga olib keladi. Bugungi kunda banklarimizda amalga oshirilayotgan operatsiyalar kesimini tahlil qilsak, aktiv operatsiyalar tarkibida faqatgina kredit va lizing operatsiyalarida 15,02 foizga o„sish kuzatilgan, bu, albatta, ijobiy holat, biroq boshqa daromad keltiradigan aktiv operatsiyalar tarkibida faqat pasayish kuzatilgan bularga: oldi-sotdi amaliyotlari bo„yicha mablag„lar, yaʼni qimmatli qog„ozlar va investitsiyalar bo„lib, bu banklarimiz kredit berish bilangina cheklanib qolayotgani, diversifikatsiya siyosatining mavjud emasligidan dalolat beradi. Bunday holatni passiv operatsiyalarda ham ko„rish mumkin. Talab qilib olinguncha depozitlar salmog„i 60 foizdan ziyodni, muddatli depozitlar esa 20 foizdan ziyodni va jamg„arma depozitlari 10 foizdan ziyodni tashkil qilmoqda. Ushbu holat bugungi kunda banklarimizdagi depozitlar tarkibida balans yo„qligini, bu o„zo„zidan depozitlar salmog„ida yuridik shaxslarning moliyaviy mablag„lari asosida shakllantirilganidan va yuqori risk asosida faoliyat yuritayotganidan dalolat beradi. Bir omilning ikkinchi omilga bog„liqligini hisobga olsak, ushbu muammolarni hal etishda, bank tizimidagi tub o„zgarishlarni amalga oshirishda asosiy vazifa sifatida moliyaviy xizmatlarning salmog„ini oshirish, ularni innovatsion tarzda boshqarish, bank infratuzilmasini takomillashtirish va daromad olishiga taʼsir etuvchi salbiy omillarni bartaraf etish talab etiladi. Chunki xorij amaliyotida banklar 300 dan ortiq operatsiyalarni amalga oshirishini ko„rishimiz mumkin. Mamlakatimizdagi tijorat banklari faqatgina kredit berish va depozitlarni qabul qilish bilangina chegaralanib qolmoqda. Shuning uchun moliyaviy xizmat turlarini ko„paytirish, bankning daromad manbalarini kengaytirish asoslarini shakllantirish muhim vazifalardan biridir. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda banklarda taklif etilayotgan moliyaviy xizmat turlarining ommaboplik darajasini o„rganish lozim. Chunki taqdim etilayotgan xizmat, yaʼni bank mahsuloti o„z xaridoriga egami, talablarga javob beradimi, mijozning ushbu xizmat turidan foydalanish bilimi mavjudmi, o„zlashtirish ko„rsatkichlari qay darajada va shu kabi ko„pgina savollarga javob topish, ularni tahlil qilish va samarali yechimini taklif etish bankning daromad olishini taʼminlaydi. Buning uchun esa bank mijozlarining ushbu xizmat turlaridan foydalanish imkoniyatlari qay darajada ekanligini o„rganish talab etiladi. Shu bilan birga, tijorat banklarining moliyaviy xizmatlari bo„yicha mamlakatimiz iqtsodchi olimlarining nazariy yondashuvlariga eʼtibor qaratsak, O.F. Aliqoriyev: “Bank xizmati-mijozlarga taqdim etiladigan bank operatsiyalarining optimal bajarilishiga ko„maklashuvchi bank faoliyatining ko„rinishi”, deb taʼkidlaydi. [1] Xorijiy iqtisodchi olimlardan A.N.Azriliyan “Moliyaviy xizmatlarni jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag„larini jalb qilish va foydalanish bilan bog„liq faoliyat”, deb taʼriflaydi.[3] Yana bir iqtisodchi olima Ye.B.Shirinskaya “banklarning maslahat xizmatlarini balansdan tashqari amaliyotlarga qo„shadi, chunki ularni taqdim etish aktiv va passivlarning o„sishiga olib kelmaydi, to„lov esa komission mukofot pulidan iborat bo„ladi”, deb taʼriflaydi.[3] Amerikalik olim P.S.Rouz bank xizmatlariga pul zaxiralarini boshqarish, isteʼmol krediti, naqd pul oqimlarini boshqarish, lizing, pensiya rejalarini sotish kabi bank faoliyati turlarini kiritgan.[2] Yuqoridagi iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini tahlil qilishda moliyaviy xizmatlar mijozlarning foydasini, ehtiyojlarini qondirish maqsadida va shu bilan birga, bank foydasini oshirishga yo„naltirilgan xizmat sifatida taʼriflanadi. Ushbu taʼriflarni umumlashtirgan holda moliyaviy xizmatlar - mijozlarning manfatlarini va bankning daromadini innovatsion tarzda amalga oshirish mexanizmidir deyishimiz mumkin. Bundan kelib chiqib, birgina moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishiga amaliy yordam ekanligi yaqqol namoyon bo„ldi. Yuqorida keltirib o„tganimizdek bir omilning ikkinchi omilga uzviy bog„liqligi, yaʼni gepotizasi shakllantirildi. Tijorat banklarining moliyaviy xizmatlarning ko„lamini kengaytirish asosida aktiv va passiv operatsiyalarini boshqarish imkoniga ega bo„lamiz, bu banklar daromadining oshishiga, likvidlilik darajasiga va barqarorligiga ijobiy taʼsir ko„rsatadi.Moliyaviy xizmat turlari ommabopligini taʼminlash asosida ushbu natijalarga erishish imkoniga ega bo„lamiz. Ayniqsa, qishloq joylarida iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga yetkazish: aholining real talablarini o„rganish, mavjud resurslar, imkoniyatlarga mos ravishda xizmat ko„rsatish sohasini rivojlantirish, bugungi kun talablariga javob beruvchi texnologiyalar bilan taʼminlash, mijozlar ongini oshirish, xodimlar saviyasini ko„tarish va ommaviy axborot vositalarining tijorat banklari bilan uzviy faoliyatini yo„lga qo„yish asosida erishiladi. Rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qamrovli tashqi omillar taʼsirida quyidagi tendensiyalar: yangi axborot texnologiyalari bazasida yangi bank mahsulotlari va xizmatlari; virtual bank va moliya texnologiyalari: bank hisobraqamini boshqarish, naqd pulli hisob-kitoblar, elektron imzo, shartnomalar tuzish, moliyaviy tashkilotlar; yangi axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan elektron va aralash marketing uchun majmuaviy foydalanish; ichki axborotni yig„ish, saqlash va tahliliy qayta ishlash; ichki nazorat va auditning yangi imkoniyatlari; bank mutaxassislari malakasidagi o„zgarishlar: mahsulot-menejer, brend-menejer, maslahatchi, tranzaksiyalar bo„yicha mutaxassis; yangi o„z-o„ziga xizmat ko„rsatish avtomatlari aniqlanadi. Tijorat banklarining aktiv va passiv instrumentlaridan foydalangan holda bank xizmatlari sifatini oshirish hamda mijozlarni jalb etish yo„li bilan aktiv operatsiyalarni samarali boshqarish strategiyasini takomillashtirish, aktivlarni sekyuritizatsiyalash, avtomatlashtirish, “New Privat” hamda masofaviy boshqaruv innovatsion usullarini aktiv operatsiyalarga yo„naltirish orqali boshqarishning innovatsion uslubini ishlab chiqish, aktivlarni sekyuritizatsiyalashda davlat dasturiga muvofiq berilgan kreditlar asosida ikkilamchi obligatsiyalar chiqarish orqali tijorat banklarining qimmatli qog„ozlar bilan operatsiyalari va daromadliligini oshirish taklifi asoslangan. Natijada, quyidagi xulosalar berilgan: Bank xodimlari va mijozlar fikrini o„rgangan holda mijozlarni bankka jalb etishda innovatsion xizmat turlarini yanada keng joriy etish, mijozlarning vaqtini tejash maqsadida banklarda keng miqyosda barcha hujjatlashtirish ishlari bo„yicha onlayn rejimga o„tish choralarini ko„rish, aholi va xo„jalik subʼektlarining bank tizimiga bo„lgan ishonchini oshiradi. Aktivlarni sekyuritizatsiyalashni qo„llashda: “Aktivlarni sekyuritizatsiyalash to„g„risida”gi Qonunni qabul qilish, qimmatli qog„ozlar bozori faoliyatini kengroq yoritish va resurslar jalb etish jozibadorligini oshirish maqsadida, ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali aholiga aktivlarni sekyuritizatsiyalash amaliyotini targ„ib qilish. New Privat usuli orqali bank tizimiga zamonaviy xizmat turlari kiritiladi. Bu esa, mijozlarni jalb etish va bank daromadlarining ko„payish omili hisoblanadi .

XULOSA
Banklar- moliyaviy bozorning tashkiliy tuzilishining bir qismi bo'lgan kredit tashkiloti bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo'sh turgan pul mablag'larini jamg'arish, yig'ish, jamlangan (akkumulatsiya qilingan) mablag'larni o'z nomidan qaytib berishlilik, muddatlilik asosida berish hamda mijozlarning topshirig'iga ko'ra, to'lovlarni amalga oshirish vazifalarini amalga oshiradi.
Bank tizimi - bu mamlakat hududida tarixan shakllangan va qonun bilan mustahkamlangan kredit tashkilotlarining faoliyat ko'rsatish shaklidir.
Kredit moliya - tizimining barqarorligini ta'minlash, uning alohida bo'g'imlarining birinchi navbatda tijorat banklari faoliyatini barqarorligini ta'minlash mamlakat markaziy bankning asosiy vazifasi hisoblanadi. Banklar va uning krediti yordamida mavjud kapital tarmoqlar o'rtasida, ishlab chiqarish va muomala sohasida taqsimlanadi va qayta taqsimlanadi.
Banklar banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq boshqa moliyaviy operatsiyalarni ham amalga oshiradi.
Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilmagan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqli emas.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO‘G‘RISIDA ” FARMONI.


2. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AKSIYADORLIK TIJORAT XALQ BANKI VA “MIKROKREDITBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKINING MOLIYAVIY HOLATINI YAXSHILASH HAMDA FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA “ QARORI.
3. DEPOZIT.UZ
4. WWW.BANKLAR.UZ
5. WWW.XB.UZ
6. LEX.UZ
7. https://cbu.uz/uz/statistics/bankstats





Download 145.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling